• «Qurilish sohasida davlat
  • Oʻzbekiston Respublikasida qurilish tarmogʻini boshqarish asoslari




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/56
    Sana14.04.2023
    Hajmi1.42 Mb.
    #51233
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
    Bog'liq
    Kitob 9274 uzsmart.uz
    пизаҚўлланма, Mavzu Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini a, Vebinar platformasida konfrensiya yaratish va unga foydalanuvchi-fayllar.org, 2-мавзу. ПСИХОДИАГНОСТИКА ТАРИХИ, Guruhlar dinamikasi Reja, Бино ва иншоотларни техник холатини бахолаш фанидан ОБ саволлари, amaliy -1, 150, 5-amaliyot .Algebraik va transsendent tenglamalarni taqribiy yechish algoritmlari (1), 50610401 Kompyuter injiniring ЯНГИСИ 3 (1), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi to, 6. 11-mavzu Yordamchi sferalar usuli. Reja-fayllar.org, Strategiyà va raqobatchilik ustunligi reja, animatsiya mtm SHAHLO
     
    1.4. Oʻzbekiston Respublikasida qurilish tarmogʻini boshqarish asoslari 
    Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida qurilish materiallari sanoati korxonalarini 
    davlat tasarrufidan chiqarish deyarli yakunlandi. Pirovardida aksiyadorlik 
    jamiyatlari (AJ), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ), xususiy korxonalar 
    (XK), qoʻshma korxonalar (QK), xorijiy korxonalar (XK) va boshqa koʻrinishdagi 
    mulkchilik shakllari yaratildi. Bunday korxonalar qarorlar qabul qilishda erkin 
    boʻlib, oʻz faoliyatini bozor talablariga muvofiq olib boradi. Shu tariqa ularda 
    mavjud quvvatlar oshirilib, zarurat tugʻilganda, ishlab chiqarish tuzilmasi yangidan 
    shakllantiriladi.
    Mamlakatimizda koʻplab yangi sanoat korxonalari, zamonaviy turar joy 
    binolari, koʻrkam ijtimoiy-maishiy ob’yektlar bunyod etilmoqda. Joylarda qad 
    rostlayotgan bunday muhtasham inshootlar turmushimizni yanada obod va farovon 
    etishi bilan birga, iqtisodiy qudratimizni yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Ushbu 
    ishlar samaradorligi ob’yektlarni sifatli qurilish materiallari bilan doimiy 
    ta’minlash bilan bogʻliq.
    Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda qurilish materiallari sanoatining oʻsishi oʻrta 
    muddatli davlat dasturlari doirasida iqtisodiyotni modernizatsiyalashga sarflangan 
    katta hajmdagi kapital qoʻyilmalar hisobiga amalga oshirildi. Xususan, 2016 yilda 
    milliy iqtisodiyotga sarflangan kapital qoʻyilmalari hajmi 18 foizga koʻtarilib, 
    deyarli 50 trln. soʻmni tashkil etdi. Shunga nisbatan qurilish ishlarining xajmi 
    oshib, qurilish materiallariga boʻlgan iste’mol talabini yanada oʻsishiga olib keldi. 


    30 
    Aytib oʻtish kerakki, ishlab chiqarilgan qurilish materiallarining yarmidan ortigʻi 
    “Oʻzqurilishmateriallari” AK korxonalariga toʻgʻri keldi. Hozirgi vaqtda 
    kompaniya tarkibidagi 120 ta korxonalarda 100 dan ortiq turdagi qurilish 
    materiallari ishlab chiqarilmoqda. Ular qurilish materiallariga boʻlgan ichki bozor 
    talabini 
    qoniqtirmoqda. 
    Aynan 
    2017 
    yilning 
    olti 
    davomida 
    nisbatan 
    «Oʻzqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi korxonalar 
    tomonidan 1,5 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari hamda xalq iste’moli tovarlari 
    ishlab chiqarildi. Bu oʻtgan yilning olti oyiga nisbatan 7 foiz koʻpdir. 
    Oʻtish 
    iqtisodiyoti 
    mamlakatlarini 
    islox 
    qilish 
    tajribasi 
    shuni 
    tasdiqlamoqdaki, ma’muriy-rejali iqtisodiyotdan xoʻjalik yuritishning bozor 
    modeliga uygʻun oʻtishning muhim vositasi xususiylashtirish va aksionerlashtirish 
    boʻlib, bu haqiqiy mulkdorlar sinfining shakllanishi hamda xususiylashtirilgan 
    mulkni korporativ boshqarishning samarali usullarini joriy etishga koʻmaklashadi. 
    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 25 oktabrdagi «Respublika 
    qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish 
    chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori qurilish materiallari sanoati tuzilmasini 
    yanada 
    rivojlantirish 
    va 
    diversifikatsiya 
    qilish, 
    tarmoq 
    korxonalarini 
    modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun xorijiy 
    investitsiyalarni keng jalb etish hamda uning eksport potensialini oshirish, xalqaro 
    talab va standartlarga muvofiq zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy 
    etish kabi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. 
    Oʻzbekiston Respublikasida korxonalarni aksionerlashtirish jarayonida joriy 
    etiladigan korporativ boshqaruv usullari quyidagi asosiy maqsadlarni koʻzlaydi: 

