|
Kurs ishida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar
|
bet | 3/9 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 67,69 Kb. | | #139844 |
Bog'liq Курс иши бўйича қўлланма Микроиқтисодиёт МакроиқтисодиётKurs ishida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar
Kafedraning asosiy vazifalari
Kafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak.
kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta ko'rib chiqish;
mavzuni tanlashida talabalarga kerakli ko'rsatmalar va amaliy yordam berish;
talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish;
talabaning kurs ishi rejasini tasdiklab berish va uning vazifasini bajarishini nazorat qilish;
talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz berish hamda kurs ishi himoyasini tashkil qilishdan iborat bo'ladi.
Ilmiy rahbarning vazifalari
Kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar kurs ishini tayyorlashda talabaga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
ishning rejasini tuzishda talabaga ilmiy-uslubiy ko'mak berishi va mavzuga oid adabiyotlarni tavsiya etishi;
reja bo'yicha vazifalarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirishi, ilmiy-uslubiy maslahatlar va ko'rsatmalar berishi;
kurs ishiga taqriz berishi.
Talabaning vazifalari
Talaba kurs ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi lozim:
ishning mavzusini kafedraning talablaridan kelib chiqqan holda tanlash;
mavzuga oid o'quv va ilmiy adabiyotlarni va statistik axborotlarni jamlashi;
ilmiy rahbari bilan kelishilgan holda tuzilgan kurs ishi rejasi asosida berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida bajarishi;
o'rnatilgan tartib bo'yicha tayyorlangan kurs ishini o'z vaqtida kafedraga taqdim etish.
Ishga tayyorgarlik
Adabiyotlarni tanlash
Fanga ta’luqli bo'lgan barcha turdagi adabiyotlarni va manbalarni ko'rib chiqish lozim.
- maxsus:
- ilmiy;
- ilmiy-ommabop;
- ma’lumotnomalar, shu singari statistik;
- umumiy.
|
| |