|
Soliq va uni takomillashtirish yo’llari
|
bet | 5/6 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 45,47 Kb. | | #120355 |
Bog'liq Lecture - 7 3 Soliq va uni takomillashtirish yo’llari.
Davlat soliq qo’mitasi soliq qonunchiligiga rioya etilishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo’yicha respublika davlat boshqaruvi organi
hisoblanadi.
DSQning tashkiliy tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi «Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizasiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ- 1257-son qarori bilan
tasdiqlangan.
Davlat soliq qo’mitasi tizimiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari, shuningdek tasarrufidagi tashkilotlar va ta’lim muassasalari kiradi.
Davlat soliq qo’mitasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga, O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
Davlat soliq qo’mitasi to’g’risidagi Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2010 yil 21 maydagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 98-son qarori bilan tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar:
davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq qonunchiligiga, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblanishiga, ularning to’liq va o’z vaqtida to’lanishiga rioya qilinishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlatning maqsadli jamg’armalariga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’liq miqdorda tushishini ta’minlash;
soliqlar yig’ilishini ko’paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ma’lumotlarning yagona kompyuter bazasini yuritish asosida soliq to’lovchilarni hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga ko’rsatilayotgan axborot- maslahat xizmatlari sohasini kengaytirish, soliq sohasida huquq buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha kompleks tadbirlarni ro’yobga chiqarish;
pul mablag’larining noqonuniy muomalada bo’lishi manbalarini bartaraf etish, aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd tushumning o’z vaqtida va to’liq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
xo’jalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini rag’batlantirish bo’yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish yuzasidan takliflar kiritish;
dehqon bozorlari va savdo komplekslarining moliya-xo’jalik faoliyatini, ular tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishini qattiq nazorat qilish hamda jinoiy ishlarni huquqni muhofaza qilish organlariga topshirgan holda ularning hududlarida aniqlangan huquq buzilishlari bo’yicha surishtiruvlar o’tkazish;
respublika nazorat qiluvchi organlarining xo’jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatini tekshirish masalalari bo’yicha ishlarini muvofiqlashtirilishini ta’minlash, ushbu ishni amalga oshirishda bir- birini takrorlashga va suiiste’molchiliklarga yo’l qo’ymaslik;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta va eksport-import operasiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni o’z vakolatlari doirasida amalga oshirish;
soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan munosabatda bo’lish holatlariga qat’iy ravishda barham berish bo’yicha tizimli ish olib borish, doimiy asosda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasi oshirib borilishini ta’minlash.
O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan soliq sohasidagi hamkorligi
O’zbekiston xalqaro huquqning teng huquqli subyekti sifatida dunyoning boshqa mamlakatlari bilan soliqqa tortish sohasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash bo’yicha siyosatni sobitqadamlik bilan yuritmoqda.
1993 yildan boshlab Davlat soliq qo’mitasi soliqqa tortish sohasida yaqin va uzoq xorijdagi mamlakatlar bilan xalqaro shartnomalar tizimini shakllantirish bo’yicha ishlar olib bormoqda.
Bugungi kunda dunyoning xar hil mamlakatlari bilan 76 ta ikki tomonlama shartnomalar imzolangan. Jumladan:
Ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik, daromad va kapital solig’ini to’lashdan bosh tortishning oldini olish to’g’risidagi shartnomalar.
Jahon mamlakatlari o’rtasida soliq sohasiga oid ko’plab shartnomalarning tuzilishi bir qator umume’tirof etilgan xalqaro standartlarning ishlab chiqilishiga olib keldi. Ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik maqsadida hamma mamlakatlar ularga rioya qilishga harakat qilishadi. O’zbekiston tomonidan tuzilgan va tuzilayotgan shartnomalar IHTT tomonidan ishlab chiqilgan shartnoma modeliga asoslangan.
Bugungi kunda O’zbekiston ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik, daromad va kapital solig’ini to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olish haqida 54 ta shartnoma imzolagan (ushbu shartnomalarning 48 tasi kuchga kirgan va amalda qo’llanilmoqda). Bunday shartnomalar yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va mol- mulk solig’iga tegishlidir. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 4-moddasiga muvofiq, yuqoridagi shartnomalar xalqaro xarakterdagi hujjatlar sifatida milliy qonunchilik me’yorlaridan ustun hisoblanadi.
Shunday qilib, shakllantirilayotgan ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik, daromad va kapital solig’ini to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olish haqidagi shartnomalar tizimi O’zbekiston Respublikasining boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligini samarali yo’lga qo’yishga va eng avvalo, o’zaro sarmoyalarni jalb qilish hamda tashqi savdo tovar almashinuvining o’sishiga ko’maklashadi.
So’nggi vaqtlarda ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik va ularga tuzatmalar kiritish haqidagi protokollar: - Singapur, Ummon Sultonligi, Xitoy Xalq Respublikasi, Chexiya Respublikasi va hindiston Respublikasi bilan imzolandi; Bitimlar: - Iordaniya hoshimiylar Podshohligi, Irlandiya hukumati, Estoniya Respublikasi, Sloveniya Respublikasi va Ispaniya qirolligi bilan imzolandi.
Soliq qonunchiligiga amal qilish, shuningdek, soliq qonunchiligini buzishga qarshi kurash bo’yicha o’zaro yordam va hamkorlik masalalari va soliqqa tortish sohasida axborot almashish to’g’risidagi shartnomalar.
Bugungi kunga kelib 17 ta shunday shartnoma imzolangan. Shu bilan birga bir hator MDH davlatlari, shuningdek, Latviya, Ummon va Koreya Respublikasi
bilan hamkorlik va tajriba almashish bo’yicha idoralararo kelishuvlar tuzilgan. Davlat soliq qo’mitasi ushbu kelishuvlarni amalga oshirish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Boshqa mamlakatlarning soliq xizmatlari bilan o’zaro yordam va hamkorlik haqida tuzilgan shartnomalar quyidagi afzalliklarni beradi:
paritet asosida shartnoma tuzayotgan mamlakatlarning soliq nazoratida soliq qonunchiligi buzilishlarini aniqlash va oldini olish sohasidagi mavjud imkoniyatlaridan foydalanish;
xorijiy mamlakatlarning soliq ma’murchiligi sohasidagi ijobiy tajribasini o’rganish va undan foydalanish;
O’zbekiston Respublikasi soliq xizmati xodimlarining kasbiy mahorati o’sishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish.
Bilvosita soliqlarni undirish tamoyillari to’g’risidagi shartnomalar.
Hozirgi paytga kelib, MDHning bir qator mamlakatlari bilan shu xildagi 5 ta shartnoma imzolangan. Ular eksport-import operasiyalarini qo’shimcha qiymat solig’i va aksiz solig’iga tortish, o’zaro tovarlar va xizmatlar yetkazib berish tartiblarini belgilaydi hamda savdo iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, haqqoniy raqobat va xo’jalik subyektlari uchun teng imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi. Qayd etish kerakki, yuqorida keltirilgan xalqaro shartnomalarning bajarilishi
O’zbekiston Respublikasini jahon hamjamiyatiga muvaffaqiyatli iqtisodiy integrasiyalashuviga, mamlakat xo’jalik subyektlarining manfaatlarini himoya qilishga ko’maklashadi.
2010 yil 22 noyabrda Amman shahrida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Hukumati o’rtasida ikki tomonlama soliq solishga yo’l qo’ymaslik hamda daromad solig’ini to’lashdan bosh tortishning oldini olish to’g’risidagi Bitim imzolandi va O’zbekiston Respubliki Prezidentining 2011 yil 11 apreldagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to’g’risida»gi PQ-1518-sonli qarori bilan tasdiqlandi hamda 2011 yil 13 iyulda kuchga kirdi.
2011 yil 18 aprelda Pekin shahrida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o’rtasida ikki tomonlama soliq solishga yo’l qo’ymaslik hamda daromad solig’ini to’lashdan bosh tortishning oldini olish to’g’risidagi 1996 yil 3 iyulda imzolangan Bitimga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi Protokol imzolandi va O’zbekiston Respubliki Prezidentining 2011 yil 18 iyuldagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to’g’risida»gi PQ-1580-sonli qarori bilan tasdiqlandi hamda 2011 yil 30 dekabrda kuchga kirdi.
2011 yil 14 iyunda Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Singapur Respublikasi Hukumati o’rtasida ikki tomonlama soliq solishga yo’l qo’ymaslik hamda daromad solig’ini to’lashdan bosh tortishning oldini olish to’g’risidagi 2008 yil 24 iyulda imzolangan Bitimga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi Protokol imzolandi va O’zbekiston Respubliki Prezidentining 2011 yil 3 avgustdagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to’g’risida»gi PQ-1593-sonli qarori bilan tasdiqlandi hamda 2011 yil 1 noyabrda kuchga kirdi.
2011 yil 14 yanvarda Jahon banki missiyasining O’zbekistonga tashrifi doirasida Davlat soliq qo’mitasi Raisi bilan O’zbekistondagi investision muhit va biznes boshqaruvi mavzularida uchrashuv o’tkazildi.
Jahon banki xodimlari tomonidan kelgusida ham O’zbekistonda soliq ma’murchiligini rivojlantirish borasida hamkorlik davom ettirilishi bildirildi.
2011 yil 18, 25 yanvar va 2 fevralda «O’zbekistonda soliq ma’murchiligini takomillashtirish» loyihasi bo’yicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) xodimlari bilan Davlat soliq qo’mitasi xodimlari o’rtasida loyiha yakunlariga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazildi.
Mazkur loyiha to’rtta asosiy yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladi, ya’ni
kadrlar tayyorlash, soliq tekshiruvi, soliqqa tortish va soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatish.
Uchrashuv o’tkazishdan maqsad qayd etilgan loyiha bo’yicha hamkorlikni yakuniy baholash. 18 yanvarda bo’lib o’tgan uchrashuvda Davlat soliq qo’mitasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan kelgusidagi hamkorlik hamda 2011 yil 25 yanvar - 4 fevral kunlari O’zbekistonga loyiha yakunlari bo’yicha agentlik ekspertlari tashrifi yuzasidan muzokaralar o’tkazildi.
Shuningdek, Davlat soliq qo’mitasi xodimlari tomonidan 2011-2012 yillarda qo’mitada Ma’lumotlar bazasini qayta ishlash markazi tashkil etilishi to’g’risida agentlik xodimlari tanishtirildi.
25 yanvarda esa «O’zbekistonda soliq ma’murchiligini takomillashtirish» loyihasi yakuni doirasida amalga oshiriladigan ishlar, natijalar va qilinishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha reja- topshiriqlar ishlab chiqildi va fevralda bo’lib o’tadigan muzokaralarda muhokama qilinishi bildirildi.
1 fevralda «O’zbekistonda soliq ma’murchiligini takomillashtirish» loyihasi yakuni doirasida amalga oshirilgan ishlar, natijalar va kelgusida soliq ma’murchiligini takomillashtirish yuzasidan qilinishi lozim bo’lgan ishlar to’g’risida muhokama qilindi.
2011 yil 24 yanvarda Koreya Respublikasining «KOGAZ» kompaniyasi rahbarlari bilan Davlat soliq qo’mitasi Raisi o’rtasida O’zbekistondagi investision muhit mavzusida uchrashuv o’tkazildi.
Mazkur uchrashuv O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investisiyalarni, jumladan, Koreya Respublikasi korxonalari, aynan «KOGAZ» kompaniyasining neft va gaz sohalariga investisiyalar kiritishiga xizmat qiladi.
2011 yil 28-30 mart kunlari Davlat soliq qo’mitasida 2000 yil 2 martda imzolangan O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Chexiya Respublikasi Hukumati o’rtasida ikkiyoqlama soliqqa tortishni oldini olish to’g’risidagi Bitimga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish bo’yicha Bayonnoma loyihasi yuzasidan ekspertlar darajasidagi muzokaralar o’tkazilib, natijada Bayonnoma loyihasi parafinlashtirildi va Ahdlashuv memorandumi imzolandi.
2011 yil 10-13 may kunlari Davlat soliq qo’mitasida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Estoniya Respublikasi Hukumati o’rtasida ikkiyoqlama soliqqa tortishni oldini olish to’g’risidagi Konvensiya loyihasi yuzasidan ekspertlar darajasidagi muzokaralar o’tkazilib, natijada Konvensiya loyihasi parafinlashtirildi va Ahdlashuv memorandumi imzolandi.
2011 yil 24-27 may kunlari Davlat soliq qo’mitasida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Irlandiya Hukumati o’rtasida ikkiyoqlama soliqqa tortishni oldini olish to’g’risidagi Konvensiya loyihasi yuzasidan ekspertlar darajasidagi muzokaralar o’tkazilib, natijada Konvensiya loyihasi parafinlashtirildi va Ahdlashuv memorandumi imzolandi.
2011 yil 14 iyun kuni Davlat soliq qo’mitasida B.Parpiyev va Singapurning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Zulkifli bin Bahoruddin o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Singapur Respublikasi Hukumati o’rtasidagi ikkiyoqlama soliqqa tortishni oldini olish bo’yicha Bitimga o’zgartirish kiritish haqida Bayonnoma imzolandi.
2011 yil 16 avgust kuni Davlat soliq qo’mitasida Xalqaro moliya korporasiyasi xodimlari ishtirokida O’zbekistonda soliq ma’murchiligini takomillashtirish hamda yaxshilash borasida yangi loyihani tadbiq etish masalasi yuzasidan uchrashuv tashkillashtirildi.
2011 yil 14 oktyabr kuni Jahon banki missiyasining O’zbekistonga tashrifi doirasida Davlat soliq qo’mitasining mas’ul xodimlari bilan Informasion va aloqa texnologilarini amalga tadbiq qilishni tezlashtirish hamda xususiy sektorni
rivojlantirishga amaliy ko’mak mavzusida uchrashuv o’tkazildi.
2011 yil 11 noyabr kuni Davlat soliq qo’mitasida Xalqaro valyuta fondi xodimlari ishtirokida O’zbekistonda soliq ma’murchiligi, 2010-2011 yillarda soliq qonunchiligiga kiritilgan o’zgartirishlar va ularning sabablari, shuningdek kiritilgan o’zgartirishlarni baholash mavzusida uchrashuv tashkillashtirildi.
2011 yil 18 noyabr kuni Davlat soliq qo’mitasida Xalqaro moliya korporasiyasi xodimlari ishtirokida O’zbekistonda soliq ma’murchiligini takomillashtirish borasida yangi loyihani tadbiq etish masalasi yuzasidan uchrashuv tashkillashtirildi.
2011 yil 25 noyabr kuni Singapurning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Zulkifli bin Bahoruddinning diplomatik missiyasi yakunlanishi sababli Davlat soliq qo’mitasida B.Parpiyev va janob Elchi o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
2012 yil 4 aprelda Seul shahrida (Koreya) O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Koreya Milliy soliq xizmati o’rtasida soliq masalalari bo’yicha axborot almashishi to’g’risidagi Bitim imzolandi.
2012 yil 11 aprelda Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Hindiston Respublikasi Hukumati o’rtasida ikki tomonlama soliq solishga yo’l qo’ymaslik hamda daromad va sarmoyadan soliq to’lashdan bosh tortishning oldini olish to’g’risidagi 1993 yil 29 iyulda imzolangan Bitimga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi Protokol imzolandi va O’zbekiston Respubliki Prezidentining 2012 yil 3 iyuldagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to’g’risida»gi PQ-1782-sonli qarori bilan tasdiqlandi hamda 2012 yil 20 iyulda kuchga kirdi.
2012 yil 11 iyulda Dublin shahrida O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Irlandiya Hukumati o’rtasida ikki yoqlama soliq solinishiga yo’l qo’ymaslik hamda daromad va mol-mulk solig’ini to’lashdan bosh tortishning oldini olish to’g’risida Konvensiya imzolandi.
2012 yil 28 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining navbatdagi assambleyasida O’zbekiston Respublikasi va Estoniya Respublikasi o’rtasida ikkiyoqlama soliqqa tortishni oldini olish bo’yicha Hukumatlararo bitim imzolandi.
|
| |