Qisqacha xulosa 1. Texnogen, tabiiy hamda ekologik xususiyatli FVlardan aholi va hududlarni
muhofaza qilish, jabrlanganlarga yordam ko‗rsatish, talafotlarni kamaytirishda ijobiy
ko‗rsatgichlarga erishish – aholining barcha tabaqalarini FVlarga qanchalik
tayyorgarligi, ularning bu sohadagi bilim saviyalariga chambarchas bog‗liq. Shu
maqsadda aholini barcha tabaqalarini FVlardan muhofazalanish sohasiga muntazam
o‗rgatilib boriladi. Ularning FVlarga tayyorligini tekshirish maqsadida komanda-
shtab, taktik-maxsus va kompleks o‗quv mashqlari muntazam o‗tkaziladi.
2. Komanda-shtab o‗quv mashqlari shahar, tuman FVDT xizmatlari,
boshqaruv organlari rahbarlari hamda evakuatsiya komissiyalari, avariya-
qutqaruv bo‗linmalari va tuzilmalar boshliqlari tarkibini birgalikda o‗qitish va
tayyorligini tekshirishning asosiy shakllaridir.
3. Taktik-maxsus mashqlar - FMning harbiy va maxsus bo‗linmalari hamda
avariya-qutqaruv tuzilmalarining amaliy ishlarni bajarishga o‗rgatish, tabiiy va
texnogeya xususiyatli vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratish asosiy
shaklidir.
4. O‗quv mashqini tayyorlashda quyidagi hujjatlar ishlab chiqiladi: o‗quv
mashqini
tayyorlash
va
o‗tkazish haqida buyruq; o‗quv mashqiga
tayyorgarlikning taqvimiy rejasi; o‗quv mashqini o‗tkazish rejasi.
5. FVlar sharoitida ma‘naviy-ruhiy tayyorgarlik - bu ijtimoiy ongning bir
shakli bo‗lib, kishilar yurish-turish, muomalada amal qiladigan tamoyillar,
me‘yorlarning majmuidir. Bu me‘yorlar kishilarning o‗zaro va insoniy birlikning turli
shakllari oila, mehnat jamoasi, millatga muayyan ifodasidir
.
190
Tayanch tushunchalar Komanda-shtab, taktik-maxsus, kompleks o‗quv mashqlari, tashviqot,
ma‘naviy-ruhiy tayyorgarlik, og‗zaki targ‗ibot, ommaviy axborot vositalari matbuot,
televidenie, radio, ko‗rgazmali vositalar.