• Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
  • Tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalarini rivojlanishining




    Download 2,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/26
    Sana12.01.2024
    Hajmi2,35 Mb.
    #135533
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    dissertatsiya

    Tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalarini rivojlanishining 
    ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot Respublika fan va 
    1
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 2021-yil 15-iyun
    2
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, 2021-yil 6-oktabr 



    texnologiyalarini 
    rivojlanishining 
    IV. 
    «Axborotlashtirish 
    va 
    axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish» ustuvor yo‘nalishi doirasida 
    bajarilgan. 
    Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahonda signallarga raqamli ishlov 
    berishning parallel algoritmlari hamda dasturiy majmualari ishlab chiqish 
    muammolari ilmiy adabiyotlarda keng yoritilgan. Jumladan, xorijiy davlatlardagi 
    olimlardan V.V. Voevodin, А.S. Аgatov, K.Yu. Bogachev, Sh.Exter, Dj.Roberts, 
    G.Endryuslarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan.
    Respublikamiz olimlaridan M.M. Musaev, X.N. Zaynidinov, Oʻ.R. Xamdamov, 
    O.U. Mallaev, B.R. Аzimov va boshqalar signallarni tahlil qilish, signallarga raqamli 
    ishlov berish usullari kabi yo‘nalishlarda yuqori ilmiy natijalarga erishganlar. 
    Adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra geofizik tadqiqotlarda 
    o‘lchab olinadigan signallarni hajmi katta hisoblanadi. Bugungi kunda bu signallar 
    inson ishtirokida tahlil qilinadi, shu sababli bu jarayonlar ko‘p vaqt talab qiladi. 
    Shuning uchun ham geofizik tadqiqotlarda signallarga raqamli ishlov berish 
    maqsadida parallel texnologiyalarni qo‘llash va ularni natijalarining aniqligini 
    oshirishga bag‘ishlangan ishlar hali yetarlicha darajada o‘rganilmaganligini va 
    dolzarb masala ekanligini ko‘rsatdi. Biz taqdiqotimizda harorat maydonlari 
    signallari sifatida pechatni platalarning signallarini olganmiz. Bu hozirgi kunda 
    “Best soft” dasturi orqali o‘lchab olinadi va harorat maydonining qizish darajalari 
    belgilanadi. Lekin undagi asosiy kamchiliklardan biri pechatni platalardagi aynan 
    qaysi nuqtasida harorat yuqori ekanligini aniqlash bir qancha muammolarni keltirib 
    chiqaradi. Shu sababli ham ulardagi signallarni tiklashdagi aniqlikni oshirish va
    harorat yuqori bo‘lgan nuqtalarni belgilab olish amaliy dasturiy vositalarda ham 
    ilmiy tadqiqot ishlarida ham yetarli o‘rganilmagan va dolzarb masala ekanligini 
    ko‘rsatdi. 

    Download 2,35 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 2,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalarini rivojlanishining

    Download 2,35 Mb.
    Pdf ko'rish