8
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bikubik splaynlar yordamida ikki
oʻlchovli signallarga raqamli ishlov beruvchi klaster texnologiyalariga asoslangan
parallel algoritmlar yaratish va ularning dasturiy vositalarini ishlab chiqish boʻyicha
olingan natijalar asosida:
geofizik signallarni raqamli ishlash jarayonlarini tezkor parallelashtirish usuli
asosida
kiruvchi
signalning
muhim
parametrlarini
aniqlovchi,
klaster
texnologiyalari yordamida tizimning hisoblash jarayonlarini
parallel algoritmlari
asosida yaratilgan dasturiy vosita «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi
instituti» davlat muassasasiga joriy qilingan (Oʻzbekiston
Respublikasi davlat
geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiining 2022 yil 12 oktyabrdagi
33-8/5088-son maʼlumotnomasi).
Natijada, muassasaning joriy foydalanib
kelinayotgan hisoblash algoritmlariga nisbatan klaster
texnologiyalari yordamida
maʼlumotlarga parallel ishlov beruvchi dasturiy vosita tizim hisoblashlariga
ketadigan vaqt o‘rtacha 16% ga kamaytirildi, aniqlik darajasi 13-15% ga oshirildi,
hamda mehnat unumdorligi o‘rtacha17% ga
oshirish imkonini berdi;
bikubik splayn-usullar yordamida signallarni raqamli ishlash va silliqlash
algoritmi asosida yaratilgan dasturiy vosita «UzAuto Motors»
aktsiyadorlik
kompaniyasiga joriy qilingan,
natijada, kompaniyaning joriy foydalanib
kelinayotgan hisoblash algoritmlariga nisbatan taklif qilingan
va ishlab chiqilgan
parallel usul, algoritmlar va dasturiy vosita tizim hisoblashlari samaradorligini
20-25% ga oshirish imkonini bergan.