• BAYONNOMASI
  • KUN TARTIBI
  • To`rtko`l tumani




    Download 20.46 Kb.
    Sana26.04.2024
    Hajmi20.46 Kb.
    #208278
    Bog'liq
    ChSB bayonnoma
    Атамуратов Онгар Архитектура обективка, kreativ-fikrlash-zhamiyat-tara-iyotining-mu-im-omili, Topografik xarita va plan Masshtab, nphoton.an.2010.2, ABDUKALILOV SHOXRUX DASTURLASH USULLARI, TEXNIKASI VA TEXNOLOGIYALARI, fizika 3, 1-chorak monitoring

    To`rtko`l tumani 30-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida Yangi baholash tartibini elektron jurnalga to`g`ri kiritib borish bo`yicha o`tkazilgan yig`ilish



    2023-yi1 10 Noyabr


    BAYONNOMASI


    To`rtko`l tumani





    Yig`ilishda ishtirok etdilar: Qoraqalpogiston Respublikasi metodik xizmat ko`rsatish bo`limi metodisti M. Xanmatov, trener o`qituvchilar, Maktab direktori A.Urakbayev, O`IBDO` D.Janibekov, O`IBDO` Sh.Saidova, 24 nafar o`qituvchi ishtirok etdilar.


    KUN TARTIBI:





    1. Formativ va summativ baholash bo`yicha batafsil tushuncha berish;

    2. Yangi baholash tartibini elektron jurnalda to`g`ri kiritib borish bo`yicha;



    ESHITILDI


    Kun tartibida birinchi masala yuzasidan Qoraqalpogiston Respublikasi metodik xizmat ko`rsatish bo`limi metodisti M.Xanmatov so`zga chiqib quyidagilarni bayon qildi: Shu paytgacha baholash jarayonida formativ va summativ baholash o`rtasidagi chegara aniq belgilanmagan edi. O`quvchiga qo`yilgan kundalik baho yig`ilib choraklik va yillik bahoni shakllantirishga xizmat qilgan.


    Endilikda summativ baholash asosan yilda bir marta, yilning oxirida Respublika ta`lim markazi tomonidan sinflar bo`yicha fanlar kesimida tayyorlab berilgan yagona baholash materiallari asosida o`tkaziladi. “Baholash uchun yagona material beriladi. Bitta imtihon uchun kimdir yozma ish, kimdir muqobil variantli test, kimdir og`zaki shakldagi savollardan foydalanmaydi”, — deydi Milliy o`quv dasturining Baholash yo`nalishi bo`yicha ishchi guruh rahbari Farruh Abdullayev. Ishchi guruh rahbari yagona materiallar baholashdagi “tarozining pallalarini” yoki baholovchining “qarichlarini” tenglashtirilishi va subyektiv omillarni kamaytirishga xizmat qilishini ta`kidlab o`tdi.
    Ikkinchi masala yuzasidan maktab direktori A.Urakbayev so`zga chiqib quyidagilarni aytib:
    Summativ baholash - ma`lum davrda yoki ma`lum bob yuzasidan berilgan bilimlarning darajasini aniqlashga qaratilgan bo`ladi. Ya`ni, bunda o`qituvchi muayyan miqdorda mavzulami qamrab olgan bobni o`quvchiga yetkazib bergan,

    o`quvchilarning ushbu bob yuzasidan olgan bilimlari aniqlanadi. Eski baholash tizimida bu nazorat ishi ko`rinishida mavjud bo`lgan.
    Formativ baholash - o`quvchi dars jarayonida baholanib borilaveradi. Mazkur baholash tizimining asl mohiyati, u o`quvchi bilimini emas, o`qituvchi o`zining darsini baholashi va unga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritishi maqsadida joriy qilingan. Afsuski, bizda buning aksini ko`rishimiz mumkin. Bizda bu tizimda o`quvchining bilimi baholanganligini ko`rishimiz mumkin. Xalqaro tajribalarga nazar soladigan bo`lsak, formativ baholash rasmiy maqomga ega emas. Unda o`qituvchi tomonidan o`quvchiga turli maqtov so`zlari orqali ruhlantirish beriladi, biroq shu bilan bir qatorda o`qituvchi o`quvchining ishtiroki orqali darsni qay darajada yetkazib bera olganini analiz qiladi. O`tgan darsda yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar e`tiborga olinadi. `
    Formativ va Summativ baholashni emaktab.uz platformasiga to`g`ri kiritib borish, summative baholar bo`yicha alohida grafalar ochib shu grafalarga baholarni o`z vaqtida to`g`ri kiritib borish haqida batafsil ma`1umotlar berib o`tdi.
    Yig`ilish ishtirokchilari kun tartibidagi masalalami o`qib chiqib,

    YIG`ILISH QAROR QILADI:





    1. Qoraqalpogiston Respublikasi metodik xizmat ko`rsatish bo`limi metodisti M. Xanmatovning Yangi baholash bo`yicha ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

    2. Har ikkala masala yuzasidan tegishli chora va tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish maktab O`TIBDO` D.Janibekov zimmasiga yuklatilsin.


    Yig`ilish raisi:
    QR MXKB metodisti:
    A.Urakbayev
    M. Xanmatov

    Download 20.46 Kb.




    Download 20.46 Kb.