Tokni o‘lchash




Download 282.71 Kb.
bet3/3
Sana23.10.2022
Hajmi282.71 Kb.
#27883
1   2   3
Bog'liq
7-Amaliy mashg'ulot
Bitiruv malakaviy ishini yozish bo’yicha uslubiy qo’llanma, ReadMe UzTransLit, Matematika (1996-2003) yillar 1803462973 [uzsmart.uz], Alijonova Maftuna MD, insonparvarlik, Chizmachilikdan grafik ishlar tizimi, 1977 qaror 01.07.2009, Kompyuter qurilmalar, 1. Mustaqil ta’lim shakli taqriz yozish topshiriqlari 1-topshi, Mavzu ijtimoiy mediada tahdid va xavf xatarlar-fayllar.org (1), Medialarning ijtimoiy mazmuni, Medialarning ijtimoiy mazmuni-fayllar.org, HUDUDGAZ SURXONDARYO 02, 01 Примеры сетевых приложений
Masalalar
1. Nominal toki In=10A bo‘lgan elektrodinamik sistemadagi ampermetr tekshirish uchun 10.5-rasmdagi sxema buyicha elektrodinamik sistemadagi namuna asbob bilan ketma-ket ulangan. Tekshirilayotgan asbobning kursatishi, 8 A, namuna asbobning kursatishi 8,2 A ga teng. Ampermetrning, absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklari, shuningdek, tugrilash koeffisienti aniqlansin.
2. Nominal kuchlanishi Un=150 V bo‘lgan elektromagnit sistemadagi voltmetr tekshirish uchun 10.6-rasmdagi sxema buyicha elektrdinamik sistemadagi namuna asbob bilan parallel ulangan, tekshirilayotgan asbobning ko‘rsatishi 100 V. Namuna asbobning ko‘rsatishi 102,5 V. Asbobning aniqlik sinfi aniqlansin.


3. O‘zgarmas tok zanjiriga ulangan elektromagnit sistemadagi voltmetr 132 volt kuchlanishni ko‘rsatdi. Xuddi shu asbobni o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulaganda 127 volt kuchlanishni ko‘rsatdi. O‘zgarmas tok zanjirida, shuningdek, o‘zgaruvchan tok zanjirida ham kuchlanishning haqiqiy qiymati 130 voltga teng. Ulashning ikkala holati uchun asbobning nisbiy o‘lchash xatoligi aniqlansin. O‘lchashning ikki holati uchun asbobning ko‘rsatishlaridagi farqni qanday tushuntirish mumkin?
4. Aniqlik sinfi 1,5 bo‘lgan elektrodinamik voltmetr shkalasi 250 voltga darajalangan. 127 va 220 volt kuchlanishda voltmetrning o‘lchash xatoligi aniqlansin.
5. Nominal toki In=5A ga teng bo‘lgan magnitoelektrik sistemadagi ampermetrning ichki qarshiligi rA=0,015 Omga teng. Asbobning o‘lchash chegarasini 15 A gacha oshirish kerak bo‘lgan shunt qarshiligining qiymati aniqlansin. Ampermetrning shunt qarshilik ulanish sxemasi chizilsin.
6. Elektromagnit sistemadagi voltmetrning ichki qarshiligi rv=20000 Om, nominal kuchlanishi Un=380 V. Voltmetrning o‘lchash chegarasini 600 voltgacha oshirish uchun kerak bo‘lgan qo‘shimcha qarshilikning qiymati aniqlansin. Volmetrning qo‘shimcha qarshilik bilan ulanish sxemasi chizilsin.

10.7-rasm




7. Magnitoelektrik sistemadagi voltmetr 3-15-150-300 v nominal kuchlanishlarga ishlab chiqariladi. 10.7-rasmda asbobning elektr sxemasi keltirilgan. Asbobning ichki qarshiligi ri=33 Om va nominal toki IH=7,5 ma ma’lum bo‘lsa, r1, r2, r3 va r4 qo‘shimcha qarshiliklarning qiymati aniqlansin
8. Ampermetr, voltmetr va vattmetr transformasiya koeffisienti KT=400/5 bo‘lgan tok transformatori va transformasiya koeffisienti Kk=3000/100 bo‘lgan kuchlanish transformatori orqali bir fazali o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulangan (10.8-rasm). Asboblarning ko‘rsatishi quyidagilarga teng: I=3,6 A; U=90 V; P=324 Vt. Zanjirning toki, kuchlanishi va quvvati aniqlansin.







10.8-rasm

10.9-rasm



9. Xonadonda nominal kuchlanishi Un=220 V va nominal toki IH=5V bo‘lgan bir fazali elektr hisoblagich o‘rnatilgan. Elektr hisoblagichning darchasidagi yozuv buyicha uning nominal doimiysi aniqlansin. «1 kvt – diskning 1280 marta aylanishiga teng».
10. Bir fazali elektr hisoblagichni tekshirish uchun 10.9-rasmdagi sxema buyicha vattmetr ulandi. Bir daqiqa davomida elektr hisoblagichning diski 42 marta aylandi, bunda vattmetrning ko‘rsatishi 1000 vt. Elektr hisoblagichning nominal doimiysi C=1440 vt soniya/ayl. Elektr hisoblagichning haqiqiy doimiysi Sh, nisbiy xatosi va to‘g‘rilash koeffisienti  aniqlansin.
11. O‘lchash ko‘prigi muvozanat yelkalari qarshiligi r1=100 Ω va r2=10 Ω. Ko‘prikning taqqoslama yelka qarshiligi r4=256 Ω. Noma’lum rx qarshilikni aniqlang.
12. Qarshilikni o‘lchash uchun mo‘ljallangan ko‘prikning muvozanat va taqqoslama yelkalari qarshiligini tanlash orqali galvonametr ko‘rsatishi nolga keltirildi. Bunda yelkalar qarshiligi r1=10 Ω, r2=100 Ω, r4=1941 Ω. Noma’lum rx qarshilikni aniqlang.
Download 282.71 Kb.
1   2   3




Download 282.71 Kb.