• 18-Mavzu: Kitob tarixi. Kitob tanlash va mutolaa qilish. Tayanch so‘z va iboralar
  • 1445 – yil Iogann Guttenberg kitob bosish dastgohini kashf etdi.
  • Allohdan ilmni foydalisini so‘ranglar. Foydasizidan panoh tilanglar.
  • O‘rganish – bu faol jarayon
  • To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




    Download 7.62 Mb.
    bet64/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    Guruh




    Sana






    18-Mavzu: Kitob tarixi. Kitob tanlash va mutolaa qilish.


    Tayanch so‘z va iboralar: Yozuv, kitob, hattot, qog’oz, Iogann Guttenberg, bosma kitob, litografiya, maktab, universtetit, elektron kitob.


    “Kitob” so‘zini eshitganimizda va bu so‘zni talaffuz qilganimizda beixtiyor odamzotga ziyo tarqatuvchi uning buyuk ixtirolaridan biri ko‘z oldimizda paydo bo‘ladi.
    Birinchi kitob aslida qanday bo‘lgan, u bosmaxonada terilganmi yoki qo‘lda yozilganmi? Odamlar o‘qish va yozishni bilmagan, harflar, qog‘oz, siyoh va qalamlar bo‘lmagan zamonlarda qadimgi rivoyatlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari va boshqa manbalar kitob tokchalarida emas, odamlarning xotirasida saqlangan. Ertakchi va baxshilar davralar, to‘y - bazmlarda hamisha qadrli mehmon hisoblangan. Aytishlaricha, bir vaqtlar Rimda Itsell degan savdogar yashagan ekan. U juda badavlat bo‘lib, mehmonlarning ko‘nglini ovlash yo‘lini topibdi. O‘zining ish yurutuvchisiga eng layoqatli va aqlli qullarni tanlab olish va ularning har qaysisi biror kitobni yoddan bilishini shart qilib qo‘yibdi. Oradan vaqt o‘tishi bilan “Odissiya”, “Illiada” va “Eneida” rivoyatlarini bemalol aytib bera oladigan qullar paydo bo‘libdi. Itsel murodiga yetibdi, Rimdagi jonli kutubxona esa ancha vaqtgacha maqtalgan ekan.28
    Taxminan besh ming yil muqaddam ayrim xalqlar xat yozish uchun belgilar ixtiro qilganlar. Savodli kishilar o‘zlari yashab turgan yoki borib ko‘rgan mamlakatlari haqida bilganlarini, ko‘rganlarini hikoya qilganlar, xo‘jalikka doir va boshqa yozuvlarni olib borganlar. Ularni daraxtlarning po‘stlog‘iga, toshga, hayvonlarning ishlov berilgan terisiga va boshqa buyumlarga yozganlar.
    Qadimgi davrdayoq qo‘lda yozilgan kitoblar bo‘lgan. Kitoblar loy taxtacha shaklida ham bo‘lgan, ularda asosan diniy duolar bitilgan. Loy taxtachalar kutubxonalari Misopatamiyadan (Iroq) topilgan. Odamlar ularni ehtiyotlik bilan saqlashgan. Shu tufayli kitoblarning bir qismi saqlanib qolingan. Ulardagi rivoyatlar bizgacha yetib kelgan. Biz bu yozuvlardan qadimgi dunyo haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.
    Ilk o‘rta asrlarda madaniyat, bilimga bo‘lgan e’tibor oshib boradi. Yevropaning yirik shaharlarida XI asrdan boshlab oliy maktablar – Universitetlar ochila boshlandi. Universitet (lotincha so‘z, “Majmua” ma’nosini anglatadi.) umumiylik ma’nosini berib, unda turli sohalar birlashtirilgani tufayli shunday atalgan. Oliy maktablar XIII asrda: Boloniya, Monpele, Palermo, Parij, Oksford, Salerno va boshqa shaharlarda tashkil topdi. XV asrga qadar Yevropa mamlakatlarida 60 ga yaqin universitet ochilgan.
