4.2. Aloqa korxonalari va tashkilotlarida mehnat muxofazasi bo’yicha ishlarni tashkil qilish va ularning bajarilishi ustidan nazorat
Aloqa xodimlari kasaba uyushmalari yoki viloyat kasaba uyushmalari kengashining texnik nazoratchisi istalgan vaqtda mashina uskunalari, mexanizmlar muvofiqligini, texnika xavfsizligi qoidalari talablari, ishlab chiqarish va yordamchi binolarning sanitar axvolini, sanitariya me’yorlari talablari, mehnat va dam olish rejimiga amal qilishni, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyafzal, maxsus oziq-ovqat va ximoya vositalarining o’z vaqtida berilishini tekshirish uchun aloqa korxonasini ko’zdan kechirish xuquqiga ega.
Xar bir korxonada kasaba uyushma raisi saylanadi, uning qoshida jamoa shartnomasini bajarilishini nazorat etuvchi katta jamoat nazoratchisi boshchiligidagi mehnatni muxofaza qilish komissiyasi ishlaydi, baxtsiz xodisalarni tekshirishda, shuningdek, TX qoidalarini bilishlarini tekshirishda ishtirok etadi.
Sexlar va bo’limlarda kasaba uyushmalari a’zolaridan apparaturalar, asboblarning yaroqligini, ishchi joylarda to’siqlarni, blokirovkalarni, xisoblash qurilmalari va isitish tizimlari ishini, yoritilish axvolini nazorat qiluvchi va tozalik xamda tartibga rioya etuvchi mehnat muxofazasi jamoat nazoratchisi tanlanadi. U ishchi joyida instruktaj (yo’l-yo’riq) o’tqazilishi, sexning barcha xodimlari tomonidan Texnika Xavfsizligi yuriqnomalarini o’rganish, ish vaqti va tartibi rejimi, ta’tillar berilishi, xordiq kunlari, ishchilarni ximoya vositalari bilan ta’minlashni nazorat etadi. Butun aniqlagan kamchilik va nuqsonlar xaqida jamoat nazoratchisi sex ustaci yoki boshlig’iga xabar qilishi va uni ishlab chiqishi lozim. Mehnat muxofazasi bo’yicha barcha komissiya a’zolari jamoa shartnomasiga kiruvchi MM bo’yicha tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etadilar.
|