Xususiy korxonalar uchun moliyaviy boshqaruvning muhimligi




Download 51,94 Kb.
bet5/9
Sana22.06.2024
Hajmi51,94 Kb.
#265157
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Adiahadov Og\'abek kurs ishi

1.2. Xususiy korxonalar uchun moliyaviy boshqaruvning muhimligi


Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy oqimlar har qanday korxonada boshqaruv ob’ekti hisoblanadi, shu sababli har bir moliyaviy qaror pul oqimlari harakati bilan bilvosita yoki bevosita bogʻliq. Shuning uchun ham aksariyat boshqaruvchilar oʻz funksional vazifalarini amalga oshirish jarayonida moliya xizmati bilan oʻzaro bogʻliqlikda faoliyatni tashkil etadi. Bu bogʻliqlik bugungi kunda har bir boshqaruvchidan moliyaviy menejment asoslari haqida bilimga ega boʻlishi, korxona oldida turgan muammolarni toʻgʻri talqin qilishi va oʻz faoliyatini yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tashkil etishi talab etiladi. Bizga ma’lumki, moliya – pul fondlarini tashkil etish, taqsimlash (qayta taqsimlash) va foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlarning oʻziga xos sohasidir. Pul moliyaviy munosabatlarning moddiy asosi sifatida bozor iqtisodiyotida tomonlarning manfaatlarini ifodalashda va oʻzaro muvofiqlashtirishda, shuningdek umumiy qiymat ekvivalenti sifatida muhim rol oʻynaydi. Pul fondlari tushunchasi aniq belgilab qoʻyilgan maqsad asosida tashkil etilgan fond ekanligi bilan tavsiflanadi. Bunday fondlardagi pul mablagʻlari moliyaviy resurslar deb ataladi. Yuqorida qayd etib oʻtilganidek, hozirgi kunda moliyaviy resurslarni boshqarish har bir korxona oldida turgan eng asosiy va strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yoʻnalishning korxonani boshqarish tizimida strategik ahamiyatga egaligi moliyaviy resurslar va boshqa resurslar (moddiy resurslar, mehnat resurslari va boshqalar)ni jalb qilishning oʻzaro bogʻliqligi bilan izohlanadi. Bunday oʻzaro bogʻliqlikning ratsional, maqsadga muvofiq va samarali tashkil etilishi koʻp jihatdan korxona iqtisodiy barqarorligini belgilab beradi, shuningdek iqtisodiy sub’ekt faoliyatidan manfaatdor boʻlgan mulkdorlar, xodimlar, kontragentlar, davlat va jamiyat moddiy farovonligi oʻsishiga xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy resurslarning (muhim) ahamiyatga egaligi ularni boshqarishning funksiyalarini belgilab beruvchi mustaqil faoliyat sifatida moliyaviy menejmentni tashkil etish zaruriyatini shart qilib qoʻyadi. E.F.Brighаm fikriga koʻra, moliyaviy menejment aktivlarni qancha miqdorda va qanday tartibda jalb qilish, aktivlarni sotib olish uchun zarur kapitalni oshirish hamda firma qiymatini maksimallashtirish uchun firma faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq qarorlar qabul qilishga qaratilgan boshqaruv faoliyatidir1 . J.Deepika esa moliyaviy menejment kompaniyalarda moliyaviy resurslar resurslarni rejalashtirish, ularni jalb qilish va foydalanish ustidan nazorat qilishga qaratilgan boshqaruv faoliyatidir2 , deya fikr bildiradi. I.A. Blank tomonidan moliyaviy menejment korxonalarda moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish hamda pul mablagʻlari oboroti bilan bogʻliq boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish prinsiplari va metodlari tizimi3 sifatida izohlanadi. Umuman, moliyaviy menejment – bu korxonaning strategik va joriy maqsadlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslarni va moliyaviy faoliyatni boshqarishdir. Moliyaviy menejment oʻz xususiyatiga koʻra keng va koʻp qirrali tushuncha sifatida quyidagi kontekstlarda koʻrib chiqilishi mumkin: - ilmiy fan (soha) sifatida; - korporativ moliyani boshqarish tizimi sifatida; - tadbirkorlik faoliyati turi sifatida. Moliyaviy menejment ilmiy fan (soha) sifatida nazariy bilimlar, konsepsiyalar, modellar va ular asosida ishlab chiqilgan amaliy metodlar, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida qoʻllaniladigan usullar, instrumentlar tizimini oʻzida aks ettiradi. Moliyaviy menejment nazariyasi va amaliyoti iqtisodiy muhitda yuz bergan turli xil oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda doimiy ravishda rivojlanib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib korporativ moliyani boshqarishning muhim nazariy asoslari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - pul oqimlari konsepsiyasi; - pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati konsepsiyasi; - risk va daromadlilik konsepsiyasi; - bozor samaradorligi haqida gipoteza; - portfel nazariyasi va aktivlar narx shakllanishi modeli; - kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi; - agentlik munosabatlari nazariyalari va boshqalar. Moliyaviy menejmentning turli xil nazariy va amaliy jihatlarini mazkur darslikda koʻrib chiqamiz. Shuning uchun ham yuqorida sanab oʻtilgan moliyaviy menejmentning nazariy asoslari xususida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.
Har qanday korxona (MChJ, AJ va boshqalar) faoliyat koʻlami va turidan qat’iy nazar oʻz moliyaviy munosabatlarini aniq tizim asosida tashkil etadi va bu tizim pul mablagʻlari harakati asosida ishlaydi. Pul oqimlarini tashkil etishda e’tibor qaratiladigan asosiy jihat bu pul mablagʻlarining kirib kelishi va chiqib ketishidagi oʻzaro mutanosiblikka erishish hisoblanadi. Bunda vaqt va miqdor omili birlamchi e’tibor talab qiladi. Ya’ni moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijasi korxona ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablagʻlari miqdori korxonadan chiqib ketayotgan pul miqdoridan ortiqni tashkil etishi lozim. Boshqa tomondan esa korxona tomonidan olinadigan pul mablagʻlarining kelib tushish vaqti pul mablagʻlarining chiqib ketish vaqtidan qisqaroq boʻlishi talab etiladi. Keltirilayotgan bu ikki jihat har qanday korxona uchun moliyaviy barqarorlik va toʻlovga layoqatlilikni ta’minlashdan tashqari faoliyat samaradorligiga erishishga ham xizmat qiladi. Shu oʻrinda aforizmga aylangan bir iborani keltirish maqsadga muvofiq: “Pul hech qachon koʻp boʻlmaydi!” Shuningdek, xorijiy adabiyotlarda “Erkin pul oqimlari konsepsiyasi (concept of free cash flow) – firma faoliyat yuritishiga ziyon etkazmaydigan va kelgusi pul oqimlarini ijobiyligini ta’minlaydigan naqd pul oqimlarini ta’minlashni nazarda tutadigan konsepsiya ham keltiriladi”.
“Vaqt – puldir!” degan iborani koʻp eshitganmiz va koʻp ibora uni ishlatganmiz. Lekin bu iboraning asl moliyati haqida koʻp ham oʻylab koʻrmaganmiz. Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati (time-value of money) konsepsiyasi korporativ moliyaning fundamental asoslaridan biri hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq biz turli vaqtlarda egalik qiladigan pul mablagʻlari bir xil boʻlmagan qimmatga egalik qiladi. Ustiga-ustak biznesda va kundalik hayotimizda pulga egalik qilish vaqti pul mablagʻlarining miqdoriga nisbatan katta amamiyatga ega. Masalan, 4 Brigham, Houston/Fundamentals of Financial Management/Concise 8-th edition/2015-75 p. 8 milliy pul birligining bugungi qimmati bir qancha vaqt oʻtgandagiga nisbatan qadrliroq. Ya’ni u ayni paytda joriy iste’molni qanoatlantirishga sarflanishi yoki kelajakda qoʻshimcha daromad olish uchun investitsiya sifatida qoʻyilishi mumkin. Ma’lum vaqtdan soʻng zarur miqdordagi pul mablagʻlariga egalik qilish uchun korxona ma’muriyati mavjud pul mablagʻini hozirning oʻzida yoʻnaltirish lozim boʻladi. Bunda qaror qabul qilishda kelgusidagi pul oqimlari pul mablagʻlarining joriy vaqtdagi qiymati (present value – PV)dan kelib chiqqan holda baholashni amalga oshirish lozim. Pul mablagʻlarining joriy qiymati va kelgusi qiymatini baholash uchun moliyachilar pul oqimlarini diskontlash boʻyicha maxsus metodikadan foydalanadilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati risk bilan chambarchas bogʻliq. Shu oʻrinda yana bir iborani ham keltirish lozim: “Kim risk qilmasa u hech qachon yutmaydi!”. Biror bir operatsiya boʻyicha yuqori riskning mavjudligi yuqori foyda olish imkoniyati boʻlsada nafaqat ijobiy balki salbiy natijaga ham sabab boʻlishi mumkin. Risk va daromadlilik konsepsiyasi moliyaviy menejerdan nafaqat moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalaridan olinishi mumkin boʻlgan natijalarni baholash, shu bilan bir vaqtda natijaga erishish bilan bogʻliq risklarga ham diqqatini qaratishi lozimligiga urgʻu beradi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq agar riskning yuzaga kelishi natijasida kutilgan daromadning pasayishi biznes uchun salbay oqibatlarga olib kelmasa risklarni qabul qilish mumkin. Shunday qilib, ma’lum bir natijaga erishish, biznesning kelgusi taraqqiyotini ta’minlash uchun risklarni toʻgʻri baholash, ularni kamaytirish boʻyicha oʻz vaqtida va mos chora-tadbirlarni qoʻllash talab etiladi.
Bozordagi holat haqida doimiy axborotga ega boʻlish va ularni tahlil qilish doimiy ravishda e’tibor talab qiladigan masala hisoblanadi. Chunki bozordagi holatdan kelib chiqqan holda samarali moliviy qarorlar qabul qilish bevosita korxona moliyaviy barqarorligi oʻsishiga xizmat qiladi.
Investitsion portfel nazariyasining mohiyati mashhur kundalik prinsipda yetarlicha aniq aks ettirilgan: “Barcha tuxumni bitta savatga 9 solma!” Bu prinsipning biznes sohasida yuzaga kelishi mablagʻlarni turli xil aktivlar, korxonalar va faoliyat turlari boʻyicha taqsimlash lozimligi bilan ifodalanadi, ya’ni investitsion portfelni ulardan shakllantirish qoidaga koʻra qandaydir bitta yoʻnalishdagi risklarni taqqoslaganda jamlangan risklarning pastligi bilan bogʻliq. Masalan, pul mablagʻlarini bir vaqtning oʻzida bir nechta sohaga joylashtirish natijasidagi risklar pul mablagʻlarini faqat bitta sohaga joylashtirishdagi risklarga qaraganda kamroq. Oʻz navbatida aktivlar narx shakllanishining turli modellari (CAPM, APT va boshq.) investitsion portfel risklarining asosiy omillarini aniqlash va ularning daromadlilik darajasiga va biznes qiymatiga ta’sirini baholash imkonini beradi.
“Qayerdan mablagʻ olish kerak va uni qanday taqsimlash lozim?” – bu doimiy savol barcha vaqtlarda va davrlarda insoniyatni tashvishga solgan. Moliyaviy menejer ham muhim muammolar tarkibida mazkur muammodan holi tarzda faoliyat koʻrsata olmaydi. Ya’ni “faoliyatni tashkil etish yoki davom ettirish uchun zarur kapitalni qaysi manbalardan jalb qilish zarur?”, degan savol moliyaviy menejer oldidagi doimiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunda qarz mablagʻlari jalb qilish yoki oʻz moliyaviy resurslari bilan cheklanish lozimligiga aniqlik kiritiladi. Mazkur oddiy boʻlmagan savollarga har tomonlama asoslangan javob topish kapital tarkibi nazariyasining tadqiqot predmetini tashkil etadi. Kapital tarkibi nazariyasining fundamental asoslarini oʻrganish korxona faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida hisobga olinishi lozim boʻlgan omillarni a’lo darajada tushunish imkonini beradi. Dividend siyosati doirasida koʻrib chiqiladigan, olingan foydani taqsimlash yuqoridagi muammo bilan bevosita bogʻliq va muhimligi boʻyicha kam boʻlmagan muammo hisoblanadi. Dividend siyosatidagi asosiy muammo olingan foydaning ta’sischilarga dividendlar koʻrinishida toʻlanadigan qismi va foydaning biznesni yanada rivojlantirish uchun yoʻnaltiriladigan qismi oʻrtasidagi optimal nisbatni belgilashni nazarda tutadi.
Iqtisodiy munosabatlarda har bir sub’ekt doimo oʻz manfaatlarini qanoatlantirish uchun intiladi va bu manfaatlar biznes yuritish jarayonida har doim ham mos kelavermaydi. Agentlik tushunchasi ikki ishtirokchi oʻrtasidagi munosabatda ulardan birining (buyurtmachi, 10 prinsipal) oʻz funksiyalarini boshqa shaxsga, ya’ni agentga oʻtkazishini anglatadi. Korporativ moliyani boshqarish nuqtai nazaridan eng muhim agentlik munosabatlari sifatida mulkdorlar va menejerlar oʻrtasidagi munosabatlar, shuningdek kreditorlar va aksiyadorlar oʻrtasidagi munosabatlarni keltirish mumkin. Masalan, biznesda kapital egalari moliyaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun yollanma menejerlar (agentlar)ni jalb qilish holatlari tez-tez yuzaga kelib turadi. Lekin menejerlar oʻz ish joyini saqlash, karerasini rivojlantirish, ish haqini oshirish va boshqa maqsadlarda shaxsan oʻzi uchun foydali, biznes egasi uchun esa zararli qarorlar qabul qilishi mumkin. “Prinsipal – agent” munosabatlarida yuzaga keladigan nizolarni iqtisodchilar agentlik muammolari, agentlik nizolari yoki manfaatlar toʻqnashuvi natijasidagi muammolar, deya ataydilar. Agentlik munosabatlari nazariyasi agentlik munosabatlarida yuzaga keladigan muammolarning mohiyati va yuzaga kelish sabablarini oʻrganadi, shuningdek ularning oldini olish yoki salbiy oqibatlarini kamaytirish imkonini beruvchi metodlar va instrumentlarni ishlab chiqadi.

Download 51,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 51,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xususiy korxonalar uchun moliyaviy boshqaruvning muhimligi

Download 51,94 Kb.