I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA



bet261/265
Sana14.05.2024
Hajmi
#233465
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   265
Bog'liq
11-sinf yangi 2022 (2)

I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
334
Blokcheynning har bir bloki o‘zida 3 
xil ma’lumotni saqlaydi: 
1) blokning xesh kodi
2) undan oldingi blokning xesh kodi; 
3) tranzaksiyalar. 
Quyidagi misolda 3 blokli zanjir borligini ko‘rishimiz mumkin. 1-blokdan oldin hech qanday 
blok yo‘q. Shuning uchun u oldingi blokni o‘z ichiga olmaydi. 2-blokda esa 1-blok xeshi bor va 
u 2AF5 ga teng. 3-blokda esa 2-blokning xeshi bor va u 6D3N ga teng.
Shunday qilib, barcha bloklar oldingi bloklarning xeshlarini o‘z ichiga oladi. Bu blokcheyn 
xavfsizligini ta‘minlovchi texnika hisoblanadi. Kelinglar, u qanday ishlashini ko‘rib chiqaylik.
Masalan, tajovuzkor 2-blok 
ma’lumotlarini o‘zgartirganligi uchun 
2-blok xeshi ham o‘zgaradi. 3-blokda 
hali ham 2-blokning eski xeshi 
saqlanib qolaveradi. 2-blokning to‘g‘ri 
xeshiga ega bo‘lmagan 3-blok va 
undan keyingi barcha bloklar bekor 
qilinadi.
Shuning uchun ham bitta blokning o‘zgarishi keyingi barcha bloklarning tez bekor qilinishiga 
sabab bo‘ladi. 
Rivojlanishning dastlabki bosqichida blokcheyn texnologiyasi faqat kriptovalyuta uchun 
platforma sifatida ishlatilgan. Keyin moliyaviy institutlar bu texnologiyadan foydalana 
boshladi. Hozirgi vaqtda blokcheyn turli tizimlarda qo‘llanilmoqda. Masalan, Stampery 
elektron notariusi blokcheyn yordamida turli bitim (kelishuv)lar tasdiqlab berilmoqda. 
Bundan tashqari, blockchain mualliflik huquqi va shaxsiy ma’lumotlarni tartibga soluvchi 
qonunlar doirasida ham qo‘llaniladi. Ascribe xizmati blockcheyn yordamida rassom va ijodkor 
shaxslarga o‘z muallifligini tasdiqlashda qo‘l kelmoqda. Civic (CVC) va UniquID Wallet ilovalari 
biometrik himoyadan foydalanadigan odamlarga soxtalashtirish mumkin bo‘lmagan raqamli 
identifikatorlarni yaratish imkonini beradi (faqat vaqt o‘tishi bilan shaxsiy guvohnomalarni 
almashtirish mumkin). 



Download
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   265




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA