19
9-rasm. Dasturiy majmuaning tuzilmasi
Yuqorida keltirilgan (9-rasm) dasturiy majmuaning tuzilmasi bo‘lib, dasturiy
majmua Paython dasturlash tilida tuzilgan.
Dasturiy majmua quyidagi
protseduralardan tashkil topgan:
ikki oʻlchovli splayn parametrlarini hisoblash protsedurasi;
kiruvchi signallarni fayldan dinamik tarzda oʻzlashtirish protsedurasi;
silliqlovchi splaynni hisoblash protsedurasi;
xatoliklarni baholash protsedurasi;
Klaster texnologiyasi yordamida parallel algoritmlarni amalga oshirish
protsedurasi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yer ostidagi qazilma boyliklari haqidagi
dastlabki signallarga raqamli ishlov berish boʻyicha yangi parallel algoritm ishlab
chiqildi, bunda eng avval masofadan zondlashdan olingan signallar chiqur tahlil
qilindi va baholandi. Yer osti qazilma boyliklari haqidagi
dastlabki signallarga
raqamli ishlov berish parallel hisoblash algoritmi ish jarayonini tezlashtirish bilan
bir qatorda ish sifatini va samaradorligini oshirish imkonini berdi. Shuningdek
harorat maydonlari signallariga raqamli ishlov berish oraqli ularni tiklashdagi
aniqlikni oshirishga erishildi va natijada harorat maydonidagi, harorat yuqori
bo‘lgan nuqtalardagi qiymatlarini aniqlashga erishildi.
20
XULOSA
“Geofizik signallаrgа rаqаmli ishlov berish jаrаyonlаrining pаrаllel
аlgoritmlаri vа dаsturiy mаjmuаsi” mavzusidagi dissertatsiya boʻyicha olib borilgan
tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar taqdim etildi:
1. Signallarga raqamli ishlov berishda bikubik
splayn-funksiya usullari va
parallellashtirishning algoritmik va apparat vositalari tadqiq etilib, natijada
signallarni raqamli ishlash jarayonlarini parallellashtirish uchun eng maqbul
matematik apparat bikubik splayn-funksiyalar va eng maqbul koʻp yadroli
arxitekturalar
ekanligi asoslandi;
2. Bikubik splayn-funksiya modellarini qurish orqali katta hajmli signallarni
raqamli ishlash imkonini berdi. Bu esa bikubik splaynlar orqali oʻlchab olingan
signallarni raqamli ishlashning parallel algoritmlarini ishlab chiqishga asos boʻldi.
Yaratilgan parallel algoritmni yerni masofadan oʻlchab olingan signallarga tatbiqi
koʻrib chiqildi va bikubik splaynlarning signalni tiklashdagi xatolik natijalar olindi.
3. Kompyuter xotiralarini ishlash dinamikasini tahlil qilish uning ishlash
samaradorligini oshirish imkoniyatlarini berdi. Kompyuter xotiralarining dinamik
oqimlarini zamonaviy dasturlash tillari yordamida boshqarishning yangi
algoritmlarini ishlab chiqish - protsessorda bajariladigan
parallel hisoblash
jarayonlarini tezligini yanada oshirish imkonini berdi. Misol uchun geofizik
tadqiqotlarimiz natijasida signallarga raqamli ishlaga ketadigan vaqt 16%ga
aniqlilik 12-15%ga oshirildi.
4. Ishlab chiqilgan algoritmlar asosida bikubik splayn orqali xarorat
maydonlaridan olinadigan signalga raqamli ishlov berildi. Natijada bosh xarorat
maydonlaridagi oʻzgarishlarni aniqlash vaqti qisqartirilishiga hamda xatoliklar
kamaytirilishiga
olib keldi;
5. Klaster texnologiyasi va koʻp yadroli protsessor arxitekturasi yordamida
katta hajmdagi geofizik signallarni parallel hisoblash jarayonlarining splayn
usullarini amaliyotga joriy qilish asosida bashoratlash, interpolyatsiya qilish,
moslashtirish,
identifikatsiyalash, qayta tiklash va siqish jarayonida maʼlumotlar
uzatish tezligini oshirish orqali belgilangan aniqlik bilan, umumiy tizim
samaradorligini oshirish imkonini berdi.
6. Geofizik signallarni bikubik splayn asosida raqamli ishlashning parallel
algoritmi taklif etildi. Taklif etilgan parallel algoritm natijasida hisolashlarga
ketadigan vaqtdan yutilganlik orqali mehnat unumdorligi 17% ga oshirildi.
7. Ko‘p o‘lchovli
signallarni raqamli
ishlashni koʻp yadroli protsessorlar
yordamida parallelashtirishni bikubik splaynlar usullari orqali hisoblash
jarayonlarini modellashtirish uchun dasturiy majmua yaratildi.