• – O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
  • – Ma’lumki, sement ishlab chiqarish sohasi mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatida yetakchi mavqega ega




    Download 24.09 Kb.
    bet2/3
    Sana07.11.2023
    Hajmi24.09 Kb.
    #95082
    1   2   3
    Bog'liq
    sement sanoati
    Rahmonov H. O.T. 1-topshiriq, Elektron-tijorat Tulqunov Fazliddin, Global tarmoqlar (wan) va ularning qurilish usullari. Wan tarmog, 1-ma\'ruza (2-semestr) 2021-22, Reja Sinflashtirsh tushunchasi, 5- Бетон учун майда ва йирик тулдиргичлвр, Muzaffar kbs 2, Muzaffar AX xavflarni boshqarish, o-zbekiston-respublikasida-ayollar-mehnat-faoliyatini-muhofaza-qilishning-ahamiyati-va-ularga-yaratilayotgan-shart-sharoitlar, Saidov Rahmon Xolmurodovich, 627-19 ТЛ Ibrokhim Zayniddinov, 1-Mavzu Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati, Uzumbank, 2 5343653736789064719
    – Ma’lumki, sement ishlab chiqarish sohasi mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatida yetakchi mavqega ega.

    – Bugungi kunda mamlakatimizda portland sementning deyarli barcha turlari ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda ushbu qurilish materialiga bo‘lgan talab muttasil oshmoqda va buning natijasida portland sement muhim strategik resursga aylanmoqda. Portland sementning xususiyatlari uni ishlab chiqarishda foydalaniladigan mineral qo‘shimchalar va to‘ldirgichlar bilan bog‘liqdir.

    Mamlakatimiz sement zavodlarida har yili 15 turdagi 7 million tonnagacha sement ishlab chiqarilmoqda. Qurilish tarmog‘i va sanoatda umumiy maqsadlarda foydalaniladigan sement, neft va gaz quduqlarini sementlash uchun mo‘ljallangan tamponj sement, gidrotexnik inshootlar qurilishida qo‘llaniladigan sulfatga chidamli sement shular jumlasidan. Bundan tashqari, mamlakatimizda bezak ishlarida foydalaniladigan oq sement ham ishlab chiqarilayotir. O‘tgan yili Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida Jizzax sement zavodi foydalanishga topshirildi. Ushbu hududda sement tayyorlash uchun asosiy xomashyo – yuqori sifatli ohaktosh qatlamlarining mavjudligi ushbu zavod qurilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida faoliyat yuritayotgan mazkur korxona yiliga 350 ming tonnagacha oq sement va 760 ming tonna portland sement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Zavodda ishlab chiqarilgan oq sementdan pardozlash ishlari va sun’iy marmar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Ta’kidlash joizki, oq sementning 70 foizini eksport qilish rejalashtirilmoqda.

    – O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

    – Ayni paytda “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati yurtimizda sement ishlab chiqaradigan yetakchi korxona hisoblanadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sementning yarmi ushbu korxona hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yiliga qariyb 3,5 million tonnani tashkil qiladi. Bundan tashqari, “Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyatida yiliga 1,7 million tonnagacha, “Quvasoytsement” aksiyadorlik jamiyatida 1 million tonnadan ortiq va “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatida 1 million tonnaga yaqin sement ishlab chiqarilayotir. Ushbu korxonalar har yili yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish hisobidan ishlab chiqarish quvvatlarini oshirmoqda.

    Ayni paytda turli viloyatlarda yirik va kichik sement zavodlari barpo etilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida ikkita yirik sement zavodi qurilishi boshlandi. Ushbu korxonalarda yiliga birgalikda ikki million tonnagacha sifatli portland sement ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Kichik sement zavodlari qurilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Andijon va Farg‘ona viloyatlarida shunday zavodlar faoliyat yuritmoqda. Jizzax viloyati Zomin tumanida barpo etilgan mini-zavod ham yaqinda ishga tushiriladi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatida yiliga 500 ming tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega mini-sement zavodi qurilishi jadal davom ettirilmoqda.


    Download 24.09 Kb.
    1   2   3




    Download 24.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – Ma’lumki, sement ishlab chiqarish sohasi mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatida yetakchi mavqega ega

    Download 24.09 Kb.