Biologik qurol – eng yomon, butun taraqqiyotparvar insoniyat
qoralangan qurol hisoblanadi. Biologik qurol
sifatida turli bakteriyalar, viruslar, zamburug‗lar,
toksinlar qo‗llaniladi. Yuqumli kasalliklar o‗lat,
vabo, sibir yarasi, tif qo‗zg‗atuvchilaridan
foydalaniladi.
Birinchi yordam – favqulodda vaziyatlar ro‗y berganda, kishi
shikastlanganda yoki to‗satdan kasal bo‗lib
qolganda uning hayotini saqlab qolish va yomon
asorat qoldirmaslik uchun medistina xodimi yetib
kelguncha yoki uni davolash muassasiga olib
borguncha ko‗riladigan tez va oddiy tadbirlar.
Birinchi shifokor yordami – bu shikastning jabrlanganlar hayotiga bevosita
xavf soluvchi oqibatlarini bartaraf etish, jarohat
infeksiyasini yanada rivoj topishining oldini
olish
va
shikastlanganlarni
evakuatsiyaga
tayyorlash maqsadida tibbiy evakuatsiyaning
birinchi bosqichida shifokorlar bajaradigan
davolash-muhofaza majmuidir.
Blok – ayrim davlatlar, tashkilotlar va kishilarning
193
biror umumiy maqsadda birgalikda harakat
qilish uchun tuzilgan ittifoqi.
Boks – yuqumli kasalliklar bilan og‗rigan bemorlarni
boshqa kasallardan alohida yotqizish uchun
kasalxona va klinikalarda ajratilgan maxsus
bino, xona.
Bosib turuvchi bog‘lam – qon oqishini to‗xtatish uchun jarohatga qattiq
bog‗lab qo‗yiladigan bog‗lam.
Boshpana – jon saqlash, yashirinish yoki vaqtincha istiqomat
qilish uchun yaroqli maskan, himoya inshootlari.