    Maktab va univeratetitlarning ko‘payishi kitobga bo‘lgan talabni ko‘chaytirdi. Ilk o‘rta asrlarda kitob qimmatbaho buyum bo‘lib, uni pergamenga buzoq terisidan tayyorlangan maxsus varaqlarga hattotlar yozishgan. XII asrdan kitobatda alohida ustaxonalar ochilishi ularning birmuncha arzonlashuviga olib keldi. XIV asrdan qog‘ozning keng qo‘llanishi esa, uni yana ham ko‘proq chiqarilishiga yordam berdi. Qog‘oz Xitoydan, musulmon davlatlari, jumladan: Samarqand orqali Yevropaga kirib keldi. Ispaniyada dastlabki qog‘oz ustaxonalari XII asrdan ishga tushgan. Kiyeinchalik, Italiyada XIV asrdan qog‘oz ishlab chiqarish sohasi keng rivojlangan. Yevropadagi dastlabki ustaxonalar qog‘ozni eski lattalardan qilishgan.
    Germaniyada 1445 – yil Iogann Guttenberg kitob bosish dastgohini kashf etdi. Uning kashfiyoti kitobni ommaviy tarqalishiga imkoniyat yaratdi. Kitob ishlab chiqarish arzonlashgandan so‘ng kitobning narxi arzonlashdi.
    O‘zbekiston hududida Xorazmshohlarning Tuproqqal’adagi qasrlariga ta’luqli inshootlarning qazib olingan namunalari, ko‘p sonli uy anjomlari va san’at ashyolari bilan bir qatorda saroy arxivi hujjatlarida eramizning III asriga tegishli ma’muriy - xo‘jalik mazmunidagi 80 ga yaqin matn borligi aniqlandi. Bu hujjatlar teri va yog‘ochga tush bilan chiroyli husnixatda bitilgan.
    O‘rta Osiyoda kitob ishlab chiqarishda hattotlar xizmatidan keng foydalanilgan. Kitoblar qo‘lda ko‘chirilgan. Qo‘lda ko‘chirilgan kitoblar nafaqat mazmunan, balki tashqi ko‘rinishi va bezagi jihatdan ham kitobxonlarning talab – ehtiyojlari va didiga javob berishi, odamlarda ma’naviy va estetik dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilishi lozim edi. Shu boisdan ham hattotlik buyuk san’at darajasiga ko‘tarilgan. Bu nafis kitob yaratish jarayoning misilsiz darajada murakkab va og‘irligi turli xil kasb – hunar egalari mehnatining ma’lum bir dasta singari jamlanishi bilan belgilanadi. Chunki, kitob yaratish jarayonida qog‘oz kesuvchi hattot, musavvir, lavvoh (lavha chizuvchi), sahhof (muqovachi) ishtirok etadi. Ota – bobolarimiz tomonidan nafis kitob yaratishda ishlatilgan Samarqand, Buxoro qog‘ozlarining dovrug‘i doston bo‘lgan. Kitoblarni yaratishda unga turli xil suyuqlik moddalar va ranglar ishlatilgan. Kitobdan yoqimli va xushbo‘y hid kelib turishi uchun juda sifatli gulob yoki anbar siyohga qo‘shilib yozilgan. Musavvirlar ishlatadigan bo‘yoqlarda oltin va kumush eritmalari aralashtirilgan, muqavaning go‘zal bo‘lishi uchun charimlardan ustalik bilan foydalanilgan.
    Og‘ir va mashaqqatli mehnatlar evaziga yaratilgan har bir kitobning o‘zi shubhasiz katta bir san’at asari edi. Bunday kitoblar asosan shohlar, amirlar, xonu sultonlar buyurtmalari asosida yaratilgan va maxsus kutubxonalarda e’zozlab saqlangan.
    XIV – XVI asrlarda nafis kitob va hattotlik san’atining buyuk namoyandalari o‘sib yetishadi. Bular Mir Ali Tabriziy, Abdurahmon Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqalam, Sulton Ali Xandon, Halvoiy, Rafiqiy, Mirak Naqqosh, Behzod, Shoh Muzaffar va boshqalardirlar.
    1871 – yili Turkistonda o‘zbek tilida chop etilgan ilk bosma kitob “Taqvim” deb atalgan. Bu bir talay nasihatlar va maslahatlar kiritilgan kalendar bo‘lib, uni Sh. Ibrohimov tuzgan. Turkiston o‘lkasida bosma adabiyotning asosiy qismi litografiya (Toshbosma ) usulida chop etilgan.
    Dastlabki litografiya 1874 – yil Xivada o‘zbek matbaachisi Otajon Abdalov tomonidan ochilgan va 1910 – yilga qadar faoliyat ko‘rsatgan. Ana shu korxonada 40 ta asar nashr etilgan. Ular orasida o‘zbek va sharq adabiyoti asarlari va tarixiy asarlar mavjud. 1883 – yil boshqa bir o‘zbek matbaachisi Esonboy Husanboyev Toshkentda litografiya tashkil qildi. Bu korxonada ilk martaba Alisher Navoiy “Hamsa”si, 1893 – yilda esa ulug‘ shoirning “Devon” mumtoz janirdagi she’rlari to‘plami litografiya usulida chop etildi. 1880 – yillarda tijorat maqsadlarini ko‘zlagan xususiy litografiyalar paydo bo‘la boshladi. Litografiyalarda asosan madrasalar va maktablar uchun zarur bo‘lgan darsliklar va boshqa adabiyotlar chop etilgan.
    Hozirgi zamonda texnika taraqiyyoti jadallashgan davrda kitob ishlab chiqarishning turli vositalari va kitoblarning har xil shakllari paydo bo‘lgan.
    Xullas, insoniyat yozuvni kashf qilgandan to hozirgi kungacha o‘zi egallagan bilimni kelajak avlodlarga qoldirish uchun kitobdek kashfiyotni yaratib, uni ishlab chiqarishni takomillashtirib borgan.
    Aziz o‘quvchilar mana kitob tarixi haqida ozmi ko‘pmi bilib oldingiz, xo‘sh sizdek yoshlar qanday kitob tanlaganlari ma’qul, ilmiy yoki badiiy, ko‘ngil ochar yoki detektiv asarlar. Insoniyat tajribasidan kelib chiqib sizga faqat foydali kitob mutolaa qilishingizni so‘rardik. Muborak hadislarda aytilganidek: Allohdan ilmni foydalisini so‘ranglar. Foydasizidan panoh tilanglar.
    Z ero, yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir. Siz “foydali ilm qaysiligini qanday bilish mumkin?” deysiz. Foydali ilm bu sizning qobiliyatingiz yetadigan, sizning muhit va sharoitingizda o‘zlashtira oladigan bilimdir. Ayni yoshlikda tanlagan kasbingizga doir asarlarni o‘qiganingiz ma’qul. Ma’naviy darajangiz past bo‘lib qolmasligi uchun yoshingizga mos badiiy asarlar ham mutolaa qilib turing. Aytaylik, siz o‘z ongingizga ma’qul keladigan kitobni tanladingiz, undan kattaroq foyda olish, mutolaa qilish qoidalarini bilasizmi?
    Albatta, mutolaa qilish qoidalarini bilsangiz kerak. Kitobni 30 sm uzoqlikda tutib, yaxshi yoritilgan joyda, qomatni tik tutgan holatda mutolaa qilish lozim.
    Sizga Deyl Karnegining kitobdan kattaroq foyda olish borasidagi maslahatlarini o‘zingiz o‘qiyotgan kitobga nisbatan tadbiq etishingizni tavsiya etar edik.
    1. Agar siz kitobdan kattaroq foyda olmoqchi bo‘lsangiz – bir zarur shart, har qanday qoida va usullardan muhimroq bir amaliy talab mavjudligini hisobga oling. Mabodo, ushbu asosiy talabga javob bera olmasangiz, unda kitoblarni o‘rganish borasidagi qoidalarning mingtasi ham sizga naf bermaydi.
    Sehrli kuchga ega shart – nima? Mana u: chuqur ehtiros bilan o‘qish istagi.
    2. Avval kitobdan umumiy taassurot olish maqsadida uning har bir bobiga ko‘z yugirtirib chiqing. Kiyengisiga o‘tishdan oldin har qaysi bobni kamida ikki martadan o‘qing.
    3. Qo‘lingizga qizil qalam yoki oddiy qalam olib o‘qing. Har qaysi muhim fikrni qayd eting.
    4. O‘qigan kitoblaringizni qaytadan har oyda o‘qishdan erinmang. Zero, Beruniy aytganlaridek, “takrorlash bilimning onasidir”.
    5. O‘zingizdagi o‘sishni har hafta ko‘zatib boring. Qanday xato qilganingiz, qanday muvaffaqiyatga erishganingiz, qanday saboq olganingizni o‘zingizdan so‘rab turing.
    Bernard Shou aytgan ekan: “Agar kishini biron narsaga shunchaki o‘rgatsa, u hech narsani ilg‘amaydi”. Shou haq edi. O‘rganish – bu faol jarayon. Hadislarda:

    Download 7.62 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

    Download 7.62 Mb.