|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi Pdf ko'rish
|
bet | 130/151 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 6,38 Mb. | | #118509 |
Bog'liq Fuqaro muhofazasiGidrodinamik avariya –
gidrotexnika inshooti yoki uning bir qismida
bo‗lgan
avariya
natijasida
boshqarib
bo‗lmaydigan, yirik talafotlar keltiruvchi, keng
muhitga tarqaluvchi suv oqimi.
Gidrosfera –
yer sharining suv qatlami, yer yuzidagi
suvlarning
okean,
dengiz,
ko‗l,
daryo
suvlarining jami.
Gidroeletrostansiya –
suv energiyasidan foydalanib, ishlovchi suv
stansiyasi.
Gidrotexnika
inshootlari –
to‗g‗onlar, gidroelektr stansiya binolari, suv
tashlash, suv bo‗shatish, suv o‗tkazish, suv
chiqarish inshootlari, tunnellar, kanallar, nasos
stansiyalari, suv omborlari qirg‗oqlari, daryolari
o‗zanlari, tubini toshqin hamda yemirilishlardan
muhofaza qilish uchun mo‗ljallangan inshootlar,
sanoat va qishloq xo‗jaligi tashkilotlarining
suyuq chiqindilar saqlanadigan joylarini o‗rab
turuvchi inshootlar.
Gipoksiya –
kislorod tanqisligi bo‗lib, organizm to‗qimalari
kislorod bilan yetarli ta‘minlanmaganida yoki
ularning kislorod qabul qilishi buzilganida,
paydo bo‗ladigan holat. Gipoksiya vayronalar
ostida qolganda, zaharlanishda, shaxtalar, suv
osti kemalarida ishlaganda, nafas yo‗llariga yot
jismlar tushganida, bronx spazmida, qon
yo‗qotilganida, o‗pka kasalliklarida ro‗y beradi.
Gipotermiya –
tananing umumiy sovishi bo‗lib, sovuqda ko‗p
muddat bo‗lishi natijasida tana haroratining
keskin pasayib ketishidan zo‗rayadigan, hayotga
xavf tug‗diradigan holat bo‗lib, bunda organizm
yo‗qotilgan issiqlik o‗rnini to‗ldira olmaydi.
Gripp –
umumiy intoksikatsiya: harorat ko‗tarilishi,
darmonsizlik, bosh aylanishi, ko‗ngil aynishi va
nafas yo‗llari shilliq qavatining zararlanishi
bilan kechadigan yuqumli kasallik. Gripp
qo‗zg‗atuvchilari viruslar. 11-18 yilda virusning
yangi turlari shakillanadi, natijada u mamlakat
aholisining ko‗pgina qismini kasallanishi, ya‘ni
epidemiya, ba‘zan butun dunyoga tarqalishi
pandemiyaga sabab bo‗ladi.
|
| |