• Mavzu: “Vatanni sevmoq iymondandur”
  • To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




    Download 7.62 Mb.
    bet61/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    Guruh




    Sana




    17-Mavzu: “Vatanni sevmoq iymondandur”


    (14 – yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlanadi.)


    Tayanch so‘z va iboralar: Vatan, iymon, vatan tuyg’usi, vatanga xizmat, milliy xavfsizlik, vatanparvar, armiya, qurolli kuchlar, harbiy okruglar, faxriy unvonlar.

    Vatan (arabcha «vatan» - ona yurt) kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug‘ilib o‘sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati.25


    Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o‘tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo‘lgan tushunchadir.
    Vatan ostonadan, o‘zi tug‘ilib o‘sgan go‘shadan boshlanadi. Shuning uchun u yashab, nafas olib turgan xonadonga, ulg‘ayib voyaga yetishishida muhtasham va qudratli makon bo‘lgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqat abadiy bo‘lmog‘i zarur. Har bir insonning vatanga bo‘lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. O‘z ota-onasi, avlod-ajdodlari, ularning an’analari, urf-odatlari, kasbkorini sevmaydigan farzand o‘zgalarni ham sevmaydi. Shuningdek, millati, xalqi adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g‘ururlanib, o‘zi o‘sgan yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog‘i qadrini anglab yetmaydi. Bu esa manqurtlikdan o‘zga narsa emas.
    Zero, hech bir inson vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O‘z yurtida obro‘-e’tibori bo‘lmagan inson o‘zga yurtda ham qadrlanmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda «O‘zga yurtda sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l», «O‘zga yurtda shoh bo‘lgandan, o‘z yurtingda gado bo‘lgan afzal», «O‘lsang o‘l, Vataningda bo‘l!» kabi naqllar bejiz aytilmagan. Har kimning o‘z xonadoni, uy-joyi, o‘z ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini o‘zga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Furqat va boshqa bobokalonlarimizning o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanlaridan uzoqda kuchli vatan sog‘inchi bilan yashaganlari, ona yurt tuprog‘ini, unda mevalarni ko‘zlariga to‘tiyo qilganlari, yurt ishqida iztirob chekkanlari barchaga ayon. Ularning ruhiy kechinmalari, haqiqiy vatanparvar kishining holatidir. Haqiqiy vatanparvar u qayerda yashamasin, vatanning yaxshi kunida ham, yomon kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo‘ladi.
    Insondagi eng oliy tuyg‘u - Vatan tuyg‘usidir. O‘zi tug‘ilib - o‘sgan ona yurtini jon qadar sevadigan, o‘zga yurt tabiatidan o‘z yurti tabiatichalik zavq ololmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan butun aql zakovati, qalb qo‘ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go‘zalligi, rivojiga baxshida etaolgan insondagina bu tuyg‘u namoyon bo‘ladi.
    Vatan ham, vatanga muhabbat tuyg‘usi ham ilohiy ne’mat bo‘lib, butun qon tomirlarida shu tuyg‘u jo‘sh urgan insonda vatanfurushlik, vatanga hiyonatdek jirkanch vahshiylikka moyillik hech qachon bo‘lmaydi. Shoir «O‘zga yurtning bog‘lari-yu bog‘chasi, o‘z yurtingning yantog‘icha ko‘rinmas» deb bejiz aytmagan.
    «Vatan tuyg‘usi – bu vatanni himoya qilib, vatan deya fido bo‘lgan To‘maris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Solihbek dodxoh, mulla Aliqul dodxoh singari yuzlab sheryuraklarni eslashdir.
    Tomirida oxirgi tomchi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Abdumalik To‘ra, Qurbonjon dodxoh, Madaminbek, Namozbotir singari bo‘ysunmas bahodirlarning, og‘ir kunlarda qardoshlarga yelkadosh bo‘lay deb, harbiy vazirlik lavozimidan iste’foga chiqib, ota yurti Turkistonga kelib, ayovsiz janglarda halok bo‘lgan Anvar podshoning, qullikdan o‘limni afzal bilgan Oqmasjid, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Zirabuloq himoyachilarining nomini yodga olishdir.
    Vatan tuyg‘usi – bu mustamlaka tuzumiga qarshi bosh ko‘targan Toshkent, Jizzax, Andijon qo‘zg‘olonchilari, Dukchi Eshon. Vatanni asrash, har bir qarich yerini qo‘riqlash, bu muqaddas burch bo‘lib, ozod va mustaqil vatanga ega bo‘lish hech qachon osonlikcha qo‘lga kiritilmagan. Mustaqillikni saqlash va himoya qilish milliy davlatchiligimizning dastlabki dolzarb masalasi edi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Respublika mustaqilligi e’lon qilinganidan keyin dastlabki oylardanoq Qurolli kuchlar tashkil etish to‘g‘risida tadbirlarni amalga oshira boshladi. 1992 – yil 14 – yanvarda O‘zbekiston Oliy Kengashining qarori qabul qilindi. Bu qarorga muvofiq sobiq Sovet Armiyasining Turkiston Harbiy okrugiga qarashli O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha harbiy qismlari, qo‘shilmalari, alohida batalionlar, harbiy o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasi qonuniy boshqaruviga o‘tkazildi. Ushbu hujjat O‘zbekiston uchun o‘z armiyasining tuzilishiga asos bo‘lib xizmat qildi.

    Download 7.62 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

    Download 7.62 Mb.