• I. Uslubiy ko’rsatmalar
  • Toshkent davlat agrar universiteti s. M. Aminov, S. I. Muxamadiyev, S. Sh. Rasulov axborot kommunikatsion




    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/75
    Sana25.01.2024
    Hajmi15,83 Mb.
    #145778
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    kommunikacion tehnologijalar 2020 j

     
     
     
     
     
     
     
     
     


    Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov 

    1-amaliy mashg’ulot. Ma’lumotlarni kodlashtirish.
    Sanoq sistemalari bilan ishlash.
    Ishdan maqsad: Shaxsiy kompyuterlar tarkibidagi ichki simvollarni 
    tavsiflashni o‘rganish. Aniq kodlashtirish tizimini tanlashda qo‘yiladigan talablarni 
    o‘rganish. Sanoq tizimlar haqida to‘la bilimga ega bo‘lish, asos, bazis raqamlar, 
    pozitsion va nopozitsion sanoq tizimlar haqida ma’lumot berish, hamda sonlarni bir 
    sanoq tizimidan boshqa sanoq tizimiga o‘tkazish qoidalarini o‘rganish. 
    I. Uslubiy ko’rsatmalar 
    Zamonaviy kompyuterlar nafaqat raqamli, balki alfavit-raqamli ma’lumotlarni 
    ham qayta ishlash imkoniyatiga ega. Bunday alfavit-raqamli ma’lumotlar o‘z 
    tarkibida sonlardan tashqari sintaksis harflarni va matematik simvolllarni, boshqa 
    belgilarni ham o‘z ichiga oladi. 
    Barcha simvollarning majmuasi - mashinaning kirish alfavitini tashkil etadi. 
    Alfavit-sonli ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va chiqarish jarayonlari aniq 
    kodlashtirish tizimini tanlashni taqozo etadi. 
    Alfavit-sonli simvollarni kodlashtirishda 8 razryadli baytlardan keng 
    foydalaniladi. Chunki 8-razryadli baytdan foydalanib 2
    8
    =256ta turli simvollarni 
    kodlashtirish mumkin. Bunday imkoniyat zamonaviy kompyuterlarning to‘la 
    alfavitini tavsiflash imkoniyatini beradi. 
    Zamonaviy kompyuterlarda simvollarni kodlashtirishda ASSII (Amerikada 
    1963 yilda ishlab chiqilgan ma’lumotlarni ayirboshlovchi standartkod) kodlari 
    qo‘llaniladi. 
    Shaxsiy kompyuterlarda ichki simvollarni ASCII kodlari orqali tavsiflashda 
    ularni kodli jadval ko‘rinishida ifodalash qulaydir. Kodli jadval simvollarining Shartli 
    belgilanishi, ichki kodli bog‘lanish orasidagi moslikni ifodalaydi. Odatda kodlar o‘n 
    oltilik yoki o‘nlik sonlar orqali tasvirlanadi. 
    Kodli jadval-quyidagi simvollar guruhini tasvirlashi lozim: 
    - boshqaruvchi simvollar; 
    - arifmetik amallarning belgilari; 
    - raqamlar va yozuv belgilari; 
    - lotin alifbosining xarflari; 
    - psevdografik simvollar; 
    - matematik simvollar. 
    Bosmaga chiqaruvchi qurilmani boshqarish uchun maxsus maqsadlarda 
    foydalaniladigan boshqaruv simvollari qo‘llaniladi. Arifmetik amallarning yozuvli 
    belgilari - ba’zi bir maxsus simvollar hamda raqamlar, Shuningdek matnli va sonli 
    ma’lumotlarni tasvirlash uchun zarurdir. 
    Lotin alifbosining xarflari unga moslashgan algoritmik tillarning matnli 
    ma’lumotlarini tasvirlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, ulardan mashinaga 
    bog‘lik bo‘lgan va mashinaga bog‘lik bo‘lmagan algoritmik tillarning matnlarini 
    ifodalash uchun foydalanish mumkin. Milliy alifbo harflari esa turli tillarda matnli 
    ma’lumotlarni tasvirlab berish uchun xizmat kiladi. 



    Psevdografikli simvollar o‘z navbatida matnli rejimda oddiy grafikli tasvirlarni 
    ko‘rsatishda qo‘llaniladi. Bunday simvollar yordamida monitor ekranida va bosmaga 
    chiqaruvchi qurilmalarda oddiy figuralar, shtrixlar va to‘rtburchaklarni chizish 
    mumkin. 
    Matematik va boshka maxsus simvollar (yig‘indi, tenglik, katta va teng, kichik 
    yoki teng va hokazo) matematik formulalar hamda amallarni tasvirlashda xizmat 
    qiladi. 
    1-jadvalda simvollarning kodlari (ASCII kodlari) keltirilgan. Boshqaruv 
    signallari va o‘nli kod simvollari "0"-dan "127"- gacha bo‘lgan boshqaruv signallari 
    va unli sonli simvollar ASCII kodlashtirish standartiga mos keladi. ASCII 
    kodlashtirish standarti ASCII-ning asosiy jadvali hisoblanib, simvollarni kodlashda 
    atiga 7-ta bit ishlatiladi. 
    Jadvalda boshqaruvchi deb nomlanadigan boshlang‘ich 32 ta (0-31) kod 
    keltirilmagan. Bu kodlar ma’lumotlarni printerlarga chiqaruvchi maxsus vazifalarni 
    bajaruvchi signallarni tasvirlashda, Shuningdek signallarni modemlar orqali aloqa 
    tarmoqlariga uzatishda ishlatiladi. 
    ASCII kodlarining asosiy jadvalidan ko‘rinib turibdiki, 32 dan 127 gacha 
    bo‘lgan o‘nli kodlar - belgilar to‘plamini, arifmetik amallarni, raqamlarni hamda lotin 
    alifbosining harflarini kodlashtirish uchun xizmat qiladi. Jadvalning qolgan qismi 
    (128 dan 255 gacha bo‘lgan o‘nli kodlar) ASCII standartining imkoniyatlarini 
    oshiradi. Ular kompyuterni turli modellari uchun o‘zgarishi mumkin. Jadvalning bu 
    ikkinchi qismida simvollarni kodlashtirish uchun 8 bitdan foydalaniladi. U asosan 
    milliy alifbolar, psevdografikli, matematik va boshqa ko‘rinishli simvollarni 
    kodlashtirish imkonini beradi.
    Quyidagi jadvalda 1 dan 16 gacha bo’lgan sonlarning ikkilik, sakkizlik, o’nlik
    va o’n woltilik sanoq tizimlarda yozilishi keltirilgan. 
    1.1-jadval 
    O’nlik 
    q=10 
    Ikkilik 
    q=2 
    Sakkizlik 
    q=8 
    O'n 
    oltilik 
    q=18 
    O'nlik 
    q=10 
    Ikkilik 
    q=2 
    Sakkizli

    q=8 
    O'n 
    oltilik 
    q=16 










    10 
    11 
    100 
    101 
    110 
    111 


















    10 
    11 
    12 
    13 
    14 
    15 
    1000 
    1001 
    1010 
    1011 
    1100 
    1101 
    1110 
    1111 
    10 
    11 
    12 
    13 
    14 
    15 
    16 
    17 








    Pozitsion ko‘rinishli sanoq tizimning afzalligi shundaki, unda arifmetik 
    amallarni bajarish ancha oson kechadi. Belgilar chegaralangan miqdorda xar 
    qanday yozuvlarni ifodalay oladi. EHM larda ikkilik sanoq tizimni qo‘llash ancha 



    Download 15,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti s. M. Aminov, S. I. Muxamadiyev, S. Sh. Rasulov axborot kommunikatsion

    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish