• Ko’zning yoy va to’r pardasi (irisi) orqali identifikatsiyalash
  • Barmoq izlari (daktiloskopiya) orqali identifikatsiyalash




    Download 246,18 Kb.
    bet4/6
    Sana13.05.2024
    Hajmi246,18 Kb.
    #229046
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Case study

    Barmoq izlari (daktiloskopiya) orqali identifikatsiyalash
    Hozirda identifikatsiyalashning eng keng qo’llanilayotgan biometrik usuli – barmoq izlarini aniqlashdir. Mazkur usul sud ekspertizasida keng qo’llaniladi, chunki har bir kishining barmoq izlari o’zigagina xos jihatlarga ega. Optik barmoq izlari skanerlari noutbuk, mobil telefon, sichqoncha, klaviatura, flesh-disklarga, shuningdek, alohida tashqi qurilma yoki terminallarga (masalan, aeroport, bank, ta’lim muassasalarida) o’rnatiladi.
    Har bir shaxsning barmoq izlari, ya’ni papiller chiziqlari o’ziga xos bo’lib, hatto egizaklarda ham ular bir-biridan farq qiladi. Agar barmoqlardan biri shikastlangan bo’lsa, identifikatsiya qilish uchun zaxira barmoq izlaridan foydalanish mumkin. Agar skaner qilingan barmoq izlari namunasi ma’lumotlardan foydalanishga vakolatli shaxslar barmoq izlari “naqshi”ga mos kelmasa, bu ma’lumotga kirishning imkoni bo’lmaydi.
    Bunday usulning afzalliklari shundan iboratki: barmoq izlari hayot davomida o’zgarishsiz qoladi, urush holatlarida ham o’zgaradi, ammo asosiy o’lchovlari va shakllari o’zgarmaydi. Barmoq izlari identifikatsiyasi xavfsiz va ishonchli usul hisoblanadi, chunki barmoq izlari nusxalash va muhokama qilish uchun kerak emas. Shuningdek, ularni boshqarish va saqlash oson va qulaydir.
    Endi bunday usulning kamchiliklari: Qattiq jarayonlar yoki yosh o’zgarishi bilan barmoq izlari o’zgarishi mumkin. Bu, identifikatsiya jarayonini to’g’ri o’tkazishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Barmoq izlari skaynerining va identifikatsiyasi tizimlarining to’g’ri tanimasligi yoki qabul qilingan barmoq izi to’g’ri emasligi bo’lsa, xato identifikatsiya yuzaga kelishi mumkin.
    Ko’zning yoy va to’r pardasi (irisi) orqali identifikatsiyalash
    Dentifikatsiya uchun ishlatiladigan noyob biometrik xususiyatlardan biri – ko’z gavharining yoy pardasi. Ko’zning yoy va to’r pardasi har bir insonning noyob biometrik xususiyatlaridan hisoblanadi. U odamda bolalikdan shakllanadi va hayoti davomida o’zgarmaydi. Ko’z tasviri olinganidan keyin unga maxsus shtrix-kod niqobi qo’yiladi. Natijada, har bir kishi uchun individual matritsa olinadi. Ko’z irisini aniqlash uchun maxsus skanerlar ishlatiladi.
    Tasdiqlash paytida taxminan 260 ta asosiy nuqta ishlatiladi. Har bir shaxs ko’zining to’r pardasi noyob va umr bo’yi bir xilligicha qoladi. Bu esa ko’z to’r pardasini skanerlashni kichik va katta obyektlar uchun eng aniq va tezkor yechimga aylantiradi. Boshqa biometrik parametrlar (barmoq izlari, qo’l chiziqlari, ovoz, yuz) vaqt o’tishi bilan o’zgarishi yoki faqat ma’lum cheklovlar bilan ishlatilishi mumkin.
    Bunday usulning afzalliklari shundan iboratki: Ko’zning yoy va to’r pardasi identifikatsiyalash usuli, tekshirishda yuqori darajaga ega. Ushbu usul, qat’iylik bilan ma’lumotlar to’plashi, uzluksizlikni ta’minlashi va yolg’izlikni kafolatlashi mumkin bo’lgan yuqori darajada ma’lumotlarga ega.
    Endi bunday usulning kamchiliklari: Ko’zning yoy va to’r pardasi identifikatsiyalashni amalga oshirish uchun apparatlar kerak bo’ladi, bu esa qulay emas. Bu apparatlarni hamma yoqdan toppish muammo bo’ladi, shuning uchun bu identifikatsiyalash usulini amalga oshirishni qiyinlashtirishi mumkin.

    Download 246,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 246,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Barmoq izlari (daktiloskopiya) orqali identifikatsiyalash

    Download 246,18 Kb.