|
S yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qiladi va o’z tavakkalchiligi asosida ular orqali kreditlashni amalga oshiradi;
S
|
bet | 4/6 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 45,47 Kb. | | #120355 |
Bog'liq Lecture - 7S yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qiladi va o’z tavakkalchiligi asosida ular orqali kreditlashni amalga oshiradi;
S to’lovlar qabul qiladi.
Omonat - bu, foiz qiymati bilan yoki qo’shimchalar bilan bankka birinchi talabdayoq yoki tomonlar o’rtasida kelishilgan muddat tugashi bilan to’lovni oshirgan shaxs yoki uning qonuniy vakiliga qaytariladigan pul qiymati.
Bank subyekti - O’zbekiston Respublikasidagi barcha banklar hisoblanadi. Banklarning huquqiy asosi bo’lib, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»
qonun va «Markaziy Bank to’g’risida»gi qonun hisoblanadi.
Banklar o’z faoliyatlari davomida quyidagi bank operasiyalarini amalga oshiradi:
Jismoniy va yuridik shaxslarga hisob-kitob operasiyalari uchun hisob raqami ochish;
Omonot jamg’armalari qo’yuvchilarni jalb qilish;
O’zining va omonatga jalb qilingan mablag’lar hisobiga qaytarib olish, muddatlilik, qoplanganlik shartlari bilan kreditlar berish
Banklar bundan tashqari quyidagi operasiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin:
pul vositalarini o’z egalari bilan tuzilgan shartnoma asosida boshqarish;
naqd pulli va naqd pulsiz tartibda jismoniy va yuridik shaxslardan xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish;
pul mablag’lari, veksellar, to’lov va hisob hujjatlarini inkassasiyalash;
uchinchi shaxs sifatida kafolat berish;
uchinchi shaxs sifatida majburiyatlarni talab qilishni amalga oshirish;
qimmatli qog’ozlarni chiqarish, sotish va sotib olish, hisobini olish va
saqlash, mijozlar bilan kelishilgan xolda qimmatli qog’ozlar ustidan nazorat o’rnatish va boshqarish;
bank maslahat va axborot xizmatini ko’rsatish;
moliyaviy lizing;
lizensiyalangan boshqa bank xizmatlari.
Banklar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan xorijiy banklar Markaziy Bank tomonidan lisenziyalanadi. Lisenziyada bank faoliyati va bajarishi mumkin bo’lgan operasiyalar ko’rsatiladi.
Lizenziya olmagan banklar faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ular olgan daromadlar davlat hazinasiga o’tkaziladi.
Ushbu qonunchilikka asosan lisenziya olgan bank faoliyati huquqiga ega tashkilotlar bank terminini ishlatilishi mumkin. Bu qoidani buzish qonunchilikka
asosan javobgarlikka tortiladi.
Banklar har qanday mulkchilik shaklida hissdorlik jamiyati shaklida tuziladi. Bank ta’sischilari bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslar bundan tashqari konuniy hisoblangan xorijliklar, ommaviy jamg’armalar va birlashmalar hisoblanishi mumkin.
Har bir ta’sischining ulushi ustav kapitalining 35% idan oshib ketmasligi lozim. Bu ko’rsatkich davlatning hissasi uchun chegaralanmagan.
Banklar ustavga asossan faoliyat yuritishadi. Bank ustaviga quyidagilar kiradi:
bankning (to’liq va qisqa) nomi va uning jolashgan joyi (pochta manzili);
bank operasiyalari turlari;
ustav kapitali qiymati, unda hissaga ega bo’lgan ta’sischilar nomlari;
bank boshqaruvi haqida ma’lumot, ularning ma’lumotliligi bo’yicha, burchlari va vazifalari;
joriy buxgalteriya hisobi asosida bankni audit kilish tartibi, hisob va hisobot tartibi. Banklarning minimal ustav kapitali Markaziy Bank tomonidan belgilanadi. Banklar
Markaziy Bankdan ro’yxatdan o’tishlari bilan yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. Lisenziyalash Markaziy Bank tomonidan amalga oshiriladi. Lisenziya berilishi bilan birgalikda bank faoliyati olib borish huquqi ham beriladi. Banklarni
ro’yxatdan o’tkazish va lisenziya berish pullik shaklda amalga oshiriladi.
Banklar filiallari Markaziy Bankdan ro’yxatdan o’tishadi va ta’sischi bankdan lisenziya olishadi.
Markaziy Bank quyidagi hollarda ro’yxatdan o’tkazishga rad javobini berishi mumkin:
ro’yxatdan o’tkazish uchun kerakli hujjatlar taqdim etilmaganda;
tashkilotlar hujjatlari qonuniy bo’lmaganda;
bir yoki bir necha ta’sischilarining moliyaviy ahvoli qoniqarsiz bo’lganda;
bankning ustav kapitali minimal miqdordan kam bo’lganda;
bank rahbari va bosh buxgalteri lavozimiga da’vogarning kasbiy mahorati yetishmagan holda.
Banklarning boshqaruv organi hissadorlarning umumiy yig’ilishi, bank kengashi va boshqaruv apparatidan iborat.
Bank kengashi vazifalariga quyidagilar kiradi:
bank faoliyati ustidan, shu jumladan omonatchilar va hisadorlarni manfaatini himoya qilish maqsadida kreditlash va investisiyalashtirish jarayonini nazorat qilish;
bank rahbarlarini belgilash va ishdan bo’ shatish;
bank siyosatini shakllantirish;
qonuniylikni ta’minlash.
Bank kengashi a’zolari soni 5 kishidan kam bo’lmasligi kerak. Bank kengashi a’zolari, hissadorlardan tashkari bank sohasi olimlari va mutaxassilari bo’lishi lozim.
Bankning joriy boqaruv organi bank boshqaruv apparati hisoblanib, banktezkor boshqaruvni amalga oshiradi va bank faoliyati uchun javobgar bo’ladi. Boshqaruv apparati bank kengash va hissadorlarning umumiy yig’ilishida saylanadi.
Banklar o’z hujjatlarini Markaziy Bank belgilagan tartibda arxivlashtiradilar.
Bank va mijozlar o’rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Banklar operasiyalar, omonatlar, mijozlarining hisob raqamlarini sir saqlashga kafolat beradilar. Bankning hamma xizmatchilari operasiyalar,
omonatlar, mijozlarining hisob raqamlarini sir saqlashlari lozim.
Operasiyalar yuzasidan ma’lumotlar hisob raqam egasiga, prokuraturaga, sudlarga va jinoiy qo’zg’atilgan hollarda tergov organlariga beriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
S yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qiladi va o’z tavakkalchiligi asosida ular orqali kreditlashni amalga oshiradi;
S
|