|
Moliya va kreditlash mexanizmi, ularni takomillashtirish yo’llari
|
bet | 3/6 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 45,47 Kb. | | #120355 |
Bog'liq Lecture - 7 2 Moliya va kreditlash mexanizmi, ularni takomillashtirish yo’llari.
Shuningdek, byudjetga to’lovlar, mol yetkazib beruvchilar bank bilan, yuqori moliya tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar yaxshi yo’lga qo’yiladi, ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalaniladi, moliyaviy zahipalapdan foydalanish to’g’ri yo’lga qo’yiladi.
Ushbu maqsadda, ya’ni moliyaviy ishlar samaradorligini oshirishda moliyaviy ishlar uch yo’nal^da olib boriladi:
moliyaviy rejalashtirish;
moliyaviy reja bajarilishini ta’minlash, ya’ni tezkor moliyaviy ishlar;
nazorat-tahlil ishlari.
Moliyaviy rejalashtirishda biznes-reja, kreditlash, kassa operasiyalari va boshqa shu kabi pul mablag’lari bilan taminlash ishlari rejalashtiriladi. Bunday moliyaviy rejalashtirish negizida qo’shimcha moliyaviy zahiralarni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish va korxona rentabelligini oshirish kiradi.
Moliyaiy reja bajarilishini ta’minlash uchun korxonaning ishchi xodimlari bilan ish haqi to’lash va moddiy rag’batlantirish kabi turli tuman moliyaviy munocabatlari, byudjet bilan, bank bilan, yuqori tashkilotlar bilan bo’ladigan moliyaviy munosabatlarni o’z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash tushuniladi.
Moliyaviy ishlarning muhim qismi, bu moliya pejacining bajarilishi ustidan nazorat qilish va tahlil o’tkazishdir. Asosiy e’tibor tezkor nazoratga qaratiladi, bunday nazorat natijasida yo’l qo’yilgan kamchiliklar bartaraf etiladi, mavjud moliyaviy zahiralar aniqlanadi. Tezkor nazorat hozirgi kunda ishlar avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan sharoitda yuqori samarasini bermoqda.
Bunday tezkor nazorat natijasida va muntazam ravishda ma’lumotlar bilan taminlash oqibatida korxonalar faoliyatini boshqarish tizimida ko’plab yengilliklar hamda qulayliklar tug’iladi.
Moliyani boshqarish tizimi - bu davlat va korxonalarning pul mablag’lari fondini rej a asosida tashkil etish va foydalanish tizimi.
Moliya tizimini boshqarish Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Moliya Vazirligi zimmasiga yuklatilgan.
Moliya Vazirligining joylardagi organlari viloyat moliya boshqarmasi, tuman va shahar moliya bo’limlaridan iboratdir.
Moliya boshqarmasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nizomga va boshqa me’yoriy aktlarga amal qiladi.
Samarqand viloyat hokimligi moliya boshqarmasi davlat boshqaruvi organi hisoblandi va yagona soliq-byudjet siyosatini tashkil etish faoliyatini amalga oshiradi. Samarqand viloyat hokimligi moliya boshqarmasi tizimiga: shahar va tuman hokimliklarining moliya bo’limlari kiradi.
Moliya boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Samarqand viloyat mahalliy byudjeti loyhasini tayyorlash, tasdiqlash, uning bajarilishini ta’minlash, mahalliy byudjetning bajarilganligi haqidagi hisobotni tayyorlash va moliya vazirligiga taqdim etish;
Moliya boshqarmasi zimmasiga yuklatigan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Iqtisodiyotni rivojlanishi hamda aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida soliq siyosati va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Moliya vazirligiga taqdim etish;
Byudjetga soliq va boshqa tushumlarni, shuningdek davlat mulkini xususiylashtirishdan hamda davlat ulushiga hisoblangan dividendlar tushishi
ustidan nazorat olib boradi;
Berilgan vakolati doirasida byudjet mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanishi hamda davlat ulushi bo’lgan xo’jalik sub’ktlarda moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Shahap va tuman moliya bo’limlari joylardagi byudjet loyihalarini tuzadi, korxona va tashkilotlarning moliya rejasini bajarilishi ustidan nazorat o’rnatadi, moliyaviy tartib intizomini mustahkamlash chora tadbirlarini amalga oshiradi.
Qishloq xo’jalik korxonalarida moliyaviy ishlar bilan moliya hisob markazi shug’ullanadi.
Mamlakatimizda qishloq xo’jalik korxonalarini rag’batlantirish va boshqaruv tizimini samaradorligini oshirish uchun moliya tizimiga ham bir qator vazifalar quyilgan. Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat turlari bo’yicha 40 ga yaqin banklar faoliyat ko’rsatmoqda. Shundan ASM korxonalariga bank xizmati ko’rsatish bo’yicha «Paxtabank» yetakchi o’rinda turadi.
Bank - tijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxs bo’lib, bank faoliyati deb nomlanuvchi quyidagi faoliyatlarni amalga oshiradi:
|
| |