19
sub’ektlariga urush xavfi yoki suveren xayotiga va mustaqil rivojiga tashqaridan
boshqa tajovuz xavfi bo‘lmagan holat. BMT Nizomiga binoan, hozirda halqaro
tinchlikni saqlashga asosiy javobgar sifatida Xavfsizlik Kengashi belgilangan.
Faqat aynan ushbu Kengash agressorga nisbatan sanksiya qo‘llash xuquqiga ega.
Axborot xavfsizligi – mamlakat madaniy mulkining, xo‘jalik sub’ektlari va
fuqarolar intellektual mulkining, davlat va kasbiy sirga ega maxsus
ma’lumotlarning ishonchli himoyalanganligi holati.
Xarbiy xavfsizlik – xarbiy siyosat O‘zbekiston Respublikasi xarbiy
doktrinasida ishlab chiqilgan nizomlarga asosan yuritiladi. Xarbiy doktrina –
O‘zbekiston Respublikasining xarbiy xavfsizligining xarbiy-siyosiy, xarbiy-
strategik va xarbiy-iqtisodiy asoslarini belgilovchi rasmiy qarashlar mujmui.
Xarbiy doktrinaning xuquqiy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
qonunlar hamda xarbiy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi O‘zbekiston
Respublikasining
xalqaro
shartnomalari
tashkil
etadi.
O‘zbekiston
Respublikasining xarbiy xavfsizligini ta’minlashga rahbarlik Qurolli Kuchlarning
Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan amalga oshiriladi.
Chegaraviy xavfsizlik – O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi va
chegara oldi xududlarining himoyalanganlik holati. Chegaraviy xavfsizlik shaxs,
jamiyat va davlat xavfsizligining juda muhim tashkil etuvchilaridan biri
hisoblanadi, chunki davlat barqarorligi uning chegaralarining xavfsizligi bilan
uzviy bog‘langan. Chegara xavfsizligini ta’minlash zaruriyati davlat chegarasi va
chegara oldi xududlarda yuzaga kelgan tahdidlar tizimiga asoslangan.
Ekologik xavfsizlik.Sivilizatsiyaning atrof – muhitga faol ta’siri natijasida
uning ifloslanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu salbiy ta’sir ayniqsa
ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan va ishlab chiqarishning zararli
chiqindilaridan oqilona foydalanilmaydigan joylarda kuchli bo‘ladi.