• Buyumlar Interneti
  • Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik



    bet162/265
    Sana14.05.2024
    Hajmi
    #233465
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   265
    Bog'liq
    11-sinf yangi 2022 (2)

    UYGA VAZIFA


    I V BOB. 
    IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
    220
    37-dars. IOT (INTERNET OF THINGS) 
    TEXNOLOGIYALARI
    Tarmoq texnologiyalari yordamida noutbuk, shaxsiy kompyuter, server, simli yoki simsiz 
    ulangan planshet, smartfon kabi mobil qurilmalarni bir-biriga ulash, Internet yoki LAN 
    yordamida ular o‘rtasida aloqani amalga oshirish mumkin. Deylik, chiroq, ventilyator
    sovutkich, kir yuvish mashinasi kabi jihozlar ham ushbu tarmoqning bir qismiga aylandi. 
    Endi aqlli ulanish xususiyatlariga ega ushbu qurilmalarning barchasi o‘zaro aloqada va ularni 
    kompyuter yoki smartfon yordamida boshqarish mumkin bo‘lsa, ular o‘z vazifalarini qanday 
    bajara olishini tasavvur qiling. 
    Hozirda odatdagi uy sharoitida ham ko‘plab qurilmalarda zamonaviy apparat vositalari 
    (mikrokontroller) hamda dasturiy ta’minot mavjud. Buyumlar Interneti (IoTO) ushbu 
    qurilmalarning birgalikda ishlashini ta’minlaydi hamda intellektual buyumlar tarmog‘ini 
    yaratishda ularga yordam beradi. Masalan, mikroto‘lqinli pech, sovutkich, eshik qulfi
    videokuzatuv kamerasi kabi qurilmalar Internetga ulangan bo‘lsa, ularni smartfon yordamida 
    masofadan turib boshqarish mumkin.
    Buyumlar Interneti qurilmalari
    – ma’lumotlarni Internet orqali to‘plovchi va almashuvchi 
    sensor, gajet, maishiy texnika kabi qurilmalar. Ular ma’lum dasturlar asosida dasturlashtirilishi, 
    boshqa IoT qurilmalariga joylashtirilishi mumkin. Masalan, avtomobildagi IoT qurilmasi 
    oldinda joylashgan tirbandlikni aniqlay oladi va mijozga kutilayotgan kechikish haqida 
    avtomatik ravishda xabar yuborishi mumkin. 
    Buyumlar Interneti
    (ing. 
    Internet of things 
    – IoT) – tarmoqdagi boshqa qurilmalar bilan 
    aloqa o‘rnatish yoki ma’lumot almashishga mo‘ljallangan apparat va dasturiy ta’minotga 
    ega qurilmalar tarmog‘i.
    Smart 
    (ing. SMART – self-monitoring, analysis and reporting technology – o‘z-o‘zini 
    nazorat, tahlil qilish va hisobot texnologiyalari) abbreviaturasi 
    aqlli 
    degan ma’noni 
    anglatadi.



    Download
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   265




    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik