MySQL MS Access Oracle Afzalliklari
Kamchiliklari
Umumiy jihatlari
2-dars. MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI Ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarni saqlash va undan foydalanish jarayonini osonlashtiradi.
Deylik, sizning maktabingiz kundalik.com saytiga ulangan. Sayt ma’lumotlar bazasida
siz haqingizda barcha ma’lumotlar, jumladan, shaxsiy ma’lumotlaringiz, o‘rganayotgan
fanlaringiz, o‘qituvchilaringiz hamda erishgan natijalaringiz saqlanmoqda. Bazadagi
ma’lumotlar veb-sayt orqali sizga, o‘qituvchingizga, ota-onangizga taqdim etiladi. Shuningdek,
o‘qituvchilar sayt ma’lumotlar bazasiga o‘quvchilar baholarini kiritadi, ota-onalar, o‘quvchilar
esa kiritilgan ma’lumotlarni, ya’ni baholarni doimiy ravishda kuzatib borish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Ma’lumotlar bazasi hamda Intenet orqali ota-onangiz sizning fanlarni o‘zlashtirish
darajangizni masofadan kuzatib boradi. Bu ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasi
relyatsion ma’lumotlar bazasi turiga kiradi va ma’lumotlarni jadvallarda saqlaydi.
Ma’lumotlar bazasining rivojlanishi natijasida uning bir qancha turlari paydo bo‘ldi.
Server-kompyuter – ma’lumotlar bazasini saqlash va ulardan foydalanishga yordam
beruvchi tarmoq kompyuteri.
Bulut – Internetda joylashgan maxsus serverlar hamda ularda ishlaydigan dasturiy
ta’minot. Bulutli serverlarda foydalanuvchilar tomonidan yuklangan ma’lumotlar
saqlanadi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
I BOB. MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI 8 MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI
Ierarxik (shajara) ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar
yozuv ko‘rinishida bo‘lib, bir-biriga daraxtsimon holatda
bog‘lanadi. Bog‘lanish jarayoni yuqoridan pastga tomon
joylashib, parallel bog‘lanishning imkoniyati mavjud
emas. Bunday usul oilaviy shajarani aks ettirishda keng
qo‘llaniladi.