9
Dissertatsiyaning «
Geofizik signallаrgа rаqаmli ishlov berishdа splаyn
funksiya vа klаster texnologiyalаrining tizimli tаhlili» deb nomlangan
birinchi
bobida geofizik signallarga raqamli ishlov berishning zamonaviy usullari,
qo‘llanilish sohalari va yo‘nalishlari rivoji, splayn
funksiyalarining ahamiyati
shuningdek klaster texnologiyalari va klaster qurishda tarmoq texnologiyalari
haqida batafsil ma’lumotlar keltirildi. Tadqiqot ishida bugungi kunda keng
foydalanilayotgan ba’zi splayn funksiyalari va ularni geofizik signallarga raqamli
ishlov berish orqali, signallarni tiklashda va maʼlumotlarini tahlil qilishda muhimligi
keltirildi. Jumladan, bugungi kunda Respublikamiz hududidagi yer
osti boyliklarini
topish va ularni himoya qilish uchun fan va texnikaning so‘nggi yutuqlaridan
sanalayotgan masofadan zondlash texnologiyasidan foydalanilyotgani keltirildi.
Bugunga kelib masofadan zondlash, samolyotlar orqali havodan, sun’iy yo‘ldoshlar
orqali fazoviy usullardan amalga oshiriladi. Masofadan zondlash orqali tadqiqot olib
borilayotgan hududdagi yer yuzasidagi ma’lumotlarni
8.25
−6
metrgacha, yer
yuzasida yoriqlar mavjud bo‘lsa yoriq chuqurligiga qarab 2000 metrgacha olish
mumkin. Yer rudalarning spektrining to‘lqin uzunligi esa spektrometr orqali
o‘lchanadi, hozirda O‘zbekistonda yagona nusxada bo‘lgan spectral evolution PSM-
3500 apparati orqali o‘rganilayotgan hududdan keltirilgan na’munalani
ustki
qavatidagi spektrining to‘lqin uzunligi hamda ichki qavati ochilib ichki qavati
spektrining to‘lqin uzunligi o‘lchanadi hamda DARWin dasturiga ma’lumotlarni
saqlab qo‘yadi. Tadqiqot ishi olib borilayotgan hududdan keltirilgan namunalardan
olingan natijalar kosmosdan sensorlar yordamida olingan natijalar bilan
solishtiriladi va qaysi hududda qanday yer osti boyliklari borligi aniqlanadi.
Tadqiqot ishida hozir kunda yerni masofadan zondlash orqali signallarni olishning
quyidagicha amalga oshirilishini ko‘rsatib o‘tildi 1-rasmda keltirilgan.
Geofizik signallarga raqamli ishlov berishda yuqoridagilardan kelib chiqib
shuni takidlash mumkinki jahondagi nufuzli unversitet va ilmiy tadqiqot markazlari
signallarga raqamli ishlash usullari bir qator afzalliklarga
ega ekanligini keltirib
oʻtilgan:
signallarni raqamli ishlashning har qanday murakkab algoritmlarini amalga
oshirish mumkinligi;
algoritmlarni real vaqtda amalga oshirish imkoniyatini beruvchi elementlar
bazasi
mavjudligi;
raqamli qurilmalarga yuqori aniqlikda ishlov beruvchi algoritmlarni
yaratilganligi va mavjudligi;
nazariy jihatdan uzatilayotgan maʼlumotlarni xalaqitbardosh signallardan
foydalanib uzatish va saqlash natijasida yuqori aniqlikda qayta tiklash
imkoniyatining borligi raqamli signallarga xosdir.
Umuman olganda signallarga raqamli ishlov barish orqali yuqoridagi keltirib
o‘tilgan afzalliklar erishish mumkinligini inobatga olgan holda geofizik signallarga
raqamli ishlov berishga bo‘lgan zarurat asoslandi.