I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI



bet9/265
Sana14.05.2024
Hajmi
#233465
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   265
Bog'liq
11-sinf yangi 2022 (2)

I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI
12
MA’LUMOTLAR BAZASI SOHASIDAGI DAROMADLI KASBLAR
Ma’lumotlar 
bazasi 
administratori
Ma’lumotlar bazasi administratori
– kompaniya yoki birorta dastur 
ma’lumotlar bazasini boshqarish bilan shug‘ullanuvchi asosiy shaxs. 
Ma’lumotlar bazasi administratori:
• 
ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirish va yaratish;
• 
ma’lumotlarga kirishni ta’minlash;
• 
foydalanuvchilarni aniqlash va yaratish;
• 
ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli cheklovlarni kiritish;
• 
tegishli ma’lumotlar bazasining zaxira nusxasini o‘rnatish;
• 
ma’lumotlar bazasini kuzatish va yuritish kabi ishlarni bajaradi.
Ma’lumotlar 
bazasi 
dasturchisi
Ma’lumotlar bazasi dasturchisi – ma’lumotlar bazasi tuzilmasi va 
so‘rovlarini yaratuvchi mutaxassis. Ma’lumotlar bazasi dasturchisi:
• 
ma’lumotlar bazasi tuzilmalarini yaratish;
• 
ma’lumotlar bazasi bo‘yicha so‘rovlarni ishlab chiqish;
• 
ma’lumotlar bazasi ishini optimallashtirish;
• 
ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar yaxlitligi va xavfsizligini ta’minlash 
bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumotlar 
bazasi 
tahlilchisi
Ma’lumotlar bazasi tahlilchisi – ma’lumot tizimlarini yaratish va 
takomillashtirish jarayoni bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis. Ma’lumotlar 
bazasi tahlilchisi:
• 
ma’lumotlar bazalarini rejalashtirish va loyihalash;
• 
mavjud ma’lumotlar bazasiga maydonlarni qo‘shish va undan olib 
tashlash;
• 
ma’lumotlar bazalarining texnik talablarini loyihalash;
• 
ushbu ma’lumotlar bazasidan foydali ma’lumotlar olishni rejalashtirish 
bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumotlar 
bazasini 
loyihalashtirish 
menejeri
Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish menejeri – har qanday ma’lumotlar 
bazasi loyihalari o‘z vaqtida, foydali narxda va sifatli darajada bajarilishini 
ta’minlovchi mutaxassis. Uning vazifasiga quyidagilar kiradi:
• 
loyiha maqsadlarini aniqlash;
• 
loyiha ma’lumotlar bazasi jadvallarini kuzatish;
• 
loyiha sifatini nazorat qilish va boshqarish;
• 
loyiha doirasida kompaniya standartlarini bajarish;
• 
guruh a’zolarini tanlash, o‘qitish va boshqarish;
• 
ma’lumotlar bazasi reja, qoida va protseduralarini ishlab chiqish;
• 
loyiha moliyaviy ishlarini boshqarish, monitoring qilish va bashorat qilish.



Download
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   265




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI