|
Kurs ishini himoya qilish
|
bet | 6/9 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 67,69 Kb. | | #139844 |
Bog'liq Курс иши бўйича қўлланма Микроиқтисодиёт МакроиқтисодиётKurs ishini himoya qilish.
Kurs ishini himoya qilish kafedra tomonidan tayinlangan komissiyasining ochiq majlisida amalga oshiriladi.
Himoya talabaning o'z ishi yuzasidan tayyorlagan qisqa (10-12 daq.) ma’ruzasidan iborat. Ma’ruzada mavzuning dolzarbligi, foydalanilgan manbalarning tavsifi, umumlashtirilgan xulosalar, muallifning bu masala yuzasidan qilgan fikr-muloxazalari va takliflari bayon etiladi. Illyustratsiya sifatida talaba oldindan tayyorlangan sxema, jadval, grafik, diagramma, rasmlardan foydalanishi mumkin. Dokladni tugatgach talaba komissiya a’zolarining savollariga javob beradi.
Kurs ishini baholash me’zonlari.
Kurs ishi himoya natijalari 100 ballik reyting baholash tizimi orqali aniqlanadi va yakunda 5 baholik tizimga o'tkaziladi.
Kurs ishi himoyasi vaqti
|
Baholash ko'rsat-kichlari
|
Baholash mezonlari
|
Fan bo'yicha yakuniy nazorat o'tkaziladigan kundan kamida 2 kun oldin yakunlanadi
|
60 – 69 ball
|
- kurs ishiga ilmiy rahbar taqrizi mavjudligi (11-12 ball);
- kurs ishining rasmiylashtirish talablariga javob berishi (11-12 ball);
-talaba tomonidan kurs ishining mazmunini ochib berish (doklad) darajasi (16-17 ball);
-taqdimotning tayyorlanish holati va undan foydalanish darajasi (11-13 ball):
- komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga berilgan javoblar (11-15 ball. Har bir to'g'ri javobga 3 balldan):
|
70-89
ball
|
- kurs ishiga ilmiy rahbar taqrizi mavjudligi (11-12 ball);
- kurs ishinig rasmiylashtirish talablariga javob berishi (11-12 ball);
-talaba tomonidan kurs ishining mazmunini ochib berish (ma’ruza) darajasi (16-17 ball);
- taqdimotning tayyorlanish holati va undan foydalanish darajasi (11-13 ball):
- komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga berilgan javoblar (11-15 ball. Har bir to'g'ri javobga 3 balldan):
- kurs ishi mavzusi bo'yicha tarqatma materiallarning mavjudligi va undagi ma’lumotlarning asoslanishi darajasi (10 ball);
-soha rivoji uchun talaba tomonidan ishlab chiqilgan dolzarb g'oya uchun (10 ball);
|
90-100 ball
|
- kurs ishiga ilmiy rahbar taqrizi mavjudligi (11-12 ball);
- kurs ishining rasmiylashtirish talablariga javob berishi (11-12 ball);
-talaba tomonidan kurs ishining mazmunini ochib berish (doklad) darajasi (16-17 ball);
- taqdimotning tayyorlanish holati va undan foydalanish darajasi (11-13 ball):
- komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga berilgan javoblar (11-15 ball. Har bir to'g'ri javobga 3 balldan):
- kurs ishi mavzusi bo'yicha tarqatma materiallarning mavjudligi va undagi ma’lumotlarning asoslanishi darajasi (10 ball);
-soha rivoji uchun talaba tomonidan ishlab chiqilgan dolzarb g'oya uchun (10 ball);
-talabaning jahon iqtisodiyotida bo'layotgan o'zgarishlardan xabardorligi va «nou-xau» yangiliklaridan foydalanish yo'nalishlarini bilishi (4 ball);
- kurs ishi himoyasi davomida ta’laba o'z fikrlarini aniq ifodalashi va ravon etkazib berishi darajasi (4 ball);
- kurs ishi himoyasi uchun belgilangan vaqtdan unumli foydalanganligi(3 ball);
|
Kurs ishi natijalari reyting qaydnomalarida rasmiylashtiriladi va komissiya raisi va a’zolari imzosi bilan tasdiqlanadi.
Kurs ishi himoyasida 60 ball (3 baho) dan kam ball to'plagan talabalar o'quv rejasida ko'rsatilgan mazkur fandan yakuniy baholashga kirish huquqidan chetlashtiriladi.
|
| |