• Foydalanilgan adabiyotlar 1.
  • O’zbekistonda yengil atletikani rivojlanish tarihi




    Download 62,82 Kb.
    bet6/6
    Sana02.02.2024
    Hajmi62,82 Kb.
    #150732
    TuriСамостоятельная работа
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mustaqil ish YUZI
    Kurs loyiha ishi, Doc2, 15728 1 812528DE1D15DA0B4954643B707DF025B3ED4DF6
    O’zbekistonda yengil atletikani rivojlanish tarihi.
    1916 yilda Farg’ona (Skoblev) shahriga yurish bo’yicha Rossiyada mashur bo’lgan Lev Barxash keladi,u yengil atletika ishqibozlari to’garaklarini tuzib,ular bilan birgalikda Marg’ilon soy (Mustaqilik ko’chasi) qirg’og’ida velosiped sporti bo’yicha mashqlar va poyga o’tkaziladigan o’yingohlarni qayta ko’rib yugirish uchun moslashtitish, 280 metirlik yugurish yo’lagi ko’radi va hatto,sakrash uchun kundoklar o’rnatadi.
    U paytlarda sharlarda yengil atletika to’garaklarida,asosan,katta yoshdagi,juda oz odamlar qatnashganlar. U ham bo’lsa,sport ishqibozlari jamiyatlari,xususan sport klublari va skavo’tlari tashkilotlari a’zolari bo’lgan.
    Oktyabr inqilobidan so’ng jismoniy tarbiya va sportning ommoviy rivojlanisiga katta e’tibor beriladi.Turkiston Respublikasi Xalq ta’limi komissariati qoshida 1919 yilda sport kollegiyasi (komissiyasi) tuziladi. U umumiy Harbiy ta’lim bosh boshqarmasi tamonidan moydonlarda nomoyish etiluvchi sport chiqishlari hamda
    turli musabaqalarni tashkil etish,shuningdek o’quvchilar bilan o’tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga rahbarlik qilgan.
    Sportning boshqa turlari qatorida shu yili yengil atletika bo’yicha uyushgan mashg’ulotlar tashkil etilagn. 1920 yilning oktabrida Toshkentda 1 O’rta Osiyo Olimpiadasi o’tkazilgan. Uning dasturiga futbol, yengil atletika, shahmat va sportning milliy turlari bo’yicha musobaqalar kiritilgan.
    Yengil atletika bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda Farg’ona shaxri jamoasi quvonchli zafarlarni qo’lga kiritgan. Dasturga kiritilgan 12 turning 8 tasida mazkur jamoa a’zolari nafaqat bir marotaba, hatto ikki marotaba birinchi o’rinni egallashadi (G. Bernadskiy, D. Dadoshevich akauka Bo’rmakinlar). 8x100 m estafetasida esa farg’ona jamoasi boshqalardan ancha o’zgan holda g’alaba qozonadi.
    Jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantrishga bo’lgan ehtiyoj 1921 yilda “Turkfront”ning umumta’lim boshqarmasi qoshida jismoniy tarbiya bo’yicha Markaziy kengash tuzishga olib keladi.
    1920-30 yillarda malakali mutaxassislarga bo’lgan talab kuchli edi. SHuning uchun 1921 yildan boshlab Turkfrontning umumta’lim tizimida uch oylik ko’rsatlar ochilib, jismoniy ta’lim muallimlarini tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. 1926 yildan esa kasaba uyushmalari o’z kengashi bo’yicha sanoat korxonalarida ishlash uchun jismoniy qo’riqchilarini tayyorlashga kirishadi.
    1922 yilda yengil atletika bo’tsicha Turkiston Respublikasi sportchilari qo’lga kiritgan g’alabalarining 1jadvali tuziladi. SHu davrning yetuk yengil atletikachilari: N. Ovsyannikov, P. Taranov, YA. Valishevlar ishchi va dehqon yoshlarni yengil atletika ishqibozlari to’garaklariga jalb qilish bo’yicha faol ish olib borishadi.
    1924 yilning mayida Toshkentda, o’lkada, birinchi o’yingoh (keyinchalik Pishevik deb nomlangan) ochiladi. Hozir uning o’rniga V. S. Mirofanov nomli suv sporti saroyi barpo etilgan. SHu yilning avgust oyida Umum turkiston jismoniy madaniyat bayrami o’tkazildi. Sportning to’qqiz turi bo’yicha nafar sportchi qatnashgan.

    O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston davlat milliy tuzilishiga ko’ra, 1924 yilda O’zbekiston SSR tashkil topdi. SHu yildan boshlab O’zbekistonning yengil atletika, bo’yicha qo’lga kiritgan g’alabalari rasman qayd etila boshlandi.
    Sobiq O’zbekiston Kompartiyasining II sezdi qarorlarini bajara borib, respublika o’z zimmasiga oldi. Yengil atletika mashg’ulotlariga qishloq yoshlari jalb qilina boshlandi.
    1926 yilning 15 iyulida Toshkentning SHayxontoxo’r tumanida eski shahar (“Spartak”) stadionining tantanali ochilishi bo’ldi. 1927 yildagi 1 umum o’zbek Spartakiadasi, 1928 yildagi ikkinchi ana shunday spartakiada I Butun Ittifoq spartakiadasi oldidan o’tkazildi.
    1927 yilda toshkentlik harbiy xizmatchi Nikolay ovsyannikov Yugurish bo’yicha to’siqlar osha 110 metrni 17. 0 sek yugurib o’tdi hamda balandlikka sakrash bo’yicha sobiq SSSR rekordini o’rnatdi. U vatan yengil atletikachilari orasida birinchi bo’lib “17 sekund” marrani egalladi. Bir yil o’tgach, I Umumittifoq spartakiadasida N. Ovsyanikov masofani 16. 2 sek da yugurib o’tdi. So’ngra u masofani 15. 2 sek chopib o’tadi. Biroq sportchi Yugurish chog’ida ikki to’siqni yiqitib o’tganligi uchun bu natija qayd etilmadi hamda bu marra rekord sifatida qabul qilinmadi.
    Moskvada o’tgan I Butunittifoq spartakiadasida o’zbek yengil atletikachilari ishtirok etishdi. N. Ovsyannikov 110 metr Yugurishda (16. 2), YU. Dunaev baladlikka sakrashda (175) va uch hatlab sakrashda ikkinchi o’rin (12. 75), A. Tikunova lappak otishda ikkinchi o’rin (25. 33), Z. L. Rikova ayollar ichida langar cho’p bilan balandlikka sakrashda birinchi o’rinni egalladilar.
    1929 yil bahoridan boshlab respublika poytaxti Toshkentda “Pravda Vostoka” gazetasini sovrini uchun shahar ko’chalari bo’ylab estafeta musobaqasi o’tkazila boshladi. Samarqand, O’rganch, Buxoro kabi respublikaning boshqa shaharlarida ham shunday estafetalar tashkil etiladi. Ushbu holat aholi o’rtasida yengil atletika sportini ommaviy ravishda targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borishning dastlabki harakati bo’lgan.
    1934 yildan o’zbek yengil atletikachilari bilan uchrashuvlar o’tkaza boshlaydi. Ana shunday musobaqalardan birinchisi (bunda Qozog’iston Respublikasi qonkursdan tashqari ishtirok etdi). 1934 yilning 512 sentabrida bo’lib o’tdi. Erkaklarni musobaqa dasturning 16 turidan o’ntasida o’zbek sportchilari (E. Po’tsillo 100, 200 va 400 metrga Yugurish, V. TSexmestrenko
    3000 va 1500 metrga Yugurish, V. Bezrukov: 500 va 1000 metrga Yugurish, YU. Dunaev to’siqlar ora 100 metrga Yugurish, E. Rubyashev balandlikka sakrash, N. Bespakoynov uch hatlab sakrash) g’alabani qo’lga kiritishadi.
    Ayollar dasturi bo’yicha yetti tur o’tkazilib ularni barchasida o’zbek sportchilari (L. SHaternikova 100 metrga Yugurish va balandlikka sakrash, M. Toporova Yadro irg’itish va nayza otish, T. Ko’zneova lappak otish, T. Basharina uzunlikka sakrash, 800 metrga Yugo’rish) g’alabani qo’lga kiritadi.
    Musobaqalarda o’zbek sportchilarining birinchi o’rinlarni egallashlarida o’sha davr sportning yetuk mutaxassislari bo’lgan N. Ovsyannikov, P. Kravchenko, P. Klyazu, G. Kotsarev, V. Skavinskiylarning xizmatlari katta bo’lgan.
    1936 yilning sentabrida IV Umumo’zbek spartakiadasi o’tkazildi. Spartakiadada yengil atletikachilar o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqalarda L. SHaternikova, V. TSexmestrenko, M. Toporova, T. Vesednova, L. Olixova, A. Kotsarevlar o’z yengil atletikachilari tomonidan 32 rekord o’rnatilgan.
    Spartakiadalar orasida musobaqalarni o’tkazish tizimi takomillashib borib, unda ishtirok etuvchi jamoalar hamda shaxslarning soni ko’payib bordi. Respublikaning kuchli sportchilari M. Toporova, L. Maksimicheva, SHaternikova, A. Borisov, P. Taranev, V. TSexmistrenko, G. Kotsarev, A. Kotsareva, L. Olixovlar, E. Po’tsillo, N. SevrYukova (Borisova), N. Bespokoynov, F. Xasanova va boshqalar tomonidan o’rnatilagn rekordlar yana bir yangilandi.
    1937 yilda Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Buxoro va respublikaning boshqa shaharlarida yengil atletika bo’limlari mavjud bo’lib, birinchi shaharlarida yengil atletika bo’limlari mavjud bo’lib, birinchi sport maktablari ochildi. Bu
    hayrli ish, tezda o’z mevasini berdi. 1938 yili yengil atletika bo’yicha mamlakat birinchiligida O’zbekiston yosh yengil atletikachilari jamoasi ikkinchi o’rinni egallashdi. N. sevrYukova, E. Demchenko, N. kavtunova, K. Kapustyanskiy, YU. SHolomitskiy, V. Drobchinskiylar Yuqori natijalarni qo’lga kiritishadi.
    Ikkinchi jaxon urushiga qadar yoshlar o’rtasida yengil atletika bilan shug’ullanish keng tarqaldi. Bunga sabab ommaviy krosslarning o’tkazilishi, shaharlarda estafetalarning teztez tashkil etilishi, musobaqalar sonining ortishi, ko’p sonli mohir yengil atletikachilarning yuzaga kelishi bo’lgan. Bulardan L. Skasaya, F. Hasanova, Olihov, Yu. Sholomiskiy, K. Kapustyan va boshqalar, shuningdek Antonina Kosareva 1940 yilda o’zbek yengil atletikachilari orasida birinchi bo’lib nayza o`tish bo’yicha “SSSR sport masteri” unvoniga sazovor bo’ldi.
    Urushning ohirgi yillarida ham respublikada jismoniy tarbiya hayoti so’nmadi. Musobaqalar, asosan, harbiy ahamiyatga ega bo’lgan kross, granata otish to’siq istehkomlaridan oshib Yugurish bo’yicha o’tkazildi. Sport tashkilotlari o’z faoliyatini front ehtiyojlariga moslab qayta to’sib chiqdilar.
    Eng yaxshi sportchilar o’z Vatanini himoya qilish uchun jangga ketishdi, qolganlari esa umumharbiy ta’lim mashg’ulotlarini olib borish uchun harbiy kommissariyatlarda,
    Gospitallarda qolishdi. Ular yarador-jangchilarning mehnat qobilyatini tiklash va ular bilan davolash jismoniy mashq mashg’ulotlarini olib borishdi. Umumharbiy ta’limda respublikaning ko’zga ko’ringan mo’rabbiylari V. Bessekernih ( Samarqand ), V. Skavinskiy (Buhoro), P. Taranovlar( Toshkent ) o’z sohasi bo’yicha katta ish olib borishdi.
    Aynan ular, og’ir harbiy holatga qaramay, O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston spartakiadasida qatnashuvchi sportchilarni tayyorlashgan. O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston 11 Spartakiasi 1943yili Olma Otada bo’lib o’tadi. Erkaklar dasturining sakkiz turidan turt turida o’zbek sportchilari birinchi o’rinni egallashdi. Ular orasida Sadunin 800 va 1500 metrga Yugo’rish, N. Bespokoynov – 100 metrga Yugo’rish hamda L. Kanaki uzunlikka sakrash bo’yicha ayollar orasida 140 sm balandlikka sakrash g’oliblikni qo’lga
    kiritdi. 111 Spartakiada 1944 yilda Toshkentda o’tadi. Unda asosan, erkaklar ishtirok etib, sportning 11 turi bo’yicha o’tdi.
    Spartakiada Pusillo 110 va 400 metrga Yugurish, A. Borisov balandlik va o’zunlikka sakrash hamda G. Kosarev nayza otish bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdilar.
    1945 yil sentyabrda O’zbekiston spartakiasi dasturi bo’yicha “Spartak” stadionida yengil atletika musobaqasi bo’lib o’tadi. 150 nafar sportchi ishtirok etgan bu musobaqalarda quvonchli marralar qo’lga kiritiladi. 1946 yilga kelib respublikada rekordlari yangi ko’rsatkichlarga ko’tarildi: N. SevrYukova ( Borisova ) besh hatlab sakrash, to’siq ora yugurish hamda yadro irg’itishda, L. Skaskaya 80 m to’siq ora yugurishda F. Hasanova – 400 va 800 metrga yugurishda g’olib chiqishdi. 1947 yili Moskovada bo’lib o’tgan jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning butunittifoq namoyishiga O’zbekitonda “SSSR sport masteri” darajasiga erishgan yengil atletikachilar A. Borisov (uch xatlab sakrashda sobiq SSSRning uch marta sovrindori) va F. Hasanova, shuningdek jismoniy tarbiya hodimlari bayram nishonlash musobaqalarida ishtirok etish uchun respublika chempionlari N. SerYukova, ishtirok etish uchun respublika chempionlari N. SerYukova, L. Skastkaya, A. Qorieva, Sultonova, T. Ismoilov, S. Popovlar Moskovaga borishdi.

    1948 yilning dekabrida BkP MK mamlakatlarida jismoniy tarbiya ishlarining ahvoli haqidagi masalani ko’rib chiqib uni yanada yaxshilash haqida qaror qabul qildi.
    Mazkur qaror respublikada yengil atletikaning rivojlanishiga kuchli turtki bo’ldi.
    1948 yildan boshlab O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston sportchilarining o’zaro uchrashuvlari an’ana tusini oldi.
    Ana shunday birinchi uchrashuv 1948 yilning mayida Frunze (Beshkek) shahrida bo’libo’tdi. Erkaklar baxsida o’zbek yengil atletikachilari 13 tur sport musoboqasidan uch turida g’oliblikni Qo’lga kiritish. Ayollar esa to’qqiz turdan beshtasida g’olib bo’lishdi. Musoboqada, ayniqsa er-xotin Aleksey va Nadejda
    Borisovalar muvaffaqiyatli qatnashdi. Aleksey Borisov uzunlikka sakrash bo’yicha, Nadejda esa 100 va to’siqlar ora 80 m Yugurishda va yadro irg’itishda g’olib bo’ldi.
    1948 yilda respublikaning 40 rekordi yangilanadi. Sobiq SSSR terma jamoasiga kirgan YU. Finke, S. Popov, YU. SHolomiskiy, B. Gerasimchuk singari yosh mohir yengilatletikachilar paydo bo’ldi.
    1950-1951 yillarda B. Gerasimchuk (uch hatlab) va YU. Fenke (balandlik) mamlakat musoboqalari sovrindorlari bo’lishdi. O’rish qatnashchisi N. Borisov esa 1950 yil sobiq SSSRchempianati sovrindori bo’ldi. Birinchi olimpiya o’yinlariga qatnashgan O’zbekistonlik yengil atletikachi S. Popov110 m to’siqlar ora yugurish bo’yicha 1951-1954 yillar mobaynida sobiq SSSRchempeanatining turt marta sovrindori bo’ladi. 1952 yili sobiq SSSR sport ustasi Sergey Popov 110, 200 va 400 metrga to’siqlar bilan Yugish bo’yicha respublika rekordini o’rnatish.

    1949 yilda mutahasislarning soni juda ham oz bo’lgan. 1950 yilga kelib O’zbekistonda oily ma’lumotga ega bo’lgan malakali mutahasislarni tayyorlash masalasi ko’tarildi. 1952 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti qoshida, so’ng 1954-yilda Farg’ona davlat pedagogika inistituti qoshida jismoniy tarbiya inistituti qoshida jismoniy tarbiya fakultetlari ochildi. Biroz vaqt o’tgach, bunday fakultetlar bir necha viloyat pedagogika instutlari qoshida ham ishga tushdi.


    Toshkentda jismoniy tarbiya va sport texnikumi negizida 1955-yili O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya insitut tashkil topdi. Dastlabki yillarda yengil atletikachi mutaxasislarni tayyorlashda Toshkentga P. F. Lesgaft nomidagi Lenin va Qizil bayroq ordenli Lelingrad jismoniy tarbiya insitut katta yordam ko’rsatadi. Yordam ishida Maskovadagi Lenin ordenli Davlat Markaziy jismoniy tarbiya insitutning ham ko’magi bo’ldi.
    Langar cho’p bilan sakrashda Igor Chuvilin turtinchi o’rinni egalladi. Bu spartakiyada uning ilgargi ishtirok etgan turt sobiq SSSR xalqlari spartakiadalaridan eng muoffaqiyatlisi bo’lgan edi. I. CHuvilin O’rta Osiyo va
    Qozog’iston sportchilarining yettinchi uchrashuvlari g’olibi, langar cho’p bilan sakrash bo’yicha respublikaning bir necha bor rekordchisi va g’olibi bo’lgan edi. 1960-yilda “O’zbekiston SSRda xizmat ko’rsatgan ustoz” sharafli unvoni joriy qilinadi.
    Murabbiylarning mashaqqatli mehnatlari mevasi sifatida O’zbekiston terma jamoasi tarkibi E. Machula, O. Levolenko, Yu. Xmelkov, G. Nekrashevich, G. Podlazov, E. Andiriz, E. skorin, G. Ko’tyanin, G. Skalazubova (Vikova), A. Bulanov, N. Qilimov, V. Chekmarev, V. Nekrasovskiy, V. Kachetkov, V. Kolmokov, V. Tiyapukin, R. Vabich, (Denisheva), A. Yusupova, N. Skorikova, G. Mayboroda, A. Normurodov singari qobilyatli atletikachilar bilan boyidi.
    1963-yili Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvda respublika vakili German Kutyanin balandlikka sakrash sektorida o’zining ilgargi respublika rekordini yaxshilashga muaffaq bo’ldi. Keyingi yillarda G. Ko’tyanin O’zbekiston rekordini olti marotaba yangilab, uni 2 metr 11 smga ko’tardi. 1969 yil u rigada bo’lib o’tgan qishg quoqda 2 m 15 smda sakrab, XTSU unvaniga sazovor bo’lgan.
    1967 yilgi O’zbekiston Spartakadasida yengil atlatikachilarga katta yutuqlar olib keldi.
    O’zbekistonning yosh sprinterlari 1967 yili uch marta butun ittifoq rekordini o’rnatdi. Murabbiy V. A. SHapochnik tayyorlagan Dimitriy Nedostupov, Gennadiy YAkobson, Vladimir Zdabnov, Segey Petrovdan iborat kichik yoshdagilar 4x100 m masofaga estafeda tayoqchasini 43, 6 so’ng43, 3sek da olib o’tadi. Aynan shu guruh 15-16 yoshdagi yoshlar guruhi o’rtasidagi 4x200 mga yugurish bo’yicha masofani 1, 33, 1 sek da o’tib ittifoq rekordini yangilaydilar.
    Sport zahiralari bilan ilashda “Eng yaxshi, yosh yengil atletikachi’’va “eng yaxshi mo’rabbiy”shiori ostida respubika tanlovlarini o’tkazilishi-eng yaxshi USM uchun ko’rash O’zbekiston yengil atletika murabbiylari faoliyatini faollashtirishga, ular faoliyati ustidan nazorat o’rnatishga imkon yaratadi. Bu vaqtda respublika jamoatchiligining ishi jonlanib, jamolarni ilmiy-uslubiy qo’lanmalar bilan ta’minlash ishi yaxshilandi.
    1973 yili Moskovada bo’lib o’tgan 1 Butunittifoq yoshlar o’yinida O’zbekison yengil atletikachilari terma jamoasi sakkizinchi o’rinni olishdi. Sovrinli o’yinlarni 200 metrga yugurish bo’yicha Vladimir Zdobnov, nayza otish bo’yicha LYudmila Dolgova ikkinchi o’rinniolish sharafiga muyassar bo’lishdi. 4x100 m ga chopish estafetasida Yuriy Usikov, Yuriy Mavshev, Nikolay Noganev va Vladimir Zdanov bronza medalini olishdi. Sovrindorlardan tashqari jamoa yutug’iga to’siqlar osha yugirish bo’yicha 4-o’rinni egallagan Tatyana Perepsikna salmoqli ulush qo’shdi. SHuningdek, Yevgeniy Yakimenko (uch xatlab 5-o’rin), Aleksandr Vershteyn (100 m to’siqlar ora 6-o’rin), Genatsiy Ribkin (nayza 7-o’rin) yaxshi natijalarga erishishdi.
    1985 yil avgustda Moskovada bo’lib o’tgan Evropa kubigiga O’zbekiston terma jamoa tarkibiga o’zining uch vakili –Z. Varbashina, Z. Zaytsev, S. Usovlarni berdi. Ular kubokda sovrindorlar qatorida bo’lishdi.
    BMT ning bosh assambleyasida 1986 yil xalqaro tinchlik yili deb elon qilindi. Bu ham xalqaro xavsizlik kurashining kuchayganligini va xalqoro xamkorlik borasida raqiblashuv jarayoni yanada faollashganini bildirar edi. Moskovada xayrihohlik o’yinlarining o’tkazilishi tinchlik uchun kurashda yorqin aktsiyalardan bo’ldi.
    Xayrihohlik o’yinlarida o’zbek sportchilaridan to’qqiz nafarining ishtirok etishi –musobaqaning “sportdagi yer kurrasidagi tinchlikka” shiorini bajarishda o’z chiqishlari bilan ulush qo’shgan edilar.
    10000 metrli masofani o’tishda issiq va namlik sportchilarga katta qiyinchiliklar tug’dirdi. 53 spotchidan 38 nafarigina masofani o’tishga muvaffaq bo’ldi. Ular orasida sportcha yurush bo’yicha respublika vakillari (49. 40. 49) natijani qo’lga kiritgan. Z. Mustafaeva va (50. 21. 37) natijaga erishgan. R. Shayxutdinovalar bor edi.
    Langar cho’p bilan sakrash bo’yicha musobaqalar 6, 01 metr marrani egallagan Sergey Vubkaning jahon rekordini ko’lga kiritishi bilan yakunlandi. 5 metr 80 sm sakragan Radion Gao’tulin ikkinchi o’rinni egallaydi.
    Marofon masofasini o’tish startga ayollarning 47 nafari qatnashadi, finishga sakkizinchi bo’lib Yangiyerlik sportchi Shodiya Usmonova keldi, (uning ko’rsatkichi-2;37, 43, 0 sek ).
    1987 yili o’tkan mamlakat rasmiy chimpionatlari va birinchilik musobaqalarda 10 ta birinchi, 8 ta ikkinchi, 7 ta uchunchi, jami 25 sovrinli o’rinlarni.
    1987 yilgi mavsumda jahonning 25 eng yaxshi yengil atletlari qatorida R. Gao’tulin (langar cho’p 3-o’rin), V. Ishutin(langar cho’p 24-o’rin), Usov(110 metrli masofaga yugurish 9-o’rin) dek o’zbek yengil atletiklari bo’lgan.
    Kattalar guruhi bo’yicha 1987 yil jahonning eng yaxshi 25 yengil atletiklari ro’yhatiga 17 nafar sportchi kiritilib, ularning 12 nafarini erkaklar, 5 nafarini ayollar tashkil qilgan. Yoshlar guruhini 1968 yilda tug’ulgan 6 nafar yigit va 8 nafar qizlar, jami 14 ta yoshlar tashkil qilgan. 1970 yili tug’ilgan va undan kichik yigit va 7 qiz, jami 9 nafardan iborat o’smirlar guruhi tashkil topdi.
    O’zbekiston yengil atletlari 80-yillar ohiriga kelib Vatan yengil atletikasining 100 yilligini munosib ko’tish, shuningdek, 88-yilgi olimpiadaga yo’llanma olish uchu qizg’in tayyorgarlik ishlarini olib borishdi. Bunday qutlug’ sanani nishonlash uchun o’zbek yengil atletikachilarining 1923 yildan 1987 yilga qadar bo’lgan vaqt oralig’ida xalqaro.
    Xulosa
    Yengil atletika mashqlarining kelib chikishi tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Odamlar yugurish, sakrash va uloqtirishni, tabiiy zarur xarakat sifatida kadim zamonlardan beri mexnatda va kundalik xayotda qo`llab kelganlari ma’lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm bo`lganiga qadar ko`p yillar o`tdi. Ibtidoiy jamoa tuzimi davrida yengil atletika mashiklari odamlarning mexnat faoliyati bilan chambarchas bog`lik edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o`ta boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma’lum darajada mustaqil bo`lla boshladi.
    Yugurish, sakrash va uloqtirish qadimiy Gretsiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori, ular quldorlarning xarbiy-jismoniy tayyorgarligida katta o`rin egalladi va kabilalar xamda umumgrek diniy bayramlarining muxim qismini tashkil etadigan bo`ldi. Bunday tantanalarning eng axamiyatlisi Olimpiya o`yinlari xisoblanadi.
    Feodal jamiyatida, ayniqsa ilk o`rta asrlar davrida jismoniy mashqlar xalq ommasiga rasm bo`lgan edi. Rivoyatlar qissalar va boshqa madaniyat yodgorliklari o`yin kulgularida o`ziga xos jismoniy mashqlar ko`p bo`lganidan dalolat beradi. Ko`p manbalarda xalk turmushida tez yugurish, Yugurib kelib uzunlikka sakrash va tosh uloqtirishdan iborat uchkurash mavjud bo`lgani ko`rsatiladi.
    SHavkatsiz ekspluatatsiya, bo`sh vaqt va keraklicha moddiy sharoit bo`lmaganligi xalq jismoniy mashqlarining taraqqiyot darajasiga ta’sir ko`rsatadi. SHu sababdan feodalizim davrida xama vaqt xalq jismoniy mashqlari an’anaviy o`yin kulgilar xarakterida bulib, faqat bayram kunlarida o`tkazilar edi.
    SHaxar axolisi va feodallarning xarbiy jismoniy tayyorgarligida esa yuugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari kata o`rin tutar edi.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1.Andris. E. Qudratov.R Yengil atletika Toshkent 1998 yil.
    2.Normuradov.A Yengil atletika Toshkent 2002 yil.
    3.Niyozov.I Yengil atletika Fargona 2005 yil.
    4.Matviv.L.P Teoriya i metodiqa fizichesqoy qultura. M 1991 yil. 5.Abdullaev.A Xonkeldiev.SH «Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodiqasi» Toshkent 2005 yil.
    6. F.A.Qerimov sport soxasidagi ilmiy tadqiqotlar. Toshkent zarqalam 2004 yil.
    Download 62,82 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 62,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda yengil atletikani rivojlanish tarihi

    Download 62,82 Kb.