    korxonalar faoliyatining iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarini 
    boshqaruv sohasida ularning mustaqilligini ta’minlash hisobiga yaxshilash; 

    milliy moliya bozorining (kapital, qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk 
    bozorlari) turli boʻgʻinlarini rivojlantirish hamda aholining korxonalar kapitalidagi 
    ishtirokini kengaytirish; 

    ichki bozorni turli mahsulotlar bilan toʻldirish va mahalliy 


    31 
    korxonalarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish maqsadida raqobatbardosh 
    bozor muhitini yaratish; 

    korxonalarga toʻgʻridan-toʻgʻri va portfelli xorijiy investitsiyalarni 
    jalb qilish. 
    Koʻrsatib oʻtilgan maqsadli tamoyillarning aksariyati aksiyadorlik 
    korxonalar ishi amaliyotida muvaffaqiyatli joriy etilmoqda, ammo bu jarayon 
    yanada tizimli yondashuvni taqozo etadi.
    Bunga koʻra korporativ boshqaruvning vazifalariga quyidagilarni kiritish 
    maqsadga muvofiqdir: 
    - aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish; 
    - aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibardorligini oshirish; 
    - aksiyalar narxining oʻsishi orqali uzoq muddatli iqtisodiy qiymatning 
    jamgʻarilishi;
    - aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlar va menejerlarni jalb qilish 
    hamda ularning korporativ boshqaruvda faol ishtirok etishlari uchun qulay shart-
    sharoitlar yaratish;
    - ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan 
    qayta qurollantirish orqali sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni 
    tashkil etish va ularning xorijiy bozorlarga yoʻnaltirilishini ragʻbatlantirish;
    - davlat aktivlari va aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat 
    ulushini kamaytirish evaziga iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan qisqartirish. 
    Mamlakatimizda 
    tadbirkorlik 
    sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashning 
    zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, xususiy biznesga katta erkinlik 
    berish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, xorijiy 
    investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan chora-
    tadbirlar koʻrilmoqda.
    4
    4
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish 
    qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi noyabrdagi PF-5577-son 
    Farmon
    i, 2018 yil 14 noyabr. 


    32 
    Shu bilan birga, qurilish sohasidagi ishlar holatini oʻrganish ushbu sohasida 
    islohotlarni jadal amalga oshirishga va sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirishga 
    toʻsqinlik qilayotgan muammolar borligini koʻrsatdi. 
    Shaharsozlikni texnik tartibga solishning bozor vositalarini joriy etishga 
    yetarlicha e’tibor berilmayapti, qurilish sohasida katta miqdorda davlat ma’muriy-
    boshqaruv va nazorat funksiyalari saqlanib qolmoqda. 
    Ob’yektlarni loyihalashtirish va qurishdagi normalashning mavjud 
    koʻrsatma beruvchi usuli innovatsion loyihaviy yechimlar va yangi ilmiy-texnik 
    ishlanmalarni qoʻllashga toʻsqinlik qilmoqda, ichki va xorijiy investitsiyalarni 
    qurilish sohasiga jalb qilishni sekinlashtirmoqda. 
    Xalqaro savdoning hozirgi globallashuv shartlariga javob beradigan 
    qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish, qoʻllab-quvvatlash va joriy etish 
    sohasida kadrlarni professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini 
    oshirish tizimi mavjud emas. 
    Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, 
    investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish tarmogʻi 
    kadrlarini professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
    tizimining samaradorligini oshirish maqsadida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 
    tomonidan 2018 yil 2-aprelda qabul qilingan «Qurilish sohasida davlat 

    Download 1.42 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasida qurilish tarmogʻini boshqarish asoslari

    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish