|
Toshboyev A. J., Rashidov J., Toshboyev A. A. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti: o’quv qo’llanma
|
bet | 2/6 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 45,47 Kb. | | #120355 |
Bog'liq Lecture - 7 Internet saytlari
www.samqxi.uz - Samarqand qishloq xo’jalik instituti veb-sahifasi
www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
www.uzreport.com - Axborot agentligi.
www.agro.uz - O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi.
1 Agrosanoat majmuini rivojlantirishda moliya, kredit, sug’urta va soliq mexanizmlarini boshqarishning roli.
Moliya - pul mablag’lari fondlarini yaratish va foydalanish jarayonida iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi iqtisodiy kategoriya.
Moliyalash - xalq xo’jaligini rivojlantirish, ijtimoiy - madaniy tadbirlar, mudofaa va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlarini zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, birlashmalar, korxonalarning o’z mablag’lari, davlat byudjetidan va boshqa manbalardan ajratilgan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
Agrar sohada faoliyat ko’rsatayotgan shirkat xo’jaligi, fermer va dehqon xo’jaliklari uchun moliyalashtirish manbalarini quyidagi shakllarda ifodalash mumkin:
Xo’jaliklarning o’z mablag’lari;
Qarzga olingan mablag’lar;
Byudjet mablag’lari;
Xomiylarning yordamlari;
Xalqaro jamg’armalar yordamlari;
Xalqaro kredit liniyalari tomonidan ajratiladigan yordamlar.
Bundan ko’rinib turibdiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklarining faoliyati bir nechta moliyaviy manba hisobiga emas, yuqoridagi manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
Qishloq xo’jaligi korxonalari mablag’lari manbalari sotishdan tushgan tushum, amortizasiya ajratmalari, qat’iy passivlarning o’sgan qismi va boshqalardan tashkil topadi.
Qarzga olingan mablag’lar esa tijorat banklaridan olingan kreditlar va qimmatbaho qog’ozlarni muomalaga chiqarishdan olingan mablag’lardan tashkil topadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatni moliyalashtirish manbalarini shartli ravishda 2 guruhga ajratish mumkin:
Qishloq xo’jalik korxonalarining o’z mablag’lari (yoki ichki mablag’lari);
Boshqa korxonalarlardan qarzga olingan mablag’lar (tashqi mablag’lar).
Qishloq xo’jalik korxonalarini moliyaviy jihatdan ta’minlashda byudjet mablag’lari ham ishtirok etadi. Bu o’z navbatida paxta, g’alla va sholi kabi qishloq xo’jalik mahsulotlariga davlat buyurtmasining mavjudligi bilan belgilanadi. Davlat buyurtmasining mavjudligi qishloq xo’jalik korxonalarining bozordan iste’molchini topish va marketingni minimal darajada bo’lishini ta’minlaydi hamda sotilgan qishloq xo’jaligi mahsuloti uchun to’lovlarning o’z vaqtida amalga oshirilishi kafolatlanadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarini moliyalash mexanizmini asosiy yo’nalishi moliyaviy mablag’larni diversifikasiyalashtirish tomonga qaratilganligi bilan belgilash kerak.
Mamlakat miqyosida davlat moliyasi tushunchasi bo’lib, davlat moliyasining tarkibiy qismi va turli xil mulk shaklidagi korxonalar, birlashmalar, jamoa xo’jaliklari va hakozolardan iborat qishloq xo’jalig tarmog’i moliyasidir. Tarmoqlar moliyasini to’g’ri tashkillashtirish mablag’larning uzluksiz aylanishini, qiymat formalarining silliq o’zgarishini, pul daromadlarining o’z vaqtida tushumini, pul daromadlari to’g’ri taqsimlanishini va foydalanilishini, davlat buyurtmalarini vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Tarmoq moliyasi iqtisodiy munosabatlarning pul formasida namoyon bo’lib, asosiy vositalar va aylanma mablag’larning aylanishida, mahsulot ishlab chiqarish va sotishda, pul daromadlarining tashkil etilishi va samarali foydalanilishida o’z aksini topadi.
Qishloq xo’jaligi moliyasi iqtisodiy munosabatlarning majmui bo’lib, pul daromadlarining rejali tashkil etilishi, taqsimlanishi va foydalanilishida,
shuningdek ishlab chiqarishni nazorat qilish, milliy daromadni tashkil qilishda yaqqol namoyon bo’ladi.
Davlat va korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar quyidagi hollarda sodir bo’ladi:
xo’jalik hisobidagi daromadning tashkil etilishida, foyda va turli xil fondlarni vujudga kelishida, daromadning bir qismini yuqori tashkilotlar ixtiyorida jamlashda;
korxona bo’limlari, zvenolari, dehqon, fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxida, sifatli mahsulot yetishtirishda va ularning samaradorlik ko’rsatkichlarida;
davlat korxonalari bilan turli xil mulk shaklidagi korxonalarning munosabatlarida yoki turli xil mulk shaklidagi korxonalarning o’zaro munosabatlarida, ular o’rtasidagi moddiy texnika resurslarini yetkazib berishda, kapital qurilishda, banklardan olingan kredit munosabatlarida, shuningdek qurilish, yo’l qurilishi va hokazolar bo’yicha hissadorlik uyushmalarini tashkil qilishda;
yuqori tashkilotlar ixtiyoriga korxona daromadining bir qismini berishda;
moliya tizimiga yalpi daromaddan to’lov, soliqlar to’lash, ijtimoiy sug’urta munosabatlarida;
davlat va xususiy banklar bilan o’zaro aloqalarda.
Yuqorida ta’kidlangan moliyaviy munosabatlarning to’g’ri tashkil etilishi takror ishlab chiqarish samaradorligining yuqori darajada o’sishiga zamin bo’ladi.
Qishloq xo’jalik korxonalari moliyasida ham xalq xo’jaligi moliyasidagi singari quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
Rej alilik (jamg’armalarni rejalashtirish);
Mablag’larning ma’lum maqsadlarga qaratilganligi (tuzilgan fondlardan foydalanish);
Qaytarib bermaslik (byudjetga to’lovlar);
Iqtisodiy tejam (samaradorlikni oshirish);
Nazorat qilish (yuqori tashkilotlar, banklar va hakozo xo’jaliklar mablag’lardan qanday foydalanayotganligini nazorat qilish);
Qishloq xo’jalik korxonalar moliyasining iqtisodiy kategoriya sifatidagi asosiy belgilari quyidagilardir:
Qishloq xo’jalik korxonalar moliyasi qishloq xo’jalik tarmog’ida ijtimoiy mahsulotni taqsimlashning zarurligi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (taqsimpash) munosabatlaridir;
Qishloq xo’jalik korxonalar moliyasi - qiymatning pul shaklidagi harakati bilan ifodalangan pul munosabatlaridir;
Qishloq xo’jalik korxonalar moliyasi ishtirokida qishloq xo’jalik korxonalar pul jamg’armalari hosil bo’ladi va foydalaniladi.
Moliya yordamida davlat, korxona va hokazolar pul daromadlari va jamg’armalari reja asosida tashkil etiladi, taqsimlaniladi va foydalaniladi.
Moliyaning mohiyati uning vazifalarida o’z ifodasini topadi:
taqsimlash;
nazorat qilish.
Moliyaviy nazorat moliya biznes rejalarini tuzishda, ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblashda bank bilan byudjet va boshqa yuqori tashkilotlar bilan bo’ladigan hisob-kitoblarni nazorat qilishda o’z aksini topadi. Shuningdek moliya yordamida qishloq xo’jaligi korxonalarining moliyaviy- iqtisodiy ahvoli muntazam iqtisodiy tahlil kilib boriladi va kerakli xulosalar chiqariladi. Moliyaning nazorat qilish vazifasida ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi, rejalashtirilgan ko’rsatkichlarning bajarilishi pul mablag’lari, moddiy resurslardan foydalanish, mahsulotning soni va sifati va hakozolar nazorat qilinadi. Moliya nazorat ishlari
moliya organlari xodimlari va korxona buxgalter iktisodchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari moliyaviy ishlarni tashkil etilishiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi:
Qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ishlab chiqarish jarayonidagi farqlar, ya’ni ishlab chiqarish jarayoni bilan ish davri o’rtasidagi o’zgarish, ishlarning mavsumiyligi. Bu o’z navbatida mablag’larning aylanishiga, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmining oshishiga ta’sir etadi.
Qishloq xo’jaligida ayrim mahsulotlar natural ko’rinishga ishlab chiqarish jarayonida aylanadi. Masalan, o’simlikchilikda yetishtirilgan mahsulotlar chorvachilik tarmog’ida yem-xashak sifatida foydalaniladi yoki aylanma mablag’lar tarkibidagi yosh chorva mollari asosiy podaga o’tkaziladi. Bunday tartibda xo’jalik ichida natural ko’rinishda mahsulotlarniig ichki aylanishi qo’shimcha ravishda mablag’ jalb qilinmasdan ishlab chiqarishning qaytadan tashkil etishga olib keladi.
Qishloq xo’jalik ishlarining mavsumiyligi yil davomida o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini bir maromda ishlab chiqarish va sotish imkoniyatini bermaydi. Bu o’z navbatida pul tushumiii yil davomida bir tekis tushmasligiga olib keladi. Bunday mavsumiy notekislikni qoplash uchun qishloq xo’jalik korxonalari chetdan jalb qilingan kredit resurslaridan foydalanishga ehtiyoj sezadi.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish jarayoni tabiiy iqlim sharoitiga bog’liq, ya’ni turli xil tabiiy ofatlar sodir bo’lishi tufayli qishloq xo’jalik mahsulotlaridan bir maromda yoki ko’zlangan maqsaddagidek hosil, daromad olinmaslik ehtimoli mavjud. Shuning uchun bunday tabiiy hodisalar keltirgan zararni qoplash maqsadida qishloq xo’jaligi korxonalarida pul va natural ko’rinishda sug’urta fondlari tashkil qilinishi kerak.
|
| |