|
-DARS
MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI |
bet | 8/265 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | | | #233465 |
Bog'liq 11-sinf yangi 2022 (2)2-DARS
MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI
11
MA’LUMOTLARNING ASOSIY XOSSALARI
Aniqlik
Ma’lumotlar bazangizdagi ma’lumotlar aniq bo‘lishi muhim ahamiyatga
ega, chunki ma’lumot xatosiz hamda aniq bo‘lishi lozim. Deylik, ob-havo
ma’lumotlari bazasini yaratdingiz, Agar siz unda bugungi kun uchun
ertangi ob-havo prognozini yozib qo‘ysangiz, odamlar yomg‘irda qolishiga
sababchi bo‘lishingiz mumkin. Havo harorati 27,2 °C (yaxshi iliq kun)
ni yozishda vergulni xato qo‘ysangiz, 2,72 °C (juda sovuq kun)ni taqdim
etasiz.
To‘g‘rilik
Noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida tuzilgan ma’lumotlar bazasi noto‘g‘ri
xulosalarga olib keladi.
Dolzarblik
Ma’lumotlar yuqori sifatli bo‘lishi uchun ular dolzarb bo‘lishi kerak. Agar
sizdagi ma’lumotlar dolzarb bo‘lmasa, ulardan hech kim foydalanmaydi,
ya‘ni bajargan ishingiz qiymati yo‘qoladi. Masalan, ob-havo ma’lumoti
dolzarb bo‘lishi uchun undagi ma’lumotlar yangilanib turishi lozim.
To‘liqlik
Ma’lumotlarning to‘liq bo‘lmasligi uni noto‘g‘ri ma’lumotga aylanishiga
olib keladi. Ma’lumotdagi bo‘shliqlar ma’lumotlardan foydalanishni
qiyinlashtirishi va chalg‘itishi mumkin. Masalan, ob-havo ma’lumotlari
bazasida bo‘shliqlar paydo bo‘lib, bir necha kunlik prognozlar berilmasa,
odamlar undan foydalanishni to‘xtatib, boshqa muqobil ob-havo
ma’lumotlari markazini kuzatishi mumkin.
Muvofiqlik
Sifatli ma’lumot foydalanuvchi uchun juda ham muhim. Agar siz
O‘zbekiston ob-havo ma’lumotlari e’lon qilinishi kerak joyda dunyo ob-havo
ma’lumotlarini e’lon qilsangiz, muvofiqlik buzilishiga sababchi bo‘lasiz.
Izchillik
Ma’lumotlar bazasi izchil bo‘lishi uchun undagi ma’lumotlar bir-birini inkor
etmasligi, ya’ni bir turdagi ma’lumotlardan foydalanish lozim. Masalan,
xodimlar maoshini anglatuvchi bazada ham dollar, ham so‘m pul birligidan
foydalanish xodimlarning o‘rtacha daromadlarini aniqlashda xatolikka olib
keladi.
Ma’lumotlar bazasining taraqqiyoti natijasida u bilan bog‘liq yangi kasblar paydo bo‘lmoqda.
Bu kasblarning jamiyat uchun foydaliligi va serdaromadligi e’tiborga loyiq.
|
| |