|
II BOB NEYRON TARMOG’INING ISHLASH BOSQICHLARI
|
bet | 3/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 113,49 Kb. | | #231278 |
II BOB NEYRON TARMOG’INING ISHLASH BOSQICHLARI
2.1 Sun’iy neyron to’rlari
Sun’iy neyron to‘rlari (SNT) – sun’iy neyronlar birlashuvi bilan yuzaga kelgan, biologik nerv to‘rini juda ham soddalashtirilgan ko‘rinishidir. Bu o‘rinda soddalashtirish darajasi neyronlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarning beqiyos murakkabligi bilan belgilanadi. Biologik nerv tizimlarida har bir neyron xossalar va funksiyalar to‘plamiga ega bo‘lib, ular ichida miyaning kommunikatsion tizimini tashkil qiluvchi nerv tolalari bo‘yicha elektroximik signallarni qabul qilish, ishlov berish va uzatish funksiyalari noyob hisoblanadi . Sun’iy neyron to‘rlari o‘z arxitekturasi bilan ajralib turadi: neyron-lar o‘rtasidagi bog‘lanishlar tuzilmasi, qatlamlar soni, neyronlarni faollashtirish funksiyalari, o‘rganish algoritmlari. Bu nuqtayi nazardan mashhur SNT ichidan statistik, dinamik to‘rlar va fuzzy. tuzilmalar; bir yoki ko‘p qatlamli to‘rlarni ajratib ko‘rsatish mumki To‘rlardagi hisoblash jarayonlarning farqlanishi, qisman neyron-larning o‘zaro bog‘lanish usullaridan kelib chiqadi, shu sababli to‘rlarning quyidagi turlarini ajratishadi. Qatlamlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar – bir yo‘nalishda va aksariyat hollarda har bir neyron chiqishi keyingi qatlamdagi barcha neyronlarning kirishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Bunday to‘rlar “statik to‘rlar” deyiladi, chunki o‘z tuzilmasida teskari bog‘lanishlarga va dinamik elementlarga ega emas, to‘r chiqishi esa faqat kirish sifatida berilgan to‘plamga bog‘liq bo‘ladi, to‘rning oldingi holatlariga bog‘liq emas. Statik to‘rlardan farqli ravishda ikkinchi sinfidagi to‘g‘ri tarqalishli to‘rlarga “dinamik to‘rlar” deyiladi. Ularda teskari bog‘lanishning mavjudligi tufayli har bir vaqt momentidagi holat oldingi holatga bog‘liq bo‘ladi Yechilishida SNT ishlatiladigan masalalarni 4 toifaga bo‘lish mumkin: – anglash va klassifikatsiya (klaster tahlil, masalan, belgili berilganlarni va nutqni anglash, elektrokardiogrammani, qon kataklarini va boshqa berilganlarni sinflarga ajratish; klasterli tahlilda o‘lchov berilganlarini guruhlash va ichki xususiyatlari bilan bir-biriga juda ham o‘xshash bo‘lgan berilganlarni bitta sinf ostilariga (klasterlarga) guruhlash amallari bajariladi); – tasvirlarga ishlov berish: matn, video-, aerofoto suratlar; – identifikatsiya va boshqaruv tizimlari; – signallarni bilan ishlash, xususan, modellashtirish masalalarida funksiya approksimatsiyasi. Topologik nuqtayi nazardan neyron to‘rini o‘lchangan bog‘lanishli yo‘naltirilgan graf ko‘rinishi tasavvur qilish mumkin. Bunda sun’iy neyronlar graf uchlari, sinaptik bog‘lanishlar – graf yoylari bo‘ladi. Sun’iy neyron – biologik neyronning ba’zi funksiyalarini bajaruvchi SNT elementi bo‘lib, uning asosiy vazifasi kirish signallariga bog‘liq holda chiqish signalini shakllantirishdan iborat. Eng keng tarqalgan konfiguratsiyalarda kirish signallari moslashuvchi summatorlar orqali silliqlanadi, keyin summatorning chiqish signali nochiziqli o‘zgartirgichga (faollashtirish funksiyasiga) kiradi va u yerda ham o‘zgartirilib chiqishga uzatiladi.
2.2 Ko’p qatlamli sun'iy neyron to'rlari
Kop qatlamli sun'iy neyron to'rlari. Ko'p qatlamli sun'iy neyron tarmog'i chuqur o'rganishning ajralmas qismidir. Ko'p qatlamli neyron to'rlari kirish qatlami bir nechta yashirin qatlamlar va chiqish qatlamidan iborat bo'ladi. Ko'p qatlamli neyron to'rlari bir qatlamlilardan ko'ra samaraliroq ishlaydi. Ko'p qatlamli neyron tarmoq sun'iy neyronlar yoki tugunlarning bir nechta qatlamini o'z ichiga oladi. Ular dizayn jihatidan juda katta farq qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bir qatlamli neyron tarmoqlar sun'iy intellekt evolyutsiyasining boshida foydali bo'lgan bo'lsa-da, bugungi kunda ishlatiladigan tarmoqlarning aksariyati ko'p qatlamli modelga ega.
|
| |