3.8 – rasm. To’g’ri tashkil etilgan ma’lumotlar bazasining ko’rinishi
Axborotlar sohasi korxonalarida marketingning texnikasi va strategiyasini tadbiq etilishi nafaqat katta hajmdagi tadqiqot va hisoblash ishlari sababli, balki shakllanayotgan axborot mahsulotlari va xizmatlarining tuzilishi, tarkibi va mazmunini rejalashtirishda bozor vaziyatlarini xuddi shunday hisobga olish maqsadida marketing tadqiqotlari jarayonida olingan dastlabki tahliliy axborotlarini talqin qilishning bir ma’noli emasligi va ularni o’zlashtirishning murakkabligi natijasida katta qiyinchiliklari bilan bog’liq. Ushbu holat axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingiga zamonaviy kompyuter texnologiyalarini jalb qilishni talab qiladi.
Marketing axborot boshqaruv tizimlari – bu hammadan avval informatikaning zamonaviy axborot kommunikatsion va dasturiy vositalari asosida faoliyat yurituvchi interaktiv xizmatlarning marketing faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida marketing axborotlarini yig’ish, saqlash, faollashtirish va ishlab chiqishni ta’minlovchi majmuidir.
Hozirgi vaqtda har tomonlama rivojlangan jamiyatni axborotlashgan deb ataydilar. Zamonaviy axborot texnologiyalari tufayli insonning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati, uning kundalik muloqot sohasi jahon sivilizatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tajribalar, bilimlar va ma’naviy boyliklarni jalb qilish hisobiga haqiqatdan ham chegarasi kengaymoqda.
Inson yashayotgan dunyo moddiy va nomoddiy ob’ektlardan, hamda ular o’rtasidagi aloqalar va o’zaro hamkorliklardan iboratdir. Sezgi organlari asboblar yordamida qayd etiluvchi atrofdagi dunyoning dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ular aniq vazifalarni hal qilgan taqdirda axborotlarga aylanadi. Vazifalarni echish natijasida yangi bilimlar tizimlashtiriladi, haqiqiy yoki tekshiruvdan o’tgan qonunlar, nazariyalar, tasavvurlar va qarashlarning boshqa majmualari ko’rinishida umumlashtirilgan ma’lumotlar paydo bo’ladi. Keyinchalik bu bilimlarning o’zlari boshqa vazifalarni echish va o’tganlarni aniqlash uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarning tarkibiga kirishlari kerak bo’lishi mumkin.
Tijorat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar o’zlarining modellarida foydalanuvchilarning modellarini ham hisobga olishga harakat qiladilar.
Shunday qilib, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida yaratilayotgan va tarqatilayotgan asosiy tovar «axborot mahsulotlari va xizmatlari» dan iborat. O’z - o’zicha ma’lumotlarning mavjudligi, hatto noyob bo’lsada, agar foydalanuvchi ularni eng qulay shaklda ololmasa, tijorat muvaffaqiyatini kafolatlamaydi.
|