4.1 - rasm. Aloqa korxonalaridan mehnat muxofazasi bo’yicha ishlarni tashkil qilish
Korxona boshlig’i korxonada mehnat muxofazasini tashkil qilish uchun javob beradi, bosh muxandis va boshliq muovinlari va mehnat to’g’risidagi qonunchilik, TX qoida va me’yorlari, ishlab chiqarish sanitariyasi, ularga bo’ysunadigan bo’limlar, sexlar, uchastkalarda yong’in xavfsizligiga rioya etilishi ustidan to’liq ma’suldir.
Mehnat muxofazasi bo’yicha ishlarning bajarilishi ustidan nazorat uchun bosh muxandisga bo’ysunuvchi mehnat muxofazasi bo’yicha muxandis tayinlanadi.
Raxbar yuqori xavfli ishlar ro’yxatini bilishi, ximoya vositalari va saqlovchi qurilmalar yarog’lilik axvoli va mavjudligi ustidan kuzatib borishi, ventilyatsiya qurilmalari, ish joylarining yoritilishi, ishining to’g’riligini tekshirib borishi, shovqin va tebranishlarning kamayishiga erishmog’i, ishchi va xizmatchilarni ishlashning xavfsiz uslubni ularga o’rgatish, saboqlar uyushtirishi, texnika xavfsizligi qoidalarini nechog’lik bilishlarini davriy tekshirib turishi lozim.
Raxbar, shuningdek, TX qoidalari va me’yorlarini bajarmagan shaxslarni ishdan chetlatishi, agar insonlar xayoti va salomatligiga taxdid solayotgan bo’lsa, mexanizmlar ishini to’xtatishi, jabrlanganga birinchi yordam ko’rsatishni tashkil qilish, baxtsiz xodisalarni tergov qilish va ularni oldini olish yuzasidan choralar ko’rishda ishtirok etishi lozim. Aloqa korxonalarida travmatizmni kamaytirish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar o’tqazish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadlarida mehnat muxofazasi axvoli ustidan 3-pog’onali nazorat joriy etiladi.
Xar kuni usta yoki brigadir jamoat nazoratchisi bilan birga ishchilar axvoli, uskunalarning sozligi va ximoya vositalarining yaroqliligini tekshiradi. Nuqsonlar topilganda zudlik bilan ularni bartaraf etish bo’yicha choralar ko’riladi. Agar nosozliklarni kuchlari bilan bartaraf etish mushkul, imkonsiz bo’lsa, nuqsonu nosozliklar 3-pog’onali nazorat jurnaliga qayd etiladi.
Xar xafta sex boshlig’i katta jamoat nazoratchisi bilan xamkorlikda sexda mehnat muxofazasining axvolini birma-bir tekshiruvdan o’tkazadi, usta tomonidan bildirilgan nosozliklar bo’yicha qarorlar qabul qiladilar, avvalgi tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar bajarilishini nazorat qiladi. Tekshiruv natijalari sex boshlig’i xuddi shu jurnalga yoziladi.
Xar oyda bosh muxandis va mehnat muxofazasi bo’yicha muxandis korxona bo’yicha mehnat muxofazasining axvolini tekshiradi, tekshiruvning 1 va 2 pog’onalarida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etilishini nazorat qiladi.
Tekshiruv natijalari korxona bo’yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat muxofazasi bo’yicha muxandis muntazam TX qoidalari va me’yorlari, ishlab chiqarish sanitariyasi, yuqori turuvchi tashkilotlar farmoyishlari, nazorat qiluvchi organlari xujjatlarining ijrosini nazorat qiladi.
U yangi qabul qilingan xodimlar bilan ilk yuriqnomani o’tadi, TX bilimlarini tekshirish bo’yicha komissiyalar ishi va ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni tergov qilishda ishtirok etadi.
Xar yili korxonalar N21-T shaklida reja bajarilgani to’g’risidagi hisobotlarni tuzadilar va ularni yuqori turuvchi xo’jalik va kasaba uyushma tashkilotlariga yuboradilar.
Xisobotga noqulay sharoitlarda ishlovchilar soni xaqida ma’lumotlar va hisobot yilida me’yorlarga muvofiq xujjatlar kiritiladi.
Hisobotda rekonstruktsiya, kapital remont bo’yicha bajarilgan ishlar xajmi va ishlab chiqarish sexlar, umuman TX qoidalari va me’yorlari talablariga javob bermaydigan uchastkalarni ekspluatatsiyadan chiqarish to’g’risida ma’lumotlar bo’lishi kerak.
Mamuriy-xo’jalik va injener-texnik ishchi mehnat qonunchiligi va mehnat muxofazasi qoidalarini buzsalar intizomiy, mamuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo’llashga xaqli:
1. Xayfsan;
2. O’rtacha oylik ish xaqining yigirma foizidan ortiq bo’lmagan miqdorga jarima solish xollari xam nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish xaqidan jarima ushlab qolish ushbu kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan xolda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
3. Mehnat shartnomasini bekor qilish (100–modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari).
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo’llash taqiqlanadi.
Mamuriy jazo - (ogoxlantirish yoki jarima) TX qoidalari yoki sanoat sanitariyasi qoidalari buzilishida aybdor xodimga texnik inspektsiya va sanitar nazorat organlari tomonidan ogoxlantirish yoki jarima solinadi.
Mehnat muxofazasi qoidalari buzilishi, atrof-muxit ifloslanishi ustidan agar bu qonunbuzarliklar oqibatida baxtsiz xodisalar chiqishi mumkin, insonlar salomatligiga zarar etkazsa, mansabdor shaxslar prokuratura organlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortiladi.
4.3. Turli favqulotda vaziyatlarning umumiy tavsiflari
Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko’ra (sababi va kelib chiqish manbaiga ko’ra):
1. Tabiiy tusdagi FV;
2. Texnogen tusdagi FV;
3. Ekologik tusdagi FVlarga bo’linadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli xodisalar kiradi:
1) geologik xavfli xodisalar: zilzilalar, yer ko’chishlari, tog’ o’pirilishlari va boshqa xavfli geologik xodisalar;
2) gidrometeorologik xavfli xodisalar: suv toshqinlari, sellar, qor ko’chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshka xavfli gidrometerologik xodisalar;
3) Favkulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar: aloxida xavfli infektsiyalar (ulat, vabo, sargayma, isitma), yukumli kasalliklar, rikketsiyalarepidemik toshmali terlama, bril kasalligi, zoonoz infektsiyalar - sibir yarasi, kuturish, virusli infektsiyalar - SPID.
Epidemiya - odamlarning gurux bo’lib yuqumli kasallanishi, ularning zaxarlanishi (zaxarli modda bilan xamda oziq-ovqatdan ommaviy zaxarlanish) epizootiya — xayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo’lishi; Epifitotiya esa usimliklarning ommaviy nobud bo’lishidir.
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar. Ekologik tusdagi FVlar asosan 3 xil bo’ladi:
1. Quruqlik (tuproq, yer osti)ning xolati o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar: xalokatli kuchkilar — foydali qazilmalarni qazish chog’ida yer ostiga ishlov berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida yer yuzasining o’pirilishi, siljishi.
Tuproq va yer sanoati tufayli kelib chiqadigan toksikantlar bilan ifloslanishi, ogir metallar, neft maxsulotlari, shuningdek, qishlok xo’jaligi ishlab chiqarishida odamlarning sog’ligi uchun xavf soluvchi kontsentratsiyalarda qo’llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaxarli ximikatlar mavjudligi;
2. Atmosfera (xavo muxiti) tarkibi va xossalari uzgarishi bilan boglik bulgan vaziyatlar:
Xavo muxitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:
- oltingugurtli oksid, azotli oksid, uglerodli oksid, dioksid, kurum, chang va odamlar sog’lig’iga xavf soluvchi kontsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar;
- keng qo’lamda kislotali xududlar xosil bo’lishi va ko’p miktsorda kislota chiqindilari yog’ilishi;
- radiatsiyaning yuqori darajasi.
3. Gidrosfera xolatining uzgarishi bilan bog’liq vaziyatlar:
- Yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloqxo’jaligi ishlab chiqarishi oqavalari;
- Neft maxsulotlari, odamlarning zaxarlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan, tarkibida og’ir metallar, xar xil zaxarli ximikatlar mavjud chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan eksteremal yuqori darajada ifloslanishi;
- binolar, muxandislik kommunikatsiyalari va uyjoylarning yemirilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan sizot suvlar miktsorining ortishi;
- suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvining keskin yetishmasligi.
Xozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti — BMT bo’yicha favqulotda vaziyatlarning tavsifiga yana qushimcha qilib:
a) ijtimoiysiyosiy tavsifdagi FV;
b) xarbiy tavsifdagi FV ni kiritish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga kura bizning mintaqada 7 xil FV turlari tasdiqlangan:
1. Zilzilalar, yer surilishi;
2. Sel, suv toshqinlari va boshqalar;
3.Kimyoviy xavfli ob’ektlarda avariya va falokatlar (o’tkir zaxarli moddalarning ajralib chiqishi);
4. Portlash va yong’in xavfi mavjud ob’ektlardagi avariya va falokatlar;
5.Temir yul va boshqa transport vositalaridatashish paytidagi avariya va falokatlar;
6. Xavfli epidemiyalarning tarqalishi;
7. Radioaktiv manbalardagi avariyalar.
XULOSA
Milliy axborot tizimini yaratish maqsadida O’zbekiston telekommunikatsiya bozorida yangi texnologiyalar va xizmatlarni joriy etishni muvaffaqiyatli amalga oshirish nazariy jihatdan mumkin bo’lgan bozorni to’g`ri bashorat qilishiga bog`liq bo’lib, bu jarayon ko’plab ta’sir etuvchi omillarga bog`liq murakkab vazifa hisoblanadi.
Yangi turdagi texnologiyalar va xizmatlarni joriy etishning dastlabki bosqichida «elita» bo’lib ko’rinadigan har qanday axborot kommunikatsiya xizmatlari tashkiliy jihatdan sinchkovlik bilan o’ylab ko’rilishi kerak, chunki har qanday «arzimas narsa» ko’zda tutilgan loyihani amalga oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xizmatlarni taqdim etishning qandaydir elementida xizmatlar iste’molchisining vaqt sarfi uning shaxsiy vaqt to’g`risidagi tasavvuriga mos kelmasa, bunday xizmat turi, tashqi tomondan qanchalik jozibali bo’lmasin, talab qilinmay qolib ketadi. So’ngi yillarda «bo’sh vaqt qimmati» tushunchasi tobora iqtisodiy mazmun bilan to’lib bormoqda.
Boshqaruvda yoki bevosita ishlab chiqarishda band bo’lgan har qanday odam, uning ishi qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilgan va axborotlashtirilgan bo’lsa, u qanchalik ilg`or texnologiyalardan foydalansa va uning mahsuloti hamda xizmatlari qanchalik samarali reklama qilinsa, shunchalik yuqori unumdorlik bilan mehnat qiladi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va informatsion iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida biznesning yangi shakl va turlari, yangi ish konsepsiyalari va yangi tashkiliy strategiyalar vujudga kelmoqda, xalqaro savdo (internet-do’konlar, internet-aukstiorlar, internet maydonlar) va raqobat andozalarida siljishlar sodir bo’lmoqda.
Insoniyatning axborot kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarining jadal rivojlanishi hamda axborotning inson faoliyatining barcha sohasidagi ahamiyatining sezilarli oshib borishi bilan tavsiflanadigan global axborot jamiyati tashkil topish va rivojlanishi bilan belgilanadi, iqtisodiy munosabatlarning global evolyutsiya fazasiga kirishini, axborot va telekommunikatsion texnologiyalar, xizmatlarning, axborot va telekommunikastion industriyaning yuz berayotgan konvergenstiyasini, axborot, telekommunikastion va axborot kommunikastiya xizmatlarining jadal rivojlanshi, yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalari, info-kommunikatsion xizmatlar va sanoatining iqtisodiy samaradorligini oshirish va jamiyatning barcha sohalarida demokratik jamoat institutlarini rivojlantirishdagi hal qiluvchi rolini, axborot kommunikastiya xizmatlari bozorining yuz berayotgan liberallashuvini hamda bu bozorda raqobatning rivojlanishini hisobga olgan holda axborot kommunikatsiya xizmatlarining rivojlantirsh.
Ushbu bitiruv malakaviy ishda “O‘zbektelekom” AK faoliyati tahlil qilindi. Kompaniya abonentlari barqaror o‘sib bormoqda, ko‘rsatilayotgan xizmatlarga bo‘lgan talab ortmoqda. “O‘zbektelekom” AK taklif miqdorini talab miqdoriga mos ravishda o‘z vaqtida oshirib borishi lozim.
Davlat organlari va boshqaruvida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ochiq turdagi fuqarolar jamoasini yaratishga, davlat boshqaruv samaradorligini ko’tarishga, davlat sektori xarajatlarini qisqartirishga, davlat organlari va boshqaruvi bilan fuqarolar hamda xo’jalik sub’ektlari orasidagi o’zaro munosabatlarni yuksalishiga yordam beradi.
Davlat sektoriga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilinishi iqtisodiyotni rivojlanishini tezlatadi, ish samaradorligini oshiradi, davlat muassasalarining ishlab chiqarish O’zbekiston Respublikasida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi uchun zaruriy shartlari bo’lib xuquqiy va uyushtirish shartlari hisoblanadi, bu esa o’z navbatida jamiyatni demokratik o’zgarishlariga olib kelib aholini axborot resurslarni erkin olishiga, uzatishiga va tarqatishiga xuquq beradi.
Shuningdek, ishda korxona, tashkilot va davlat muassasalarida hodimlarni ish unumdorliklarini oshirish maqsadida “Huey Hire” loyihasidan foydalanish taklifi kiritildi va tahlil qilindi. Agarda tashkilotlar tomonidan bu loyihaga mos ravishda chora va tadbirlar ko’rilsa hodimlarning aksariyati o’zlarining ish faoliyatlariga bo’lgan qarashlari o’zgaradi hamda ish unumdorliklari ortishiga hech shak-shubha yo’q.
|