|
Kurs ishini texnik rasmiylashtirish
|
bet | 5/9 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 67,69 Kb. | | #139844 |
Bog'liq Курс иши бўйича қўлланма Микроиқтисодиёт МакроиқтисодиётKurs ishini texnik rasmiylashtirish.
Ish standart A4 formatli oq qog'ozning faqat 1 yuzasiga yoziladi. Standartga mos holda har bir varaqni yozishda 4 tomondan hoshiya qoldirilish kerak.
Chap tomondan – 30 mm;
Yuqoridan - 20 mm;
O'ng tomondan – 15 mm;
Pastdan – 20 mm.
Savollar nomlari asosiy tekstdan oraliqlar bilan ajratiladi (10 mm).
Varaqlarni nomerlash pastdan ketma-ketlikka rioya qilgan hoda
3-varaqdan (kirish) boshlab, ya’ni titul varag'i va mundarijadan so'ng.
Agar kurs ishida muallif ishga taalluqli bo'lgan iqtibos(tsitata)lardan foydalansa, iqtibos olingan manbaning o'ziga xos xususiyatlari to'liq saqlanishi zarur: orfografiya, punktuatsiya, abzatslar joylanishi, shriftlar ajratilishi. Iqtiboslar matnning ichida berilsa, qoidaga muvofiq holda qo'shtirnoq ichiga olinadi. Iqtiboslarga havolalar matn ichida, satrlardan keyin va matn oxirida, asosan varaqning past qismida chiziqdan keyin berilishi mumkin.
Agar talaba iqtibos (tsitata) bo'yicha havolalarni ishning oxirida keltirilgan adabiyotlarga bersa, unda matnda iqtibos kata qavsga olinib, qavsdan so'ng bu adabiyotlarning tartib nomerlari ko'rsatilishi kerak.
Kurs ishi kompyuterda 20-25 sahifani tashkil etishi kerak. Kurs ishi hajmi ko'pi bilan 15 foizga oshirilishi mumkin. Mundarija hamda ilovalar ko'rsatilgan hajmga kiritilmaydi.
Matnni komp`yuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 14 o'lchamli shriftda «Misrosoft Word» matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Betlar titul varag'idan boshlab oxirgi varaqgacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o'ng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varag'iga 1 raqami qo'yilmaydi.
Kurs ishining mundarijasi, kirish qismi, har bir rejasi, xulosa va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi.
Kurs ishi tarkibiy qismlarining bosh sarlavhalari («Mundarija», «Kirish», «Xulosa» va boshqalar) bosh harflarda yoziladi.
Surat, fotosurat, grafik, chizma, diagramma va shu kabilar «rasm» so'zi bilan ifodalanib, ular varaqda ko'rish uchun qulay tarzda joylashtirilishi kerak.
Rasmlar ular joylashgan ketma-ket tartib raqami ko'rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, rasmning pastida o'rta qismida raqamlanadi (masalan: «1-rasm.»), ilovalarda keltirilgan rasmlar bundan mustasno.
Har bir rasm nomlanishi kerak. Rasmning nomi uning ostiga yoziladi. Zarur hollarda rasmga izoh berilishi mumkin va u ham rasmning ostiga qo'yiladi.
Raqamli materiallar jadval ko'rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Jadvallar ular joylashgan ketma-ket tartib raqami ko'rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, jadvalning tepa o'ng burchak qismida raqamlanadi (masalan: «1-jadval.»). Har bir jadval nomlanishi kerak. Jadvalning nomi uning ustiga yoziladi.
Kurs ishining ilovalari alohida betlarda rasmiylashtirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi va «ilova» degan so'z bilan ifodalanadi (masalan: «1-ilova»). Ilova tegishli sarlavhaga ega bo'ladi.
|
| |