II.BOB. XUSUSIY KORXONALAR UCHUN IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING MUHIMLIGI, HAMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YANGILIKLAR




Download 51,94 Kb.
bet6/9
Sana22.06.2024
Hajmi51,94 Kb.
#265157
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Adiahadov Og\'abek kurs ishi

II.BOB. XUSUSIY KORXONALAR UCHUN IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING MUHIMLIGI, HAMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YANGILIKLAR.


2.1. Xususiy korxonalar uchun iqtisodiy samaradorligini oshirishning
muhimligi
Davlat investitsiya siyosati - bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o‘tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig‘indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko‘proq ustuvorlik kichik biznes subyektlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzishga qaratiladi. Davlat investitsiya siyosati mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan. Davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlari deb quyidagilar hisoblanadi: - investitsiyalar, ularning harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo‘yicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilik-huquqiy bazasini takomillashtirish; - iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni yurgizish; - investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish; - davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat qilish funksiyalarini yanada takomillashtirish. Hozirgi kunda O‘zbekistonda iqtisodiyotning barcha sohalarida o‘zgarishlar, tarkibiy islohotlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, Davlatning investitsion siyosati, uning ustuvor yo‘nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog‘liq. Mustaqillikning qisqa davrida investitsion faoliyatni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o‘kazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan ijobiy investitsion o‘zgarishlar natijasida mamlakatimizda qator investitsion obyektlar ishga tushirildi. Bularga misol sifatida, Asakadagi UzDeuavto, Navoiydagi Zarafshon Nyumont, Samarqanddagi Samkochavto, Toshkent viloyatidagi UzDongju, Buxorodagi neftni qayta ishlash korxonalarini keltirish mumkin. O‘zbekistonda Davlat investitsiya siyosati rivojlanishi quyidagi IV bosqichni o‘z ichiga oladi. 1-bosqich: 1991-1994 yillar, 2-bosqich: 1995-2003 yillar; 3-bosqich: 2003- 2008 yillar, 2008 yildan. - hozirgi davrgacha. 1-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi: - turli mulkchilik shakllarini yaratish borasidagi investitsion jarayon nomarkazlashtirish tadbirlar amlga oshirila boshlandi; - xususiy moliyalashtirish manbalariga ega bo‘lmagan ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi obyektlarni budjetdan moliyalashtirish saqlab qolindi; - xususiy mulkchilikni joriy etish tadbirlari olib borildi. 2-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi: - qonunchilik bazasi yaratildi; - konkurs asosida loyihalarni moliyalashtirishga o‘tildi; - xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari amalga oshirila boshlandi; - iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar kiritilishi kuchaytirildi; - investitsion loyihalarni amalga oshirishda turli moliyalashtirish manbalari qo‘llanila boshlandi. 3-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi: - valyuta munosabatlari va operatsiyalari liberalizatsiyalashtirildi; - xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish va ular manfaatlarini himoyalash bo‘yicha muhim hujjatlar qabul qilinindi; - korxonalarning texnik qurollantirilishi kuchaytirilildi; - eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini qoplovchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihalarni moliyalashtirishga ustivorlik berilildi. 4-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar oshirilmoqda va rejalashtirilgan: - inqirozga qarshi choralar qo‘llanildi; - banklarning investitsion faolligi kuchaytirilmoqda; - erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilmoqda; - valyuta bilan bog‘liq ishlar muvofiqlashtirilmoqda; - investitsiya faoliyatlari takomillashtirilmoqda. Mamlakatda investitsiya faoliyatining huquqiy bazasi yaratilgan, tashqi iqtisodiy, investitsiya faoliyatini tartibga soladigan, chet el investitsiyalari va investorlarining huquqlari va manfaatlari himoyasini kafolatlaydigan bir qator qonunlar qabul qilingan, investitsiya muhiti takomillashtirilmoqda va qo‘shma korxonalar hamda firmalar tashkil qilish bo‘yicha izchillik bilan faoliyat yuritilmoqda. Bu yo‘nalishdagi g‘oyat muhim vazifalardan biri kapital qo‘yilmalarning samarali yo‘nalishlarini belgilashdan iborat. Bunda o‘zaro manfaatlar, sheriklarga davlat kafolatlari berish; valyutaning erkin almashtirilishiga erishish, bank, transport, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va mamlakatdan eksportni valyuta bilan tartibga solishning qulay sharoitlari joriy qilinganligi hisobiga olinadi. Hozirgi bosqichda chet el kapitalini milliy iqtisodiyotga kiritishda mavjud ikki strategiyadan (import o‘rnini bosuvchi, eksportni kengaytiruvchi) birini – to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni eksportni kengaytiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga qo‘yishni tanlash kerak. Mahsulotlar eksportini kengaytirish siyosati, bu siyosat bizda asosiy, mamlakatdan tashqarida raqobatni kuchaytirishga olib keladi, bu esa o‘z navbatida jo‘shqin iqtisodiy faoliyatga undaydi. Shunday qilib, globallashuv, jahon bozorida keskin raqobat va omon qolish uchun kurash sharoitlarida chet el kapitali va ishlab chiqarish (korxonalar)ning ko‘chib yurishi, xalqaro raqobatning paydo bo‘lishi va millatlararo korporatsiyalarning tashkil topishi tabiiy hol bo‘lib, qaytmas jarayon hisoblanadi. Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot subyekti kapitalini o‘zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog‘lash bo‘lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo‘ylab kapital ko‘chishi yuz beradi. Kapitallarning mamlakatlar bo‘ylab ko‘chib yurishidagi asosiy xarakatlantiruvchi motiv - ularni safarbar etish hamda band qilishning nafliroq sharoitlaridir. Ishlab chiqarishni chet ellarga chiqarishning kuchayishi, chet el investitsiyalarining milliy iqtisodiyotga kirib kelishini iqtisodiyotlar rivojlanishini jadallashtiradigan jarayon tarzida baholash kerak. Chet el investitsiyalari rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi moliyalashtirishning zaruriy va muhim manbai bo‘lgani holda, o‘zi bilan birga, juda ko‘p payqaladigan va sezilmaydigan aktivlar, turli-tuman texnologik, axborot, moliya oqimlarini, menejment malakalarini, jahon bozorlaridagi ish tajribalarini va boshqalarni olib kiradi. Ularga mamlakatlararo harakatlanish, ya’ni ko‘chib yurish, faoliyat yuritishning huquqiy shart-sharoitlarini almashtirish, qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish va aniq maqsadlar xos. Demak, chet el investitsiyalari migratsiyasini milliy investitsiya siyosatini olib borishda va ularni amalga oshirishda albatta hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Ularni jalb qilish importyor mamlakat budjetiga soliq, ijara va boshqa tushumlarni ko‘paytiradi. Ular yangi ish o‘rinlarini tashkil qilishga, raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish, jahon bozorlarida o‘rnashib olishga yordam beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqib kelishini rag‘batlantirish, mamlakat qonunchiligini takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va ulardan foydalanishning uzoq muddatli maqsadli dasturiga muvofiq amalga oshirilishini talab etadi. to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni yangi loyihalarga jalb etish va O‘zbekiston mintaqalarida xususiy sektorni yuksaltirish, ayniqsa qishloq hududlarida qo‘shma korxona tashkil qilish yo‘nalishlarida amalga oshirilishi bugungi kunning eng muhim ustuvor vazifalaridan biridir. Ma’lumki, jahondagi biron-bir davlat xorijiy sarmoyalarni jalb qilmasdan turib taraqqiyotga hamda iqtisodiyot rivojiga erisholgan emas. Shuning uchun ham bu ish bizning iqtisodiy siyosatimiz ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Biz bu siyosatni quyidagi tamoyillar asosida qurmoqdamiz: - tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; - Respublika iqtisodiyotiga kapital mablag‘larni jalb etishni ta’minlovchi huquqiy asos, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni shakllantirish; - jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiyalarni yetkazib beruvchi hamda xalq xo‘jaligining zamonaviy tuzilmalarini barpo etishga ko‘maklashuvchi xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini muntazam ravishda yuritish; - mablag‘larni raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bilan bog‘liq eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga sarflash. Xorijiy sarmoyalarni jalb etish tadbirlarini amalga oshirishda oldindan belgilanib olingan tamoyillarga asoslangan holda investitsiyalarni jalb etish uchun imtiyozlarning keng tizimi vujudga keltirildi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun imtiyozli soliq joriy etildi. Imtiyozlar va rag‘batlantirish omillari belgilandi:  ishlab chiqarish hajmida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti kamida 30 foizni tashkil etadigan korxonalarga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, foyda solig‘ini amaldagi stavkalardan ikki barobar kamroq to‘lash huquqi berildi; Respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha soliqlar to‘lashdan besh yil muddatga ozod etildi; xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar daromadining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiyani yangilashga sarflanadigan qismi soliqdan ozod etildi; o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz chetga olib ketish imkoniyati berildi; O‘zbekiston hududida qo‘shma korxonalarning va faqat xorijiy sarmoya bilan ishlaydigan korxonalarning ustav fondiga hissa qo‘shish uchun mol-mulkni chetdan boj to‘lovlarisiz olib kirish ruxsati berildi; jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan, xorijliklarning davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida, shu jumladan ko‘chmas mulkning keng miqyosda sotilishida bemalol ishtirok etishlarini ta’minlash; investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqini tanlov asosida sotib olish belgilandi. Bular bilan birgalikda xorijiy investorlarga ularning mol-mulklarini davlat ixtiyoriga olish va musodara qilishdan xalos etish uchun kafolatlar berildi. Ularning o‘z faoliyati natijasida olgan foydasini va boshqa pullarni chet ellarga o‘tkazishlariga, olingan foydani respublika hududida qayta investitsiya tarzida ishlatish, respublika banklarida hisob raqamga va unda har qanday valyutada cheklanmagan miqdorda mablag‘ga ega bo‘lish imkoniyati kafolatlandi. Mamlakatimizda investitsiya sohasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar har tomonlama takomillashtirilib, hozirda yaxlit bir holatga keltirilayapti. O‘zbekiston davlat mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘nalishini belgilab oldi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda esa investitsiyalarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda investitsiya doirasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar quyidagilardan iborat: 1.O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan bo‘lib ushbu qonun yangi tahriri 2014-yil 9-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi 380-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan; 2.O‘zbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 1998-yil 30-aprelda qabul qilinib, 2014-yilda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan; 3.O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida” Qonuni 2015-yil 29-iyunda qabul qilingan; 4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5495-son Farmoni; 5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qarori; 6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligini tashkil etilishi belgilangan44. Ushbu vazirlik yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirib, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama o‘zaro samarali hamkorlikni amalga oshiradi. Davlat organlari va tashkilotlarining, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamda xorijiy moliya va iqtisodiy institutlardagi doimiy vakillarining, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Vazirlik yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, xorijiy, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni muvofiqlashtirish, xalqaro moliya institutlari (boshqaruv ofislari) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, shuningdek tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul vakolatli davlat organi hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan o‘rta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi asosida hududlar va tarmoqlarning rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni loyihasini amalga oshirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda: Birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona ustav fondidagi xorijiy qo‘yilmalarning eng kam miqdorini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Hozir mift.uz O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining rasmiy saytidan. tashkilotlarni xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar deb tan olish mezonlaridan biri — kamida 30% miqdoridagi xorijiy ulushning mavjudligi hisoblanadi. Ushbu chegarani 15 % gacha pasaytiriladi; Ikkinchidan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi yuqorida ko‘rsatilgan ulush egasi xorijiy yuridik shaxs bo‘lishi kerakligi haqidagi talab bekor qilinadi. Shu tariqa, investorlar — jismoniy shaxslar uchun imkoniyatlar kengayadi; Uchinchidan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdori 600 mln so‘mdan 400 mln so‘mgacha pasaytiriladi. To‘rtinchidan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji miqdori 3 baravar pasaytiriladi. Eslatib o‘tamiz, hozir tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq uning miqdori hujjatlarni o‘zi kelib topshirganda eng kam oylik ish haqqining 32 barobarini va internet orqali ro‘yxatdan o‘tganda eng kam oylik ish haqqining 16 barobarini tashkil etadi; Beshinchidan, xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish muddati 1−3 yildan 5 yilga oshiriladi. Akkreditatsiya qilganlik uchun to‘lov esa aksincha 3 baravar, 1200 AQSH dollaridan 400 AQSH dollarigacha pasaytiriladi; Bundan tashqari xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar quyidagilarni xarid qilish ko‘rinishida O‘zbekistonga kamida 200 ming AQSH dollarini investitsiya qilganlarida: yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlarini— yashash uchun guvohnoma soddalashtirilgan tartibda beriladi; xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini, shuningdek xorijiy korxona tashkil etganda — respublika hududidan chiqish zaruratisiz amal qilish muddatini cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan 3 yilgacha muddatga ko‘p martalik viza beriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorig‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga esa qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida xorijiy investorlar bilan 10 mln AQSH dollaridan ortiq bo‘lmagan xorijiy investitsiyalar ulushiga ega investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiya shartnomalarini tuzishlariga ruxsat beriladi. Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq, hozir investitsiya shartnomasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi orqali hukumat hamda xorijiy investor (investorlar) o‘rtasida tuziladi deb farmonda ko‘rsatib o‘tilgan.
Mamlakatimizda amalga oshiralayotgan islohotlar birinchi navbatda insonlarga yengillik va daromad keltirish va respublika miqiyosida foyda olib kelishi lozim. Investitsiya to‘g‘risida ko‘plab qonunlar Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilayotgan qonunlar va Oliy majlis tomonidan taklif etilayotgan qonunlar va qonun osti hujjatlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 2016-yildan 2019-yilgacha boshlab investitsiya uchun qulay muhit yaratish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etilishi judda katta ahamiyat kasb etdi desak yanglishmagan bo‘lamiz. Ishlab chiqilayotgan qonunlar o‘zining samarasini bera boshladi investitsiya oqimi yildan-yilga oshib bormoqda xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistonga qiziqishi kundan kunga ortib bormoqda. Buning asosiy sababi mamlakatimiz olib borilayotgan oqilona investitsiya siyosatidir. Iqtisodiyot tarkibiy o‘zgarishlarini yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to‘g‘ridan – to‘g‘ri investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir. Bunda ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaraldi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo‘lgan.



Download 51,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 51,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB. XUSUSIY KORXONALAR UCHUN IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING MUHIMLIGI, HAMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YANGILIKLAR

Download 51,94 Kb.