• Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)
  • Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik



    bet3/265
    Sana14.05.2024
    Hajmi
    #233465
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   265
    Bog'liq
    11-sinf yangi 2022 (2)

    TAYANCH TUSHUNCHALAR


    I BOB. 
    MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
    5
    ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar takrorlanishining oldini oladi;
    foydalanuvchilar uchun ma’lumotlar bazasida o‘zaro ma’lumot almashish oson kechadi;
    ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar aniq va izchil joylashgan;
    ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi, chunki ma’lumotlar bazasiga 
    faqat vakolatli foydalanuvchilargina kirish huquqiga ega, ularning identifikatorlari 
    foydalanuvchi nomi va paroli yordamida tasdiqlanadi;
    ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarning maxfiyligi ta’minlanadi. 
    Shu sababli ham davlat va nodavlat tashkilotlari, biznes egalari kerakli ma’lumotlarni, asosan, 
    ma’lumotlar bazasi ko‘rinishida saqlaydi.
    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) 
    – ma’lumotlar bazalarini yaratish va 
    boshqarish uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot. MBBT quyidagilarni amalga oshirishi 
    mumkin:
    • 
    ma’lumotlar bazasini yaratish;
    • 
    ma’lumotlar bazasida jadvallar yaratish;
    • 
    ma’lumotlar bazasiga yangi ma’lumotlarni qo‘shish;
    • 
    ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o‘chirish;
    • 
    ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni olish;
    • 
    ma’lumotlarni so‘rovlar orqali qayta ishlash;
    • 
    ma’lumotlarni ilovalarga taqdim etish;
    • 
    ma’lumotlar bazasiga foydalanuvchilarni kiritish, boshqarish va nazorat qilish;
    • 
    ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va boshqalar.
    Demak, MBBT dasturlari ma’lum bir mavzu bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratadi. 
    Bazada mantiqiy bog‘langan bir qancha tartibli jadvallarni hosil qiladi. Jadvallarga kerakli 
    ma’lumotlarni kiritadi va foydalanuvchilarga ma’lumotlar bazasiga kirish huquqini berish 
    jarayonlarini boshqaradi.
    bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etadi. Shunday ekan, ma’lumotlar bazasi haqida 
    atroflicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishimiz lozim.
    Ma’lumotlar bazasi axborotlarni to‘plashning boshqa usullariga nisbatan bir qancha 
    afzalliklarga ega:



    Download
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   265




    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik