• 18- laboratoriya mashg’uloti.
  • Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov 5 KIRISH Nazariya amaliyotsiz-о‘lik, amaliyot nazariyasiz-kо‘r!
  • Toshkent davlat agrar universiteti s. M. Aminov, S. I. Muxamadiyev, S. Sh. Rasulov axborot kommunikatsion




    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/75
    Sana25.01.2024
    Hajmi15,83 Mb.
    #145778
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    kommunikacion tehnologijalar 2020 j

    15-laboratoriya mashg’uloti. Grafik muharrirlar yordamida qishloq xo’jaligi yer 
    maydonlari, ekin maydonlari sxemalarini qayta ishlash bo’yicha topshiriqlarni 
    bajarish ……………………………………………........…........................................ 229 
    16-laboratoriya mashg’uloti. Adobe Dreamweaver dasturida web sahifalar 
    yaratish va sahifalarni o’zaro bog’lash…………….………………………………... 236 
    17-laboratoriya mashg’uloti.Adobe Flash dasturi yordamida qishoq xo’jaligi 
    jarayonlariga oid animatsion modellar yaratish………………..…………………… 
    240 
    18- laboratoriya mashg’uloti.Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari bo’yicha 
    topshiriqlarni bajarish….…………………………………………………………….. 244 
     
     
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………....... 247 
     
     


    Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov 

    KIRISH 
    Nazariya amaliyotsiz-о‘lik,
    amaliyot nazariyasiz-kо‘r!
    Xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligida ishlab 
    chiqarishni tashkil etish va boshqarishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini 
    qo‘llash yuqori samaradorlikka erishishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 
    Shuning uchun ham yuqori salohiyatga va malakaga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi
    bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlashda «Axborot-kommunikatsion texnologiyalar» 
    fanining o‘rni beqiyosdir. Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda,
    jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, 
    kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy
    etishda hamda ulardan foydalanishda, fuqarolarning axborotga nisbatan ortib
    borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirishda, jahon axborot
    hamjamiyatiga kirishda, milliy axborot resurslaridan bahramand bo‘lish 
    imkoniyatini kengaytirishda hamda yuqori salohiyatga va malakaga ega bo‘lgan 
    qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlashda «Axborot kommunikatsion 
    texnologiyalari» fanini o‘qitish katta ahamiyatga egadir.Agrar soha ishlab 
    chiqarish jarayonining samarali rivojlanishi uchun xo‘jalik yuritishning eng yuqori va 
    samarali boshqarish tizimi talab etiladi. Axborot texnologiyalari qishloq xo‘jaligi 
    jarayonlarini rejalashtirishga, bashoratlashga, tahlil qilishga va modellashtirishga 
    bog‘liq katta miqdordagi masalalarini echishda muhim vosita bo‘lmoqda. 
    Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan, xususan, qishloq xo‘jaligidagi 
    ko‘p turdagi ishlab chiqarish sohalarida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 
    yaratilmoqda, shu asosda talabalar fanni o‘zlashtirish davomida avtomatlashtirilgan 
    axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lib boradilar. Olingan bilimlari 
    asosida, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barcha sohalaridagi axborot tizimlarini 
    boshqarish va ulardan qarorlar qabul qilishda foydalanish imkoniyatiga ega 
    bo‘ladilar. 
    «Axborot kommunikatsion texnologiyalari»fanini o‘rganish qishloq xo‘jalik 
    ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlariga oid axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, 
    qayta ishlash va qayta ishlangan ma’lumotlar asosida soha bo‘yicha eng samarali 



    qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Amaliy va laboratotiya mashg’ulotlarida talaba 
    bevosita axborot texnologiyalari bo’yicha nazariy bilimlarini aniq mashqlar bajarish 
    asosida mustahkamlab boradi. 
    Ushbu “ Axborot kommunikatsion texnologiyalar” fanidan tayorlangan amaliy 
    va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma 5410100-
    Agrokimyo 
    va 
    agrotuproqshunoslik, 
    5410200-Agronomiya 
    (dehqonchilik 
    mahsulotlari bo’yicha), 5410300-O’simliklarni himoya qilish bakalavriat ta’lim 
    yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, fanning 
    o’quv dasturi asosida tayorlangan. Ushbu o’quv qo’llanmada fanning barcha 
    mavzulari bo’yicha amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari topshiriqlari va ularni 
    bajarish bo’yicha yo’riqnomalar hamda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar
    berilgan.
    .

    Download 15,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti s. M. Aminov, S. I. Muxamadiyev, S. Sh. Rasulov axborot kommunikatsion

    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish