– Markaz olimlari erishgan yutuqlar va istiqbolli ishlanmalar xususida ham to‘xtalib o‘tsangiz




Download 24.09 Kb.
bet3/3
Sana07.11.2023
Hajmi24.09 Kb.
#95082
1   2   3
Bog'liq
sement sanoati
Rahmonov H. O.T. 1-topshiriq, Elektron-tijorat Tulqunov Fazliddin, Global tarmoqlar (wan) va ularning qurilish usullari. Wan tarmog, 1-ma\'ruza (2-semestr) 2021-22, Reja Sinflashtirsh tushunchasi, 5- Бетон учун майда ва йирик тулдиргичлвр, Muzaffar kbs 2, Muzaffar AX xavflarni boshqarish, o-zbekiston-respublikasida-ayollar-mehnat-faoliyatini-muhofaza-qilishning-ahamiyati-va-ularga-yaratilayotgan-shart-sharoitlar, Saidov Rahmon Xolmurodovich, 627-19 ТЛ Ibrokhim Zayniddinov, 1-Mavzu Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati, Uzumbank, 2 5343653736789064719
– Markaz olimlari erishgan yutuqlar va istiqbolli ishlanmalar xususida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

– Markazimiz tashkil etilganidan buyon materialshunoslik sohasida ko‘plab ishlanmalar yaratildi va sanoatda o‘zlashtirish uchun taklif etildi. Ushbu ishlanmalarning barchasi mahalliy xomashyo zaxiralari va sanoat korxonalarining ehtiyojlari inobatga olingan holda yaratildi. Ularni ishlab chiqarishda asosiy e’tibor mamlakatimiz sanoat korxonalarining texnogen chiqindilarini keng qo‘llashga qaratildi.

Ayni paytda portland sement ishlab chiqarishda mahalliy tog‘ jinslaridan kompleks foydalanish bo‘yicha olimlarimiz tomonidan yaratilgan texnologiya “Qizilqumsement” va “Quvasoytsement” aksiyadorlik jamiyatlarida keng qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, mahalliy vulqonli tog‘ jinslaridan sement xomashyosi aralashmasi tarkibida bir paytning o‘zida asosiy alyumosilikatli komponent va temirli mineralizator sifatida foydalaniladi. Bu chet eldan keltiriladigan temirli qo‘shimchalardan foydalanish, pirovardida ularni tayyorlash va transportirovka qilishda mablag‘ sarflashni talab qilmaydi. Shu bilan birga, energiya va resurs tejaydigan ushbu texnologiya ishlab chiqarishning soddalashtirilgan texnologik shakliga ega bo‘lib, pechli agregatlar mahsuldorligini oshiradi va sement tannarxini kamaytiradi.

Yana bir ishlanma bu sulfatga chidamli sement olish texnologiyasidir. Tarkibida mahalliy xomashyo asosidagi kompozitsion mineral qo‘shimchalar mavjud bo‘lgan va ko‘plab maqsadlarda ishlatiladigan sement ishlab chiqarish texnologiyasini keng joriy etishdek dolzarb vazifani hal etishga qaratilgan mazkur texnologiya sementning mustahkamligi va sulfatga chidamliligini pasaytirmagan holda, uning tarkibiga 15-20 foizgacha kompozitsion mineral qo‘shimchalar qo‘shish imkonini beradi. Ayni paytda klinkerni maydalashda tog‘ jinslari, gliyej, kvars va shpatli qum hamda boshqa minerallarni o‘z ichiga olgan kompozitsiyalardan faol mineral qo‘shimchalar sifatida foydalanilmoqda. Buning samarasida qimmatbaho klinker tejalmoqda, sement tannarxi pasayib, uning qurilish-texnik xususiyatlari yaxshilanmoqda. Ushbu texnologiya ayni paytda “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida o‘zlashtirildi.

“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining tarkibida temir mavjud bo‘lgan chiqindisi – metall kuyindisi asosida loyli burg‘ilash suyuqligi uchun import o‘rnini bosadigan “OK” va “Kompozit” og‘irlashtirgichlari ishlab chiqildi. Neft-gaz tarmog‘i uchun maxsus mo‘ljallangan mazkur mahsulotlarning foydalanish xususiyati zamonaviy talab va me’yorlarga to‘liq javob beradi. Ular asosida neft-gaz quduqlarini mustahkamlashga mo‘ljallangan og‘irlashtirilgan sement ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi. Yuqori darajada qotish va zarur texnologik xususiyatga ega ushbu sement narxi mamlakatimizda ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan boshqa sementlarga nisbatan arzondir. Toshkent viloyatining Saribuloq konidagi “Neftgazmineral” sho‘ba korxonasining maydalash bo‘limida ishlab chiqarilgan “Okalin” og‘irlashtirgichining yirik tajriba-sanoat to‘plami “O‘zgeoburneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasining burg‘ilash uchastkalarida loyli burg‘ilash suyuqligini tayyorlashda foydalanildi. Uning asosida tamponaj sement tarkibi ishlab chiqildi va “O‘zgeoburneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasining burg‘ilash uchastkalarida foydalanish uchun tavsiya qilindi. Bundan tashqari, sement ishlab chiqarish va neft-gaz qazib olish tarmog‘ida okalindan foydalanishni ta’minlaydigan standart (Ts) ishlab chiqildi.

Fosfogipsdan sun’iy gips olish ham markazning ekologik va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ishlanmalari jumlasidan. Ekstraksion fosforli kislota ishlab chiqarishda fosforitlarning oltingugurt kislotasiga ajralishi jarayonida hosil bo‘ladigan fosfogips tarkibida oltingugurt va fosfor kislotasi qoldiqlari bo‘lgani bois hozirgi paytga qadar amalda qo‘llanilmagan edi. Aksariyat mamlakatlarda kislotali qoldiqlarni yo‘q qilish maqsadida fosfogips ko‘p miqdordagi suv bilan yuviladi. Biroq mamlakatimizda suv resurslarining tanqisligi bois ushbu usul qimmat va maqsadga muvofiq emas. Shundan kelib chiqib, “Strom” ilmiy-tadqiqot va sinov markazi mutaxassislari fosfogipsni ishqorli komponent – klinker yoqish pechlari changi yordamida modifikatsiyalash yo‘li bilan undagi ortiqcha kislotani bartaraf etishning oddiy uslubini, ya’ni tozalangan fosfogipsdan sement ishlab chiqarishda tabiiy gips tosh o‘rnida sementning qotish muddatini rostlagich sifatida foydalanishni taklif qildi. Ayni paytda bu borada ikki turdagi texnogen chiqindi – kimyoviy ishlab chiqarish chiqindisi bo‘lgan fosfogips va sement ishlab chiqarishda ajraladigan changdan foydalanilmoqda. Sement ishlab chiqarishda modifikatsiya qilingan fosfogipsdan foydalanishda gips toshlarini maydalash bosqichi texnologik jarayondan chiqarildi va bu sementning tannarxiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Sement va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarishda foydalaniladigan va “Elemental” mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Fosfozol” faol mineral qo‘shimchasi ham muhim ishlanmalardan biridir. Ushbu qo‘shimcha Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasining fosfogips va kul shlagi aralashmasiga avtoklavda ishlov berish usuli bilan olinadi va mazkur usul texnogen chiqindilarni samarali va kompleks ravishda utilizatsiya qilish imkonini beradi. “Fosfozol”dan turli qurilish materiallari, jumladan, sement, gipsokarton, quruq qurilish aralashmalari, xom g‘isht ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, “Fosfozol”ni sementning qotish muddatini sekinlashtiradigan gips toshlari o‘rnida qo‘llash mumkin. Shu bois ushbu qo‘shimchani ishlab chiqarish va undan foydalanish ekologik jihatdan foydali bo‘lib, katta iqtisodiy samara beradi va ayrim texnologik jarayonlarni soddalashtiradi.

Muxtasar aytganda, mamlakatimiz iqtisodiyoti, arxitekturasi va shaharsozligini yanada rivojlantirish uchun sifatli va arzon qurilish materiallari, xususan, kompozitsion sement ishlab chiqarish zarur. Shuning uchun korxonalar va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti “Strom” ilmiy-tadqiqot va sinov markazining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan faol mineral qo‘shimchalar va sement tarkibini to‘ldiruvchi qo‘shimchalarning yangi manbalarini o‘rganish, shuningdek, ulardan foydalangan holda yangi turdagi sement ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar izchil davom ettirilmoqda. Olimlarimizning yutuqlari nafaqat qimmatbaho import xomashyo o‘rnini bosish, balki zararli texnogen chiqindilarni utilizatsiya qilish, kelgusi avlodlar uchun musaffo atrof-muhitni asrab-avaylash imkonini beradi.
Download 24.09 Kb.
1   2   3




Download 24.09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– Markaz olimlari erishgan yutuqlar va istiqbolli ishlanmalar xususida ham to‘xtalib o‘tsangiz

Download 24.09 Kb.