|
Nutq xususiyatlari orqali identifikatsiyalash
|
bet | 5/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 246,18 Kb. | | #229046 | Turi | Referat |
Bog'liq Case studyNutq xususiyatlari orqali identifikatsiyalash
Shaxsning nutq xususiyatlariga ko’ra tan olinishi ham biometrik autentifikatsiya usullaridan biri hisoblanadi. Telefonda tanish odamingizni ko’rmasdan ham ovozidan oson taniy olasiz.
Odam psixologik holatini uning ovozi hissiy ohangidan ham bilish mumkin. Ovozni aniqlash nutq chastotasini tahlil qilishga asoslangan. Shaxs ovozining tovush balandligi, ohangi kabi akustik xususiyatlari har bir kishida farq qiladi. Ovozli biometrik autentifikatsiya qilishda ovoz raqamlangan va ilgari yozilgan shablon bilan solishtiriladi. Ishlash prinsipiga ko’ra, ovozni aniqlash tizimlari matnli shablon (masalan, foydalanuvchidan sevimli rangi yoki ma’lum bir raqamlar ketma-ketligi so’raladi va ilgari o’qilgan matn namunasi bilan taqqoslanadi) va ovoz (ovoz xususiyatlari ixtiyoriy matn orqali solishtiriladi) bilan ishlaydigan turlarga bo’linadi.
Bunday usulning afzalliklari shundan iboratki: Nutq identifikatsiyasi, foydalanuvchining shaxsiy va maxfiy ma’lumotlarini himoya qilishda samarali bo’lishi mumkin. Agar boshqa kishilar nutqni yashirin ko’rsatishga urinsa, bu muammolarga ega bo’lishi mumkin, ammo uni texnik jarayonlar orqali yashirin aniqlash qiyin bo’lishi mumkin. Barcha insonlar o’z nutqi orqali bir-birini tanish, shuning uchun bu identifikatsiya usuli shaffof va oson bo’lishi mumkin.
Endi bunday usulning kamchiliklari: shamollash yoki laringit bilan og’rigan shaxsni identifikatsiyalash qiyin kechishi aniq. Bunday tizimlar aniq olish natijalariga salbiy ta’sir etuvchi quyidagi omillarni o’z ichiga oladi: boshqa mikrofon, atrof-muhitning tanib olish natijalariga ta’siri (shovqin), talaffuzdagi xatolar, ro’yxatga olish vaqti va autentifikatsiyalash vaqtidagi shaxs turli xil hissiy holatlari va h. k.).
Yuz tuzilishi orqali identifikatsiyalash
Yuzni identifikatsiya qilish usuli biometrik texnologiyalar orasida eng ko’p tarqalgan va ommabop usul hisoblanadi. Usul odamni bezovta qilmaydi, chunki uning tan olinishi uzoqdan amalga oshiriladi (odam daxlsiz, harakat erkinligi cheklanmagan). Bu texnologiya, odatda, boshqa biometrik usullarga yordamchi usul sifatida ishlatiladi. Insonning yuz xususiyatlari uning tarixi, yoqtirgan va yoqtirmaganlari, kasalliklari, hissiy holati, atrofdagilarga bo’lgan his-tuyg’ulari va ularga nisbatan niyatlarini aytib berishi mumkin.
Bularning barchasi, masalan, potensial jinoyatchilarni aniqlash uchun alohida qiziqish uyg’otadi. Identifikatsiya paytida biometrik tizim yuz xususiyatlari (burun, lablar, qoshlar, ular orasidagi masofa, yuzning shakli va rangi, soch rangi va boshqalar) ni tavsiflovchi ma’lumotlarni avtomatik ravishda tanlaydi va qayta ishlaydi. Yuz kontrasti o’zgaradigan joylarning koordinatalari muhim xususiyatlarga kiradi (qosh, ko’z, burun, quloq, og’iz va boshqalar).
Bunday usulning afzalliklari shundan iboratki: yuz tuzilishi usuli, bir nechta faktorlardan iborat bo’lib, yuzning farqliligi, ko’zlar, burun va quloq shakllarini o’z ichiga oladi. Bu esa identifikatsiya jarayonini qat’iy va ishonchli qiladi. Yuz tuzilishi identifikatsiyasi, samarali va tez amalga oshiriladi. Foydalanuvchilar o’zlarining yuzlarini skaner ustida o’tkazish bilan oson va tez identifikatsiya qilinishini kutishlari mumkin.
Endi bunday usulning kamchiliklari: tizimning yuzni aniq va qorong’u muhitlarda tanimasligi mumkin.Masalan, yorqin yoritish, joyning o’zgarishi va boshqa tinmaydigan muhitlar shu jumlaga kiradi.
|
| |