|
Kurs ishi yozishning maqsad va vazifalari
|
bet | 2/9 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 67,69 Kb. | | #139844 |
Bog'liq Курс иши бўйича қўлланма Микроиқтисодиёт МакроиқтисодиётKurs ishi yozishning maqsad va vazifalari
“Mikroiqtisodiyot.Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarining- 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), 60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar, 60410500 – Bank ishi va audit ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasiga ko‘ra 4-semestrda ko‘zda tutilgan.
“Mikroiqtisodiyot.Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishini yozishdan maqsad talabalarda mustaqil ilmiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Bu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
- talabalarning ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim mobaynida olgan nazariy bilimlarini ma’lum bir mavzu yoki muammo bo‘yicha chuqurlashtirish;
- o‘quv va ilmiy adabiyotlardan mustaqil o‘rganish, axborot to‘plash tajribasini hosil qilish;
- iqtisodiy tahlil, jumladan, qiyosiy tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarni baholash hamda ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kurs ishi ustida ishlash, shuningdek, talabalarni kelajakda bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishga ham yordam beradi.
Kurs ishini tashkil etish
Ishning mavzusini tanlash
"Mikroiqtisodiyot.Makroiqtisodiyot" fani bo`yicha kurs ishi mavzusi ushbu uslubiy ko`rsatmada tavsiya sifatida keltirilgan mavzular ro`yxatidan tanlab olinishi mumkin. SHuningdek, kafedra bilan kelishilgan holda, mazkur ro`yxatga kiritilmagan boshqa bir dolzarb mavzu ham kurs ishi uchun talaba tomonidn tanlanishi mumkin.
Kurs ishi mavzusini tanlashda, talabaning qiziqishi, sohasi, tanlangan mavzuning dolzarbliligi, ilmiy va statistik axborot bazasining mavjudliligi, mavzuning aynan "Mikroiqtisodiyot.Makroiqtisodiyot" fani predmeti doirasida bo`lishiga e`tibor qaratiladi.
Ishning rejasini tuzish va bajariladigan ishlarni nazorat qilish
Kurs ishining rejasi talaba tomonidan ilmiy rahbar bilan maslahatlashgan holda tuzilishi kerak. Kurs ishning tayyorlangan rejasi kafedra mudiri yoki uning yordamchisidan tasdiqlatib olinishi lozim.
Kurs ishida belgilangan reja topshiriqlarini bajarilish muddatlari ilmiy rahbar tomonidan talabaga belgilab beriladi.
Talaba tasdiqlangan rejaga qat’iy amal qilishi, unda belgilangan vazifalarni (reja savollarini) bosqichma-bosqich hamda ilmiy rahbar nazoratida amalga oshirishi kerak.
|
| |