• Maydon nomi Ma’lumot turi Maydon uzunligi Talaba kodi Счетчик Familiyasi Текстовый 15 Ismi
  • Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov
  • Toshkent davlat agrar universiteti s. M. Aminov, S. I. Muxamadiyev, S. Sh. Rasulov axborot kommunikatsion




    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/75
    Sana25.01.2024
    Hajmi15,83 Mb.
    #145778
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
    Bog'liq
    kommunikacion tehnologijalar 2020 j

    II topshiriqlar 
    1-vazifa:
    MBni yaratishda MS Access dasturidan foydalanish
    1. Yangi MB yarating;
    2. MB jadvalini tuzing;
    3. Misoldagi kabi, jadvalning maydonini aniqlang (1- jadval);
    4. Tuzilgan jadvalni saqlang;
     
    Talaba jadvali 
    Maydon nomi 
    Ma’lumot turi 
    Maydon uzunligi 
    Talaba kodi 
    Счетчик 
    Familiyasi 
    Текстовый 
    15 
    Ismi 
    Текстовый 
    15 
    Sharifi 
    Текстовый 
    15 
    Tug‘ilgan sanasi 
    Дата/время 
    fakulteti 
    Текстовый 

    Telefon raqami 
    Числовой 
    1. Yangi MBni yaratish uchun:
    −Access dasturini ishga tushiring, paydo bo‘lgan oynadan “Новая база данныx” 
    bo‘limini tanlang;
    − MB joylashadigan papkani tanlang va “Файл новой базы данных” oynasida
    yaratilayotgan MBsiga nom bering. Access dasturi sizga avtomatik ravishda dB1 
    nomini taklif qiladi.
    Fayl turi esa – Access MB. MBga nom bering, fayl turini esa oldingi holatda
    qoldiring, Chunki boshqa fayl turi maxsus xollarda kerak;
    − “Создать” tugmasini bosing.
    2. MB jadvalini tuzish uchun:
    − MB oynasidan jadval bo‘limini tanlang va “Создать” tugmasini bosing;
    − “Новая таблица” oynasidan Konstruktor bo‘limini tanlang va “OK” ni bosing. 
    Natijada konstruktor rejimida jadval oynasi ochiladi (77-rasm).
    3. Jadval maydonini aniqlash uchun:
    − “Имя поля” ustundagi qator maydoniga ma’lumot kiritish;
    − “тип данных” ustundagi qatorda tugmani bosing va mos turni tanlang.
    7.6-rasm. Konstruktor rejimidagi jadval oynasi 


    Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov 
    67 
    “Описание” ustunini to‘ldirish Shart emas, bu holat maydon haqida 
    qo‘shimcha ma’lumot kiritish uchun ishlatiladi. Jadvalda qolgan barcha 
    maydonlarni aniqlash uchun Yuqorida ko‘rsatilgan ishlarni bajarish kerak.
    Ekranning pastki qismidagi “Общие” bo‘limiga e’tibor bering.“Razmer
    polya” bo‘limidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish mumkin, qolganlarini esa avtomatik 
    ravishda kiritilgan, masalan, ma’lumotlarni matnli turi uchun Access dasturi
    uzunligi 50 ta belgini taklif etadi. Lekin “Familiya” maydonining uzunligi 15 ta 
    belgiga boradi, familiya nechta belgi ekanligini aniq sanab olgan ma’qul. Ushbu
    maydon uzunligini keyinchalik o‘zgartirsa bo‘ladi. Sonli turga Access dasturi 
    “Длинное целое”, taklif etadi, lekin sizning ma’lumotingiz uncha katta raqamli
    bo‘lmasligi mumkin, unda butun (-32768 dan 32767 gacha oralig‘ida), agar kasr 
    son bo‘lsa, u holda “С плавающей точкой”. Kerakli parametrni tanlash uchun
    tugmani maydonda bosish kerak, keyin chiqqan tugmani bosib, kerakli
    ma’lumotni tanlash kerak. Natijada sizning jadvalingiz ancha ixcham ko‘rinishga 
    keladi, MB hajmi kamayadi.
    4. Jadvalni saqlash uchun:
    − “Fayl/Сохранить” bo‘limini tanlang;
    − “Сохранить” oynasidan jadvalga “Talaba” nomini bering;
    − “OK” tugmasini bosing.

    Download 15,83 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti s. M. Aminov, S. I. Muxamadiyev, S. Sh. Rasulov axborot kommunikatsion

    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish