|
Kurs ishining obyekti va predmeti
|
bet | 3/9 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 51,94 Kb. | | #265157 |
Bog'liq Adiahadov Og\'abek kurs ishiKurs ishining obyekti va predmeti. Xususiy korxonalarning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini o'rganish kurs ishining obyekti hisoblanadi. Ushbu obyektda xususiy korxonalarning tashkil etilishi, boshqaruvi, moliyaviy faoliyati va huquqiy muhitini qamrab oladi. Kurs ishi xususiy sektorning iqtisodiy taraqqiyotga qo'shgan hissasini, raqobat muhitini shakllantirishdagi rolini va innovatsion yondashuvlar orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishni tahlil qiladi. Xususiy korxonalarning turli tashkiliy shakllari (masalan, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, aktsiyadorlik jamiyatlari, individual korxonalar va boshqalar) va ularning tashkil etilishi. Ushbu shakllarning afzalliklari va kamchiliklari, ularning iqtisodiy faoliyatga ta'siri.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Xususiy korxonalarning tashkil etilishi, boshqaruvi, moliyaviy faoliyati va ularni samarali rivojlantirish uchun zarur bo'lgan iqtisodiy shart-sharoitlarni o'rganishdir. Bu orqali xususiy sektorning iqtisodiy taraqqiyotdagi rolini tushunish va uning samaradorligini oshirish yo'llarini aniqlash maqsad qilib qo'yiladi. Xususiy korxona tushunchasini aniqlash va uning iqtisodiy ahamiyatini tushuntirish. Xususiy korxonalarning turlari va ularning xususiyatlarini o'rganish. Xususiy korxonalarning turli tashkiliy shakllarini o'rganish (masalan, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, aktsiyadorlik jamiyatlari, individual korxonalar va boshqalar). Har bir tashkiliy shaklning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilish. Xususiy korxonalarning moliyaviy boshqaruv tizimini tahlil qilish. Kapital jalb qilish usullari, investitsiyalarni boshqarish va moliyaviy hisobotlash jarayonlarini o'rganish. Xususiy korxonalarda innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etishning ahamiyatini aniqlash. Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va ularning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishining tuzilishiga kо’ra kirish, ikki asosiy bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо’yxatidan iborat.
I.BOB. XUSUSIY KORXONALAR VA ULARNING IQTISODIY AHAMIYATI, HAMDA MOLIYAVIY BOSHQARUV VA HISOBOTLASH.
|
| |