• 6-§. To’plamlarning Dekart ko`paytmasi.
  • -§. To’plamlarni sinflarga ajratish tushunchasi




    Download 391,5 Kb.
    bet6/7
    Sana18.05.2024
    Hajmi391,5 Kb.
    #242719
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Гулчехра математика

    5-§. To’plamlarni sinflarga ajratish tushunchasi.

    5.1. R={1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9} to`plam A, B, C qism to`plamlarga ajratilgan. Qaysi hollarda to`plam sinflarga ajratilganligini aniqlang:


    a) A={1; 3; 5}, B={2; 4; 6; 8}, C={7; 9};
    b) A={5}, B={3; 4; 8; 9}, C={1; 6};
    c) A={1; 3; 5}, B={2; 4; 6; 8}, C={5; 7; 9};
    d) A={1; 3}, B={4; 6; 8}, C={5; 6;9}.
    5.2. Natural sonlar to`plamini qanday sinflarga ajratish mumkin?
    5.3. Yer yuzi xalqlarini qanday belgilarga ko`ra sinflarga ajratish mumkin?
    5.4. Natural sonlar to`plamini 3 ga qoldiqli bo`lish xossasiga ko`ra sinflarga ajratish mumkinmi? Mumkin bo`lsa, qanday ajratish mumkin?
    5.5. Agar: a) burchaklar to`plamini o`tkir, o`tmas va to`g`ri burchaklarga; b) o`zbek tilidagi tovushlar to`plamini jarangli va jarangsiz tovushlarga; c) uchburchaklar to`plamini o`tkir burchakli, o`tmas burchakli va to`g`ri burchakli uchburchaklarga ajratsak, sinflarga ajratish shartlari bajarilishini tekshiring.
    5.6. Koordinata to`g`ri chizig`ini [-∞; 5] va [5; +∞] to`plamlarga ajratsak, haqiqiy sonlar to`plami ikkita sinfga ajratiladimi?
    5.7. Qaysi hollarda sinflarga ajratish to`g`ri amalga oshirilgan: a) Uchburchaklar to`g`ri burchakli, o`tmas burchakli va teng yonli uchburchaklarga; b) burchaklar o`tkir, to`g`ri va yoyiq burchaklarga; c) butun sonlar natural, 0 va manfiy butun sonlarga; d) o`zbek tili fe`llari hozirgi zamon, o`tgan zamon va kelasi zamon fe`llariga; e) sanoat mollari og`ir va yengil sanoat mollariga; f) gap bo`laklari bosh va ikkinchi darajali bo`laklarga; g) gazlamalar paxta va ipak gazlamalarga ajratilgan.
    5.8. To`rtburchaklarni: a) bitta xossasidan foydalanib; b) ikkita xossasidan foydalanib sinflarga ajrating.


    6-§. To’plamlarning Dekart ko`paytmasi.

    6.1. O`nli raqamlari A={2; 5; 7} to`plamga, birlik raqamlari B={4; 6} to`plamga tegishli bo`lgan barcha ikki xonali sonlarni yozing.


    6.2. Surati A={5; 2} to`plamdan, maxraji B={3; 4; 5; 6; 7} to`plamdan olingan barcha to`g`ri kasrlarni yozing.
    6.3. Surati A={1; 3; 5; 7; 9; 11} to`plamdan, maxraji B={2; 4; 6; 8; 10; 12} to`plamdan olingan barcha kasr sonlarni yozing.
    6.4. to`plam elementlarini ko`rsating, bunda:
    a) X={a; b; c; d}, Y={f; e};
    b) X={a; b; c; d}, Y={x};
    c) X={a; b; c; d}, Y={c};
    d) X={a; b; c; d}, Y={Q}.
    6.5. ={(1; 2), (2; 4), (4; 16); (3; 9), (5; 25), (6; 36)} to`plam berilgan. A va B to`plamlar elementlarini ko`rsating.
    6.6. A={5; 9; 4}, B={7; 8; 6} to`plamlarning Dekart ko`paytmasini tuzing. Hosil bo`lgan to`plamdan quyidagi xossalarga asosan qism to`plamlar ajrating: a) juftliklarning birinchisi ikkinchisidan katta; b) birinchisi 5 ga teng; c) ikkinchisi 7 ga teng.
    6.7. A={oq, yaxshi, toza, past, to`g`ri, stol, bordi, ot, kata, uzun}, B= {egri, iflos, baland, stul, qora, keldi, yomon, qisqa, kichik, arava} to`plamlar berilgan. ko`paytmani shunday tuzingki, hosil bo`lgan juftliklar antonym so`zlardan iborat bo`lsin.
    6.8. X va Y to`plamlarning Dekart ko`paytmasini koordinata tekisligida tasvirlang. Bunda:
    a) X={-1; 0; 12}, Y={2; 3; 4};
    b) X={-1; 0; 1; 2}, Y={3; 4};
    c) X=[-2; 1], Y={2; 3; 4};
    d) X={2; 6}, Y=[0; 5];
    e) X={3}, Y=R; f) X=[-3; 2], Y=[2; 6];
    g) X=R, Y=[-3; 0]; h) X=[-3; 1], Y=R;
    i) X=R, Y={0}.
    6.9. 4-rasmdagi shakllar X va Y to`plamlar Dekart ko`paytmasining koordinata tekisligidagi tasviridir. Har bir shakl uchun bu to`plamlarni ko`rsating.
    6.10. Qanday ikkita to`plamning Dekart ko`paytmasi koordinata tekisligida yarim tekislikni beradi?
    6.11. Qanday ikki to`plamning Dekart ko`paytmasi koordinata o`qlarini to`g`ri burchak ostida kesuvchi to`g`ri chiziqni hosil qiladi?
    6.12. Koordinata tekisligida M(2; 4) nuqtadan o`tuvchi va Ox o`qqa parallel to`g`ri chiziqni chizing. Qanday ikki to`plamning Dekart ko`paytmasi bu to`g`ri chiziqning tasvirini beradi?
    6.13. Koordinata tekisligida N(2; 4) nuqtadan o`tuvchi va Oy o`qqa parallel to`g`ri chiziqni chizing. Qanday ikki to`plamning Dekart ko`paytmasi bu to`g`ri chiziq tasvirini beradi?
    6.14. Koordinata tekisligida (3; 0) va (1; 0) nuqtalardan o`tuvchi va Oy o`qiga parallel bo`lgan to`g`ri chiziqlar bilan chegaralangan shaklni yasang. Shu shaklga
    6.15. Qanday ikkita to`plamning dekart ko`paytmasi koordinata tekisligini beradi?
    6.16. Koordinata tekisligida uchlari A(2; 5), B(-3; 5), C(-3; -2), D(2; -2) nuqtalarda bo`lgan to`g`ri to`rtburchak yasang. To`g`ri to`rtburchakka tegishli bo`lgan barcha nuqtalar to`plamini yozing.
    6.17. Koordinata tekisligida quyidagi shartlarni qanoatlantiruvchi nuqtalar to`plamini yasang:
    a) , y=5; b) , │y│=2;
    c) │x│=3; ; d) x=3, ;
    e) , ; f) , ;
    g) , │y│≤ 4; h) │x│≤ 4, │y│≤ 3 ;
    i) │x│≥ 1, │y│ ≥ 4; j) │x│≥ 2, .

    Download 391,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 391,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. To’plamlarni sinflarga ajratish tushunchasi

    Download 391,5 Kb.