1.3.6. Forma (FormCreate) yaratishda ma’lumotlarni
qayta ishlash dasturini tuzish
Dastur yuklanganda «formani yaratish» hodisasi yuz beradi. x, y, z o’zgaruvchilarning boshlang’ich qiymatlarini mos ravishda TEdit oynasiga kiritadigan, TMemo oynasiga esa talabaning familiyasi va guruhi ko’rsatilgan qatorni joylashtiradigan hodisalarni qayta ishlash dasturini tuzamiz.
Buning uchun formaning ixtiyoriy bo’sh joyida sichqonchani ikki marta bosing. Ekranda
Procedure TForm1.FormCreate(Sender:TObject)
proseduraning sarlavhasi avtomatik ravishda kiritilgan tekst hosil bo’ladi. Begin…end orasiga dastur matnini kiritamiz.
|