1.1 - rasm. Axborot kommunikatsiyalar bozori ishtirokchilari tashkiliy
funksional aloqalari
Dasturiy maxsulot, ma'lumotlar bazasi va ekspert xizmatlari turidagi axborot maxsulotlari hisoblash quvvati, xotira va o’tqazish imkoniyati kabi xususiyatlariga ko’ra strategik ahamiyatga ega bo’lib borayapti. Taxlillarimiz axborot kommunikatsiyalar biznesi tovarlaridan keng ko’lamda foydalanmasdan turib
davlat miqyosidaga quyidagi asosiy masalalarni xal etish mumkin emasligini ko’rsatadi:
1. Davlat xavfsizligi. Xozirgi kunda intellektual dasturiy tizimlar bizga ma'lum va ma'lum bo’lmagan turli qurollardan ko’ra davlatni ximoya qilishning
eng takomillashgan vositalaridan hisoblanadi va uning xavfsizligini ta'minlaydi;
2. Iqtisodiy isloxotlarni rivojlantirish. Bozor iqtisodi munosabatlarini judayam samarali va takomillashgan darajaga olib chiqishda zamonaviy kompyuter
texnologiyalarini keng ko’lamda qo’llamasdan bo’lmaydi;
3. Jaxon iqtisodiy xamjamiyati tarkibiga kirish. Iqtisodiy o’sishning asosiy muammolaridan biri - investitsiya faoliyatini jadallashtirish va sanoatga mablag’ jalb etishni kengaytirishdan iborat, chunki chet el kapitalini jalb etish milliy iqtisodni rivojlantirishning strategik masalalaridan;
4. Zamonaviy dasturiy maxsulotlar bozorini shakllantirish va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan turlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash dasturiy maxsulotlarni shlab chiqarish shunday soxalarga taalluqliki, u rivojlanish yo’lida yuksalib bormoqda.
|