|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti raqamli texnologiyalar konvergensiyasi
|
Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 2,77 Mb. | | #109492 |
Bog'liq 4-sonli bayonnoma
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMLI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR KONVERGENSIYASI
KAFEDRASINING MA’NAVIYAT ISHLARI BO‘YICHA
№ 4–sonli majlisi
bayonnomasi
2023 yil «19» sentyabr Toshkent sh.
Qatnashdilar:
|
Kaf mudiri., t.f.f.d. N.A.Egamberdiyev, prof. Sh.A. Anarova, t.f.d. prof. M.S. Yakubov, dots. N.T. Malikova, dots. Xurramova R. dots. T.A.Xo‘jaqulov, dots. Mansurova M., katta o‘qituvchilar: A.E.Quvnaqov, R.X.Yuldashev, F.M.Alimova, T.B. Djurayev, assistentlar: N.A.Naim, V.S.Sodiqov, R.T.Gaipnazarov, To’xtasinov A.
|
Kun tartibi:
Kafedra professor o‘qituvchilari hamda “Yangi tarnov” mahallasidan 24 nafar maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlar yetakchisi J.Sirojiddinov ishtirokida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif amalga oshirildi.Tashrif davomida yoshlarga qatagʻonchilik siyosatining paydo boʻlish sabablari, oqibatlarini tadqiq etish, uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi, mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi otabobolarimizning xotirasiga hurmat keltirish, qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviy maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish, qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini oʻrganish, muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqalar eksponatlar bilan tanishtirildi.
Tashrif mobaynida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollar bilan murojat qilishib, muzey xodimlari tomonidan batafsil ma’lumot berib borildi. Tashrifdan so‘ng yoshlarga boy o‘tmishimiz va madaniy merosimiz haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilindi.
Qaror qilindi:
Yoshlarni boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Muzeylarga tashrif” loyihasinini amalga oshirildi.
Belgilangan reja-jadval asosida yoshlarning muzeylarga tashriflarini tashkil etildi.
Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi
kafedrasi mudiri N.Egamberdiyev
|
| |