Ko’p qatorli chiqarish oynasi




Download 191,5 Kb.
bet4/6
Sana02.06.2021
Hajmi191,5 Kb.
#14739
1   2   3   4   5   6
1.3.5. Ko’p qatorli chiqarish oynasi

(TMemo)ni joylashtirish

Dastur natijasini chiqarish uchun TMemo komponenti ishlatiladi. Komponentlar menyusidan piktogrammani tanlang va formaga o’rnating. ScrollBars – SSBoth holatlar inspektorlari yordamida o’rnatilgandan keyin oynada gorizontal va vertikal aylantirish tugmalari paydo bo’ladi.

Dastur matnida Memo1 o’zgaruvchisi TMemo turida paydo bo’ladi. TMemo oynasidagi ma’lumotlar Memo1.Lines massiv qatorida joylashgan va har bir qator String turiga ega bo’ladi.

Oynani tozalash uchun Memo1.Clear ishlatiladi. Oynaga yangi qatorni qo’shish uchun Memo1.Lines.Add (String turidagi o’zgaruvchi) ishlatiladi.

Agar butun yoki haqiqiy sonni kiritish kerak bo’lsa, avvaldan String turiga aylantirilishi va Memo1.Lines massiviga qo’shilishi kerak.

Masalan, agar o’zgaruvchi u:=100 butun turda bo’lsa, Memo1.Lines.Add (‘Qiymat u=’+IntToStr(u)) usul bilan bajariladi va oynada “ Qiymat u=100” qator chiqadi. Agar o’zgaruvchi u:=-256,3866 haqiqiy turda bo’lsa, Memo1.Lines.Add (‘Qiymat u=’+FloatToStrF(u.fffixed,8,2)) qo’llanilganda, “Qiymat u= -256.39” qator chiqadi.

Agar Memo1 da qatorlar soni oyna o’lchamidan katta bo’lib ketsa, qolgan qatorlarni ko’rish uchun vertikal aylantirish tugmasi, agar qator uzunligi katta bo’lib ketsa, gorizontal aylantirish tugmasi ishlatiladi.


Download 191,5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 191,5 Kb.