• Guruh:________________ Bajardi:_______________ Tekshirdi:______________ TOSHKENT 2023-yil
  • Yangi materiallar yaratish, ularning xususiyatlari va ishlov berish usullarini o‘rganish zamonaviy ilm-fanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
  • Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilish materiallari va buyumlari




    Download 24.09 Kb.
    bet1/3
    Sana07.11.2023
    Hajmi24.09 Kb.
    #95082
      1   2   3
    Bog'liq
    sement sanoati
    Rahmonov H. O.T. 1-topshiriq, Elektron-tijorat Tulqunov Fazliddin, Global tarmoqlar (wan) va ularning qurilish usullari. Wan tarmog, 1-ma\'ruza (2-semestr) 2021-22, Reja Sinflashtirsh tushunchasi, 5- Бетон учун майда ва йирик тулдиргичлвр, Muzaffar kbs 2, Muzaffar AX xavflarni boshqarish, o-zbekiston-respublikasida-ayollar-mehnat-faoliyatini-muhofaza-qilishning-ahamiyati-va-ularga-yaratilayotgan-shart-sharoitlar, Saidov Rahmon Xolmurodovich, 627-19 ТЛ Ibrokhim Zayniddinov, 1-Mavzu Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati, Uzumbank, 2 5343653736789064719

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
    TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI

    Qurilish materiallari va buyumlari fanidan


    MUSTAQIL ISH

    Mavzu: : O’zbekistonda sement sanoatining istiqbollari


    Guruh:________________
    Bajardi:_______________ Tekshirdi:______________




    TOSHKENT 2023-yil

    Mavzu: O’zbekistonda sement sanoatining istiqbollari
    Reja:
    1. Yangi materiallar yaratish
    2. Sement ishlab chiqarish sohasi
    3. Markaz olimlari erishgan yutuqlar va istiqbolli ishlanmalar

    Yangi materiallar yaratish, ularning xususiyatlari va ishlov berish usullarini o‘rganish zamonaviy ilm-fanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
    Yangi materiallar yaratish, ularning xususiyatlari va ishlov berish usullarini o‘rganish zamonaviy ilm-fanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ayni paytda iqtisodiyotning sanoat, arxitektura, shaharsozlik kabi turli sohalari talablarini qondiradigan va barcha qurilish me’yorlariga mos keladigan kompozitsion sement turlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining “Strom” ilmiy-tadqiqot va sinov markazi rahbari, texnika fanlari doktori, professor Mastura Iskandarova bilan yangi turdagi qurilish materiallari qanday imkoniyatlar yaratayotgani xususida suhbatlashdi.

    Markazimiz 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti huzurida tashkil etilgan, – deydi M.Iskandarova. – Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, markazda mahalliy xomashyo resurslari va turli ishlab chiqarish chiqindilari asosida yuqori sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun resurs va energiya tejaydigan samarali texnologiyalar yaratish hamda ularni o‘zlashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmoqda.

    Markazdagi mavjud zamonaviy asbob-uskunalar sement, beton, gips, ohak, asbest, dolomit, bo‘r, tosh, sopol, silikat va xom g‘ishtni fizika-kimyoviy tahlil qilish hamda fizika-mexanik sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Ayni paytda mutaxassislarimiz barcha turdagi xomashyo va qurilish materiallarini sinovdan o‘tkazish imkonini beradigan 76 nomdagi tadqiqot asbob-uskunalari, o‘lchov priborlaridan foydalanmoqda. Markazning yuqori malakali xodimlari qurilish materiallari va buyumlarini yaratish, tadqiq etish va sinovdan o‘tkazish sohasida katta ilmiy-amaliy tajribaga ega.

    Masalan, markaz mutaxassislari yuqori sifatli qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish uchun yangi konlarning mineral xomashyosi va turli texnogen chiqindilarning yaroqliligini aniqlash maqsadida kompleks tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Shuningdek, ular xomashyoni texnologik sinovdan o‘tkazib, xomashyo aralashmasi va birikadigan kompozitsiyalarning maqbul tarkibini aniqlamoqda, istiqbolli, raqobatbardosh, import o‘rnini bosadigan va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini yaratmoqda. Markazda xomashyo materiallari va tayyor qurilish mahsulotlarining kimyoviy-mineralogik tarkibi va tuzilishini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilib, turli qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishda xomashyo materiallarini sarflash me’yorlari belgilanmoqda.


    Download 24.09 Kb.
      1   2   3




    Download 24.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilish materiallari va buyumlari

    Download 24.09 Kb.