• 3.2. Buyurtmachi majburiyatlari
  • 3.3. Ta’lim oluvchining majburiyatlari
  • III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI




    Download 58,66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana24.11.2023
    Hajmi58,66 Kb.
    #104659
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    protokl, Hello everyone, Документ Microsoft Word, NAMUNA, Mavzu, 7-laboratoriya (1), 11-маъруза, Bojxona ishi referat.yangi TAXRIRI, Moliya maruza referat M.Sharobiddinov, GuideIPru (1), Хулоса Моддий ёрдам учун, 10-MA\'RUZA (2), bb2e81c9-6072-428a-89b5-f96b9cc5db0f, 16 Kilichev
    III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
    3.1. Ta’lim muassasasi majburiyatlari:
    O‘qitish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirgandan so‘ng, “Ta’lim oluvchi”ni buyruq
    asosida talabalikka qabul qilish.
    Ta’lim oluvchiga o‘qishi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va
    “Ta’lim muassasasi” Ustavida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarga muvofiq sharoitlarni yaratib
    berish.
    Ta’lim oluvchining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari hamda ta’lim muassasasi Ustaviga
    muvofiq professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlarining funksional vazifalarini to‘laqonli bajarishini
    ta’minlash.
    Ta’lim oluvchini tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv
    rejasi va dasturlariga muvofiq davlat ta’lim standarti talablari darajasida tayyorlash.
    O‘quv yili boshlanishida ta’lim oluvchini yangi o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov miqdori
    to‘g‘risida o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin xabardor qilish.
    Respublikada belgilangan Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori yoki tariflar o‘zgarishi
    natijasida o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdori o‘zgargan taqdirda ta’lim oluvchiga ta’limning
    qolgan muddati uchun to‘lov miqdori haqida xabar berish.
    3.2. Buyurtmachi majburiyatlari:
    Kontraktning 2.2. bandida belgilangan to‘lov summasini shu bandda ko‘rsatilgan muddatlarda
    to‘lab borish.
    Respublikada belgilangan Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori yoki tariflar o‘zgarishi
    natijasida o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdori o‘zgargan taqdirda, o‘qishning qolgan muddati
    uchun ta’lim muassasasiga haq to‘lash bo‘yicha bir oy muddat ichida kontraktga qo‘shimcha bitim
    rasmiylashtirish va to‘lov farqini to‘lash.
    3.3. Ta’lim oluvchining majburiyatlari:
    Ta’lim oluvchi o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdori “Buyurtmachi” tomonidan to‘laganlik
    to‘g‘risidagi bank tasdiqnomasi va kontraktning bir nusxasini o‘z vaqtida hujjatlarni
    rasmiylashtirish uchun ta’lim muassasasiga topshirish.
    Tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishining (mutaxassisligining) tegishli malaka tavsifnomasiga muvofiq
    kelajakda mustaqil faoliyat yuritishga zarur bo‘lgan barcha bilimlarni egallash, dars va
    mashg‘ulotlarga to‘liq qatnashish.
    Ta’lim muassasasi va talabalar turar joyining ichki nizomlariga qa’tiy rioya qilish, professor-
    o‘qituvchilar va xodimlarga hurmat bilan qarash, “Ta’lim muassasasi” obro‘siga putur yetkazadigan
    harakatlar qilmaslik, moddiy bazasini asrash, ziyon keltirmaslik, ziyon keltirganda o‘rnini qoplash.

    Download 58,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 58,66 Kb.
    Pdf ko'rish