3-DARS
MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH
15
3-dars. MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH
Maʼlumotlar bazasi bitta yoki bir nechta jadvaldan tashkil topadi. Har bir jadval ma’lumotlar
bazasining bir qismi sifatida aniq bir mazmunni ijodalaydi. Masalan, kutubxona ma’lumotlar
bazasi
kutubxona xodimlari, saqlanayotgan kitoblar, kutubxona a’zolari
haqidagi jadvallardan
tashkil topadi. Ma’lumotlar bazasidagi jadval ustuni
maydon
deb nomlanadi. Jadval
maydonlari tartiblangan ma’lumotlardan tashkil topadi. Masalan, kutubxona a’zolari
haqidagi
jadvalda ularning ismi, sharifi, tavallud sanasi kabi maydonlarda ma’lumotlar
saqlanishi
mumkin. Bularning har biri alohida maydon bo‘lib, o‘zida faqat bir turdagi ma’lumotni saqlaydi.
Masalan, tavallud sanasi maydonida faqat kutubxona a’zolarining tug‘ilgan sanalari haqidagi
ma’lumotlar saqlanadi.
Jadval qatorlardan tashkil topadi. Har bir qator o‘zida
bitta predmet,
obyekt yoki shaxs haqidagi ma’lumotni saqlaydi. Ma’lumotlar bazasidan o‘rin olgan bu kabi
qatorlar
yozuvlar
deb ataladi.
Umuman olganda, ma’lumotlar bazasi jadvallardan,
jadvallar
esa maydon va yozuvlardan tashkil topadi.
Jadval
– ma’lumotlarni tartibli saqlash uchun qo‘llaniladigan ustun va qatorlardan iborat
obyekt.
Maydon
– jadval ustuni nomi va undagi ma’lumotlar, masalan, ism.
Yozuv
– bir obyekt, predmet yoki shaxs haqidagi maydonlar to'plami.
Asosiy kalit
(Primary Key) – jadvaldagi har bir yozuvga berilgan unikal nom.
Tashqi kalit
(Foreign Key) – jadvallarni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha
kalit.
ID
raqami Ism
Familiya
Tug'ilgan
sanasi
Sinfi
1
Alisher
Hakimov
21.05.2007
9-sinf
2
Zulfiya
Nabiyeva
03.11.2008
8-sinf
3
Vosil
Karimov
16.01.2009
7-sinf
Download